Mavzu: Yozma ish va uning turlari


O`tgan mavzuni takrorlash


Download 42.23 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi42.23 Kb.
#1831497
1   2   3
Bog'liq
10 mavzu

O`tgan mavzuni takrorlash:
1- topshiriq.Tezkor savol-javob o’tkaziladi.
Yozma nutq og'zaki nutqni rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Axir, matnlarni qayta tuzish, asosiy fikrlarni shakllantirish - bularning barchasi bizning muloqotimizning ajralmas qismidir. Keyinchalik og'zaki nutqning rivojlanishi nafaqat butun jamiyatning rivojlanishi, balki insonning shaxsiy fazilatlarini ham anglatadi . "Yozma nutq" kontseptsiyasi aniq, ko'p qirrali, batafsil nutq shaklidir. Bu maxsus trening orqali o'zini namoyon qiladi. Yozma so'zlarning shakllanishi inson fikrlashining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
III. Yangi mavzu bayoni.

Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish borasida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar quyi­dagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirish, ijodiylik, fikrni aniq, lo‘nda, qisqa va tushunarli bayon ­etish. O‘quvchi yozma savodxonligini oshirish maqsadida taqvim-mavzu ish rejasida ko‘rsatilgan muddatlarda insho, bayon hamda diktant kabi yozma ish turlarini muntazam o‘tkazib borish belgilangan.Yozma ish turi o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘zlashtirgan imlo qoidalariga mos ra­vishda tanlanishi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini qay darajada amalda qo‘llay olishini aniqlashga yo‘naltirilmog‘i kerak.Taqvim-mavzu ish rejasiga asosan yozma ish turlarini o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin, ammo uning natijasi qanday bo‘lishiga ko‘ra tadbirlar ishlab chiqilmog‘i — bosh masala.Aslida, o‘quvchining savodxonlik darajasi saboq berayotgan o‘qituvchiga hali nazorat ishlari boshlanmasdan avval aniq bo‘ladi. Chunki ko‘pi bilan uch dars oralig‘ida o‘quvchi ay­lanma daftarlarini tekshirish sinch­kov murabbiyga bu imkoniyatni beradi.Shu o‘rinda nafaqat til sohasidagi, balki uyga yozma vazifa beriladigan matematika darslarida ham aylanma daftarlarning muntazam tekshirilishi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashning debochasi va bajarmaslik mumkin bo‘lmagan zaruriy tashxis ekanini aytib o‘tmoq joiz. Agar ushbu ishni nimagadir qiyoslash joiz bo‘lsa, o‘qituvchilik faoliyati­ning asosi, yuklamasining teng yarmi sifatida baholash o‘rinlidir. Aylanma daftarlarni tekshirish kundalik odatiy mashg‘ulot sifatida bir stavka dars egasidan har kunda kamida ikki, nazorat o‘tkazilgan kundan keyin nazorat turiga qarab uch-to‘rt, ba’zan besh-olti soat vaqt talab etadi. Aylanma daftarlar tekshuruvi o‘quvchi savodxonligini aniqlashdan tashqari, savod o‘rgatish borasida ham bemisl aha­miyatga ega. To‘g‘ri tekshirilgan so‘z, jumla yoki gap imlo me’yorlari borasidagi amaliy muloqot tarzida o‘quvchi esida oson qoladi va keyingi amaliyotda mayoq vazifasini o‘taydi. Sinfda va uyda bajarilgan matn yaratishga oid topshiriqlarni har bir o‘quvchi kesimida nuqta, verguligacha e’tibor bilan tekshirish o‘qituvchiga muayyan o‘quvchining yutuqlari va bo‘shliqlarini aniqlash, keyingi darslarda ularga munosabat bildirish imkonini yaratadi. O‘quvchilarning yozma savodxonligi DTS talablaridan past darajada bo‘lsa, o‘qituvchi­ taqvim-mavzu ish rejasiga qo‘shimchalar kiritishi yoki o‘quvchilar yozma savodxonligini oshirish maqsadida qo‘shimcha darslar tashkil qilishi samara beradi. Faqat bu darslar internetda “To‘garak ish rejasi” deya taqdim etila­yotgan ona tilidan taqvim-mavzu ish rejasining chala nusxasi shaklida emas, balki o‘quvchilar real bilim, malaka, ko‘nikmalari­ning tashxisiga asoslangan, maqsadli belgilangan mavzularga oid saboqlar bo‘lmog‘i kerak. Aytaylik, savod­xonlik asosida qisqa lug‘at, noto‘g‘ri diktant­(“Ma’rifat” gazetasi, 2013-yil 12-oktabr)lar, o‘quvchilar uchun matn yara­tishga oid uyga berilgan vazifalar yoki ijodiy yozma ishlarida yo‘l qo‘ygan uslubiy xatoliklarni bartaraf etish, punktuatsion va imlo qoidalari­ni bandlar bo‘yicha mavzulashtirib o‘rgatish (albatta, mashg‘ulotni ko‘p bilim yuklamasi bilan “boyitmaslik”, shundog‘am o‘z tengqurla­ridan ortda qolayotgan o‘quvchini kompleks bilimlar bilan zada qilmasdan, unga zaruriy, esda qoladigan, ortda qolayotgan o‘quvchi ko‘taradigan bilimlarni singdirish va saboq­dan keyinoq amaliyotda qo‘llashi mumkin bo‘lgan ko‘nikma va malakani shakllantirish)­­ga qaratilmog‘i lozim.

Download 42.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling