Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
Farqlovchi (differensial) tamoyil
Download 298.95 Kb.
|
Yozma nutq me’yorlari fani, uning
Farqlovchi (differensial) tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog‘liq holda odatdagidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida so‘zlarni qisqartirishda iqtibos - sitatalarning manbasini ko‘rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko‘rsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent - 2011 kabi), havolalarda vergul (G„afur G‘ulom. Tanlangan asarlar. - Toshkent, 1985 kabi) qo‘yiladi. Yozma nutqni ixchamlashtirishda, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishini belgilashda bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Ba’zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy - N.; Oybek - O.; Abdulla Qahhor - A.Q. Ko‘p hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo‘yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi. Umuman, hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil - logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qo‘llaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bo‘lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi - yordamchi tamoyil. Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim: ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi; vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi; v) qo‘llanishi grammatik qonuniyatga asoslanishi; d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim. XX asrning boshlarida Turkistonda o‘zbek tilshunosligini rivojlantirish, maktablar uchun darsliklar yaratish, izchil ta’limni yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biriga aylangan va bu holat o‘zbek ma’rifatparvarlari tomonidan anglab yetilgan edi. Xuddi shu sharoitda birinchilardan bo‘lib tilshunos olim Ashurali Zohiriy ona tili darsligi va turli o‘quv kitoblarini yaratdi. Ayniqsa, olim maktablarda ona tilida to‘g‘ri yozishni o‘rgatish uchun zarur darsliklar yo‘qligini inobatga olgan holda o‘zbek tilida birinchi bor “Imlo” darsligini yaratib (1916-yil), o‘zbek punktuatsiyasiga tamal toshini qo‘ydi. Boshlang‘ich maktablarning to‘rtinchi sinflari uchun mo‘ljallangan bu darslik o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalarini belgilashda, tilning taraqqiyot yo‘nalishlarini aniqlashda tilshunoslar uchun tayanch qo‘llanma vazifani o‘tadi. Fitrat A.Zohiriyni o‘zbek imlosi va tili ustida ish olib borgan ilk tadqiqotchi sifatida e’tirof etgan. A.Zohiriyning “Imlo”si o‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi bo‘yicha dastlabki ilmiy-metodik qo‘llanmadir. Uning 3-qismi tinish belgilarining qo‘llanishi qoidalariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Xatlar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari” deb sarlavha qo‘yilgan.10 Muallif bu bo‘limda tinish belgilarining yozuvda qo‘llanishi va qanday holatlarda qo‘yilishi haqida mulohaza yuritadi. O‘zbek tilshunosligida tinish belgilari dastlab Abdurauf Fitratning “Nahv” asarida o‘rganiladi va “turish belgilari” deb nomlanadi78. Fitrat tinish belgilarini shunday ta’riflaydi: “So‘zlarni to‘plab bir-biriga baylab gap tuzishda “o‘y” qulay anglashilsin deb turli belgilar ishlatiladir. Bunlarning hammasig‘a birdan “turish belgilari” yo sodacha “turishlar” deyiladir. Turish belgilaridan qaysi birtasini gapning qaysi bo‘lagidan so‘ng qo‘yilishi to‘g‘risida har birining o‘z o‘rnida ma’lumot berilgusidir. Bunda hammasini bir qatordan ko‘rib o‘tishimiz kerak: “Nuqta» (.)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchining to‘xtashi lozim. “Bir tinish belgisi» (;)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchi to‘xtamaydir; biroq gapdagi so‘zlarning munosabatlari uzilmasin uchun bir nafas tolish (bir tinish) vaqti turib o‘tadir. “Yarim tinish belgisi» (;)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchi yarim tinish vaqti turib o‘tadir. So‘rash belgisi (?)dir. Undash belgisi (!)dir. Qo‘sh nuqta (:)dir. Tirnoqlar («»)dir. Yoylar ( )dir. To‘rtkul (to‘rtburchak) yoylari [ ]dir. Ulkan yoylar { }dir. Chiziq (-) dir. Nuqtalar (...)dir”. Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari to‘rt jihatdan - qo‘llanish o‘rni, ishlatilish usuli, tuzilishi va vazifasi jihatidan tasnif qilinadi. Qo‘llanish o‘rniga ko‘ratinish belgilari uch guruhga ajratiladi: Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!). Bu belgilar quyidagi holatlarga ishora qiladi: a) gapning (fikrning) tugallanganligiga; b) gapda qanday mazmun-ma’no ifodalanganiga; d) gapning tugallanish chegarasiga, keyingi gapdan ajralishiga. Ular ba’zan gap oxiridan boshqa o‘rinlarda ham ishlatiladi. Bunday paytda bu belgilar boshqa vazifa bajaradi, maqsad ham har xil bo‘ladi. Nuqta, so‘roq va undov belgilari ba’zan gap o‘rtasida ham ishlatiladi. Biroq bunda ular yuqoridagi asosiy funksiyani bajarmay, boshqa maqsad (vazifa) uchun qo‘llaniladi. Masalan, Z.M.Bobur - o‘zbek adabiyotida memuar asar muallifidir gapida nuqta gap o‘rtasida kelib, so‘zning qisqarganligini ko‘rsatish uchun ishlatilgan. Bu o‘rinda u sintaktik vazifa bajarmaydi. Agar gapdagi qisqartirilgan so‘zlarni to‘liq yozsak, nuqtani ishlatishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ko‘rinadiki, nuqtaning gap o‘rtasida qo‘llanishi yordamchi, qo‘shimcha mohiyatga ega bo‘lib, uning bunday qo‘llanishi yozuvchining maqsadi bilan bog‘liq. So‘roq va undov belgilarining ham gap o‘rtasida qo‘llanishi yuqoridagi kabi o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgilari qo‘yilgan gaplar bir tarkibli va ikki tarkibli, to‘liq va to‘liqsiz, tasdiq va inkor, sodda va qo‘shma, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarida bo‘ladi. Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi shu gapning mazmuniga ham ishoradir: nuqta xabar-darak mazmunli gaplarga, so‘roq belgisi so‘roq mazmunli gaplarga, undov belgisi esa buyruq, tashviq, emotsiya ifodalovchi gaplarga ishora qiladi. Vergul gap boshida yoki gap oxirida qo‘llanmaydi, doim gap ichida ishlatiladi. Shuning uchun u gap o‘rtasida qo‘llanuvchi tinish belgisi sanaladi. O‘rin jihatidan aralash qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqta kiradi. Bular gapning boshida, o‘rtasida va oxirida ham qo‘llanadi. Ular o‘z ichida quyidagicha guruhlanadi: gap boshida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: tire; gap oxirida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: ikki nuqta, nuqtali vergul; v) gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanuvsilar: qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilarining vazifasi joyga nisbatan ham har xildir. Masalan, tire gap boshida kelganda gaplarni bir-biridan ajratish uchun, gap o‘rtasida kelganda esa gap yoki gap bo‘laklarining turli sintaktik munosabatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ko‘p nuqta gap oxirida kelganda fikrning davomi borligini, gap o‘rtasida kelganda fikrning uzilganligi yoki har xil emotsional holatni, gap boshida kelganda esa mazkur gapning qisqartirilganligini bildiradi. Download 298.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling