MAVZU BO’YICHA TESTLAR
1. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining salmog’i 2022 yilda qancha foizni tashkil etishi rejalashtirilgan?
13,5%
13,1%
9,2%
11,9%
2. To’g’ri soliqlar tarkibida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining salmog’i 2022 yilda qancha foizni tashkil etishi rejalashtirilgan?
19,6%
23,1%
28,2%
13,3%
3. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i solish ob’ektini aniqlashda jami daromaddan moliyaviy jarima va penya summalari chegirib tashlanadimi?
chegirib tashlanadi
chegirib tashlanmaydi
faqat moliyaviy jarima summasi chegirib tashlanadi
faqat penya summasi chegirib tashlanadi
4. Xayriya maqsadlariga o‘tkazilgan mablag‘lar soliqqa tortiladimi?
soliqqa tortilmaydi
soliq solinadigan foydaning 1 foizi miqdoridan oshgan qismi tortiladi
soliq solinadigan foydaning 2 foizi miqdoridan oshgan qismi tortiladi
soliq solinadigan foydaning 5 foizi miqdoridan oshgan qismi tortiladi
5. Yuridik shaxslarning mahsulot (ish, xizmat)larni eksporti hajmi umumiy sotish hajmida 30 foiz va undan yuqorini tashkil etsa, foyda solig‘ini qanday stavkada to‘laydilar?
belgilangan stavka o’zgarmaydi
belgilangan stavka 20 foizga kamaytiriladi
belgilangan stavka 30 foizga kamaytiriladi
belgilangan stavka 2 baravarga kamaytiriladi
6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza qanday tartibda belgilanadi?
soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi
jami daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida boshqa qonunlarda, qarorlarda nazarda tutilgan imtiyozlar hamda soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar sifatida belgilanadi
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi sifatida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |