Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet50/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

5-amaliy mashg‘ulot . Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek tili imlo qoidalarining mazmuniy tavsifi. Asos va qo‘shimchalar imlosiga doir amaliy mashqlar ustida ishlash
MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.


1-mashq. Berilgan matndagi so‘zlarni qismlarga (o‘zak, negiz, yasovchi va turlovchi qo‘shimchalarga) ajrating. Ishni bajarishda tegishli shartli belgilardan foydalaning.
Inson bolasi hamma rizq-ro‘zini yerdan topadi. Bir kaft tuproqda million-million bobolarning qoni, qanchadan-qancha go‘daklarning umidi, baxti bor. Hamal kirganda bir kaft tuproqni quloqqa tutib ko‘rgan asl dehqon yerning nafas olishini eshitadi.
Insonni taqdir toshi qayerga irg‘itmasin, u o‘z yurtida yegan non ta’mini unutmaydi, o‘sha non, mehr birlashib, insonni o‘sha ona-yurtga chaqiradi, ko‘rgan-bilganlarimizni, topgan-tutganlarimizni, yutuqlarimizni o‘rtoqlashmoqchi bo‘lamiz-da, sen tomon oshiqamiz... (T. Po‘lat.)
Bilib oling.
Quyidagi holatlarda yasovchi qo‘shimchalar o‘zak va negizga fonetik tomondan ta’sir qiladi, ularni talaffuz bo‘yicha yozamiz:
1. Ot yasovchi q, v qo‘shimchalari a unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, o‘zak yo negizdagi a tovushi o ga aylanadi va shunday yoziladi: sayla+v (saylov), qishla+q (qishloq), bo‘ya+q (bo‘yoq).
2. i tovushi bilan tugagan so‘zlardan ot yasalganda (v tovushi orqali), o‘zak-negizdagi i tovushi u ga aylanadi va shunday yoziladi: o‘qi+v (o‘quv), to‘qi+v (to‘quv+chi).
3. O‘zak-negizida u tovushi bo‘lgan sifatlardan, fe’llardan ot yasalganda, yasovchi-im qo‘shimchasi -um tarzida aytiladi va shunday yoziladi: tuz+im/tuzum/, un+im /unum/, uy(moq)+im (uyum).
4. Ot yasovchi -indi qo‘shimchasi o‘zagida u tovushi bo‘lgan fe’llarga qo‘shilganda, -undi shaklida yoziladi: yuv+indi (yuvundi), kuy+indi (kuyundi — o‘t-olov).
5. Ot yasovchi -lik va sifat yasovchi -li qo‘shimchalari talaffuzda ko‘pincha o‘xshab ketadi:
a) -lik: yigitlik, bolalik, zargarlik; yaxshilik, tezlik, mardlik; farg‘onalik, uychilik, toshkentlik; darslik, kundalik, ko‘rpalik va b.;
b) -li: kuchli, aqlli, uyli-joyli, ilmli...

Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling