3-mashq. Ajratib ko’rsatilgan so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq (qo‘shib, ajratib yoki chiziqcha bilan) yozing.
Shu asnoda payvasta/qosh, shalpang/ quloq, barmoqlarida binafsha/rang siyoh dog‘lari bor, oriqqina yigitcha — idora sekretari paydo bo‘ldi va mashinada hozir bir kishi kelib, Raisani kutib turganini bildirdi. (O.) 2. Idorada pravleniyening o‘zga a’zolari hali to‘planmagan edi. Rais qo‘llarini orqaga qo‘yib, katta qo‘rada unga/bunga ko‘z tashlab, ot/boqar yo aravakashlar bilan u/bu to‘g‘risida so‘zlashib, kimlarni koyib, kimni maqtab asta yura/boshladi.
O‘ktam bo‘sh xonalardan birida osma/lampa ostida gazeta o‘qir ekan, labida papiros, chakkasida atir/gul Nasimjon kirib keldi va kolxozning butun tashvishi go‘yo yolg‘iz uning zimmasida bo‘lib, benihoyat charchagandek o‘zini stulga tappa tashladi. O‘ktam ma’nodor iljayib qo‘ydi-da, o‘qiyverdi. (O.)
4-mashq. So’larni imlo qoidasiga ko’ra yozing. Tosh/baqa, och/sariq, issiq/sovuq, oy/bolta, azob/uqubat, dam/badam, ayiq/tovon, arz/dod, amaliy/nazariy, beshik/tervatar, bir/zumda, boy/o‘g‘li, bo‘lar/bo‘lmas, bir/tomonlama, butun/ ittifoq, afsus/nadomat, dev/qomat, dov/daraxt, gul/dasta, kasb/kor, nim/pushti, nim/rang, oyoq/osti, orzu/umid.
5-mashq. Quyidagi so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq (qo‘shib, ajratib yoki chiziqcha bilan) yozing.
Himoya qil, javob ber, qo‘l qo‘y, yod ol, bildi oldi, yozib ko‘r, o‘qib ol, imzo qo‘y, oh ur, ola kel, alla vaqt, bir muncha, bir varakay, birpas, har zamon, har gal, hech vaqt, bir oz, bira to‘la, bu yoqdan, bir erga, uzil kesil, qishin yozin, kundan kun, unda bunda, ko‘chama ko‘cha, o‘q ilon, tog olcha, qo‘l yozma, ish haqqi, yosh qari, mosh ho‘rda, man manlik, besh otar, asal ari, badan tarbiya, a‘zoyi badan, duoi salom, akayu uka, do‘stu dushman, sabzi piyoz, yer to‘la, zina poya, umum xalq, to‘qqiz qavatli, och yalang‘och, havo rang, xasta dil, oyoq yalang, bug‘doy rang, hozir javob, ola bula, mo‘min qobil, xush chaqchaq, ilhom baxsh, keng elkali, dam g`uli, amaliy nazariy, mehnat sevar, jurnal bop, quralay ko‘zli, yigirma o‘ttiz, o‘ttiz qirq, ikki uch, bir million, o‘n besh, ellik olti, biz siz, hech qaysi, ana u, oynai jahon, uzundan uzun, kundan kunga, g‘irt yolg‘on, ko‘cha tomon.
Do'stlaringiz bilan baham: |