Mavzu: Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash Reja: Gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy


Gandbolchilarda tezkorlik sifatini pedagogik tajriba yordamida o’stirish samaradorligi


Download 27.47 Kb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1312771
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yosh gandbolchilarni tanlab saralash metodikasini ilmiy asoslash

Gandbolchilarda tezkorlik sifatini pedagogik tajriba yordamida o’stirish samaradorligi
Zamonaviy gandbolda maxsus tezkorlik sifati o’ta muhim harakat qobiliyatlari tarkibiga mansub bo’lib, o’yin davomida yuz beradigan turli vaziyatlarda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Har xil yo’nalishlarda to’psiz va to’p bilan raqib qarshiliklarini yengib, tez, aniq va maqsadga muvofiq harakat qilish o’yin yoki uning ayrim lahzalari taqdirini belgilab beradi. Ma’lumki, gandbolchilar sekin harakatlanganda ijro etiladigan o’yin malakasi texnikasi, koordinatsiyasi va aniqligi yuqori bo’ladi. Aksincha, tezkorlik darajasi ortgan sari sport mahoratining bunday ko’rsatkichlari o’z samaradorligini susaytira boshlaydi (V.N. Platonov, 1986; L.P. Matveyev, 1999; L.F. Morarenko, 1975; V.I. Izaak, 1974; A.A. Danilov, 1974 va b.). Bu borada V.I. Izaak (1974) tadqiqotlari kishi e’tiborini o’ziga tortadi (4-jadval). CHunonchi, jadvaldan ko’rinib turibdiki, har xil o’yin funksiyasini ijro etuvchi gandbolchilar raqib qarshiligi bo’lmagan holda o’z o’yin zonalaridan darvozaga ko’p marta to’p yo’llashlari mumkin ekan, lekin bu harakat malakalarining samaradorligi juda kam ekanligi kuzatilgan. Agar ushbu o’yin malakalari raqib qarshiligi ijro etilsa, to’pni darvozaga yo’llash hajmi ham, uni samaradorligi ham yanada susayib ketar ekan. Muallifning fikriga ko’ra, to’pni darvozaga aniq yo’llash texnikasi aynan gandbol o’yiniga xos tezkorlik asosida shakllantirilishi ustuvor ahamiyatga ega bo’lib, bunday mashqlarni

Gandbol mashg’ulotlarida to’pni darvozaga yo’llash malakalarining hajmi va sifati (V.I. Izaak bo’yicha, 1974)

raqib qarshiligida shakllantira borish jismoniy va texnik tayyorgarlikning muhim shartlaridan biridir. Turli holatlardan to’pni darvozaga yo’llash malakasini yosh gandbolchilar tomonidan o’zlashtirilishi o’yin va raqib qarshiligi vaziyatlarini modellashtirish asosida amalga oshirilishi o’rgatish samaradorligini ancha oshirishi mumkin ekan (A.A. Danilov, 1974).


YAkuniy malakaviy ish mavzusi yuzasidan o’tkazilgan pedagogik tajriba natijalari gandbol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 10-11 yoshli bolalarda maxsus tezkorlik sifati nafaqat talab darajasida emasligi, balki kuzatilgan ko’rsatkichlarni sport bilan shug’ullanmaydigan bolalar ko’rsatkichlaridan ham past ekanligini namoyon etdi (5-jadval). Jumladan, tik turgan holatdan 30 m ga yugurish ko’rsatkichlari pedagogik tajribadan oldin nazorat guruhida ham, tajriba guruhida ham talabga javob bermasligi ma’lum bo’ldi. Xususan, nazorat guruhida bu ko’rsatkich 5,8 s, tajriba guruhida – 5,9 s ga teng bo’ldi. 30 m ga to’p urib yugurish – nazorat guruhida – 7,0 s, tajriba guruhida – 7,1 s ni tashkil etdi. Ma’lumki, gandbol bo’yicha tavsiya etilgan BO’SM dasturida shu yoshdagi bolalrni gandbol to’garagiga qabul qilishda tanlov me’yori 30 m yugurish – 5,5 s, 30 m to’pni urib yugurish – 6,5 s ga teng.
Zamonaviy sport musobaqalarida o’zaro raqobatning kuchayib borishi va natijalarning to’xtovsiz o’sayotganligi dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab sportchilarning barcha sifat va ko’nikmalarini ilmiy asosda shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Chunki, bugungi sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishish uchun sportchilar organizmi katta hajmli va o’ta shiddatli yuklamalarga tayyor bo’lishi lozim. SHu bilan bir qatorda ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida sportchi shu tayyorgarlik davrining qaysi bosqichida shug’ullanishidan qat’i nazar qo’llaniladigan trenirovka mashqlari yuklama jihatidan uning funksional va jismoniy imkoniyatiga mos bo’lishi kerak. Aks holda, ya’ni katta hajmli va o’ta shiddatli mashqlar zo’rma-zo’raki berilaversa shug’ullanuvchi organizmida zo’riqish alomatlari paydo bo’ladi. Agar shunday yo’nalishdagi mashg’ulotlardan foydalanish davom etaversa, nafaqat foydali sport natijasiga erishishi mumkin, balki shug’ullanuvchi organizmida kasallik asoratlari vujudga kelishi ehtimoldan holi emas.
Sport mahoratining yuksak bosqichida, ya’ni malakali, katta yoshdagi sportchilarda shunday ko’ngilsiz oqibatlar ro’y bermsasligi uchun muayyan sport turiga dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka oid mashklarni me’yorlab qo’llash tavsiya etiladi. Oydan oyga, yildan yilga mashg’ulot yuklamalarining hajmi va shiddati «zinapoya» sifatida emas, balki «to’lqinsimon» shaklda orttirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, har bir trener, ayniqsa BO’SM trenerlari, o’z kasbiy-pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishi iste’dodli yosh sportchilar tayyorlash muammosining prinsipial jihatlaridan biridir.
YAkuniy bitiruv malakaviy ishning maqsadi gandbol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 10-11 yoshli bolalarda sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini isbot qilishdan iborat.
tasavvur etib bo’lmaydi. Sport faoliyatida ijro etiladigan jamiyki harakat malakalari kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Texnik va taktik malakalarning qisqa yoki uzoq vaqt davomida vaziyat talablariga mos ravishda samarali ijro etilishi aynan shu sifatlarning shakllanganligiga bog’liqdir. Jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni tarbiyalash vositalari va uslublari yirik ilmiy asarlarda o’z ifodasini topgan (V.M. Zatsiorskiy, 1970; L.P. Matveyev, V.N. Platonov, 1986; YU.V. Verxoshanskiy, 1988 va boshqalar).

Harakat malakalariga o’rgatish, ularni shakllantirish va mahorat darajasiga olib chiqish jismoniy sifatlarning qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.


So’nggi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning o’rni, jumladan jismoniy sifatlarni bir-biriga uzviy bog’liqligi xamda ularni ish qobiliyatiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib kelmoqda (V.M. Dyachkov, 1976; V.M. Zatsiorskiy, 1970; YU.V. Verxoshanskiy, 1988; V.N. Platoyenov, 1986; V.P. Filin, 1987; YU.M. Portnov, 1997; F.A. Kerimov, 2001 va b.). Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchining ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor-kuch sifatiga aloxida urg’u berish maqsadga muvofikdir.


A.M. Naraliyev (1987) sakrovchanlik sifati, jumladan vertikal sakrash misolida tezkorlik-kuch sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish afzalligini ko’rsatib o’tgan.
Uning fikricha, «portlovchi» kuchni rivojlantirish aynan shu uslubda amalga oshirilishi yaxshi natija beradi. Ammo, u bu masalani bolalarni imkoniyatiga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.

Pedagogik tajriba muddati tugaganidan so’ng amaldagi dastur asosida shug’ullangan nazariy gurhda 30 m ga yugurish 5,8 s dan 5,4 s gacha tezkorlik sifati yaxshilandi.


Tajriba guruhida bu ko’rsatkich 5,9 s dan 5,0 s gacha ijobiy tomonga o’zgardi. 30 m ga to’pni urib yugurish birinchi guruhda – 7,0 s dan 6,7 s ga yaxshilangan bo’lsa, ikkinchi, tajriba guruhida ushbu ko’rsatkich 7,1 s dan 6,2 s ga o’zgardi. Demak, pedagogik tajriba davomida qo’llanilgan tezkorlikka oid estafetali – o’yin mashqlari o’ta samrali qiymatga ega ekanligi isbotlandi. SHuni ham alohida e’tirof etish joizki, tajriba guruhiga mansub bolalarda nazorat guruhiga qaraganda nafaqat to’p urib yugurish texnikasi tez sur’atlar bilan shakllana bordi, balki ularda to’pni nishonga yo’llash texnikasi va uni ijro etish koordinatsiyasi ham progressiv yo’nalishda o’zlashtirilayotganligi kuzatildi.
YUqorida qayd etilgan pedagogik tajriba natijalari sinab ko’rilgan estafeta – o’yin mashqlari faqatgina sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini samarali rivojlantirib qolmay, shu sifatlar asosida ijro etilishi kerak bo’lgan o’yin malakalarini ham unumli sayqal topishiga imkon yaratdi. Binobarin, jismoniy va texnik tayyorgarlikning chambarchas bog’liqligi hamda bu jarayonlarga oid mashqlar majmualarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab bir-biriga birikkan holda qo’llash texnologiyasi o’zining nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy jihatlardan qanchalik dolzarb ekanligi oshkor bo’ldi.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling