4-mashq. Gaplarni o‘qing, qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zakda o‘zgarish hosil bo‘lgan so‘zlarni aniqlang va ularning qaysi imlo qoidasi asosida yozilganini tushuntiring.
1. Sinovlarda men chiniqdim, qasamimga sodiqman. (Sh. Rustaveli.) 2. Ikkovi valsga raqs tushib, shamolday gir aylanib turganlarida, oyog‘i kimgadir tegib ketdi. (S. Nazar.) 3. Tanaffusga chalingan qo‘ng‘iroqning keti uzilmasdanoq, auditoriya zshigi lang ochildi-yu, o‘qituvchi bilan izma-iz bolalar yo‘lakka oqib chiqishdi. (S.An.) 4. Yotog‘iga qaytib kirganda, Hamidaning jarangdor, sho‘x tovushi qulog‘i tagida hamon yangrab turganday tuyuldi. (S. An.) 5. Issiq ovqat, choy-poylarimiz shularning bo‘ynida. (J. Abd.)6. Munavvar oktyabrning boshlarida Hamidalarnikiga yana bir kelganida, Yo‘ldosh singlisi bilan uni ... bog‘ sayliga olib ketdi. (S. An.) 7. Munavvar eng yaqin do‘stini to‘satdan uchratganday o‘rnidan turib ketdi. (S. An.) 8. Uni bunday qiynoqdan faqat qo‘ng‘iroqqina qutqaradi. (S. An.)
5-mashq. Orfoepik normaga mos holda berilgan so‘zlarni o‘qing. Har bir so‘zning orfografik shaklini yozib, ularni “Imlo lug‘ati”dan tekshiring; talaffuzi va yozilishidagi farqni izohlang.
Bangkir, botingka, ko‘ngilchang, mungkaymoq, to‘ngka, fingka, chungki, esangkiramoq, sho‘xchang, bangkrot, bangket, bangka, ko‘langka, masqaraboz, maxtov, qizixchilik, bixsimoq, boxcha, bo‘yoxchilik, vaxt, vaxtincha, vaxtichog‘lik, zixna, zorixtirmoq, ixtisod, nixtamoq, oxsamoq, oxshom, o‘xshoq, poyloxchi, soxchi, taxchil, to‘xson, to‘xmoq, chaxchaymoq, o‘xtalmoq, quloxchin, alangga, banggi, barzanggi, vatanggado, vaholangki, gunggalak, go‘shangga, davanggir, danggal, danggasa, buxangka, varangka, denggiz, domanggir, yenggiltak, janggavor, kalamingka, karzingka, jinggalak, kunggaboqar, kunggira, kunggay, tangketka, ko‘langka, ko‘taringki, mingashmoq, nongko‘r, chekangka, sarpoychang, tangga, to‘ngka, changgal, shinggil, shtanga, sho‘xchang, enggash, yanggi, harakatchang, qizilo‘nggach.
Do'stlaringiz bilan baham: |