Mavzu yuzasidan savollarga javob: Yurak gitertrofiyasi nima va sportchilar yuragining funksional xususiyatlarini tushuntirib bering


Download 86.33 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi86.33 Kb.
#145856
Bog'liq
1-amaliy mashgulot topshiriq


MAVZU YUZASIDAN SAVOLLARGA JAVOB:
1.Yurak gitertrofiyasi nima va sportchilar yuragining funksional xususiyatlarini tushuntirib bering.

JAVOB

Gipertrofiya (giper... va yun. trophe — oziqlanish) — aʼzoning toʻqima elementlari (hujayralar, muskul tolalari) oʻsishi oqibatida shu aʼzo yoki uning biror qismining kattalashib ketishi. G.ga asosan aʼzoning zoʻr berib ishlashi sabab boʻladi. Chin va soxta, fiziologik va patologik G. farq qilinadi. Chin G. aʼzo parenximasi hisobiga roʻy bersa, soxta G. aʼzoda oraliq va yogʻ toʻqima vujudga kelishiga bogʻliq. Soxta G.da aʼzo funksiyasi kuchaymay, balki susayadi. Mas, jismoniy ish bilan shugʻullanuvchi sogʻlom kishilarda, shuningdek, sportchilarda doimiy zoʻriqish taʼsirida skelet va yurak muskullari kattalashib ketadi (fiziologik G.). Baʼzi patologik G. (kasallik oqibatida kelib chiqadigan G.) ham yuqoridagiga oʻxshash roʻy beradi. Yurak-tomir sistemasi (yurak poroklari, gipertoniya kasalligi) va baʼzi oʻpka kasalliklarida patologik G. kuzatiladi. Juft aʼzolar (mas, buyrak) ning bittasi olib tashlansa ikkinchisi kattalashib, uning vazifasini bajara boshlaydi, yaʼni G. boshlanadi (qoplama G.). Neyroendokrin buzilishlar ham patologik G.ga sabab boʻladi (qarang Akromegamiya,


2.Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida qo‘llaniladigan sinamalarni aytib bering.

JAVOB

Yurak-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilmaxil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).

[[Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi (qarang [[Yurakning ishemik kasalligi).

Arterial gipertoniya Yu,t.s.k. orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.

Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.

Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. [[Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.

Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (mas, zaxm, sepsis) va allergik (qarang Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va h.k. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.

Yurak yetishmovchiligi yurakning oʻziga yuklangan toʻla hajmdagi funksional yuklamani bajara olmasligini koʻrsatuvchi patologik belgilar (terining koʻkarishi, nafas qisishi, oyoq shishib qolishi va boshqalar) bilan namoyon boʻladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik alomat hisoblanadi.

Oʻtkir yurak yetishmovchiligi — juda xavfli, lekin kamdan-kam uchraydi. U kutilmaganda yoki toʻsatdan nafas qisib, boʻgʻilish (qarang Yurak astmasi) xuruji bilan kechadi.

Koʻpchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklarisk. oqibatida yurak muskulining qisqarish funksiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga qarab yurak yoxud tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.

YU.t.s.k. (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi)ni muntazam va oʻz vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni kardiologiya fani oʻrganadi.

YU.t.s.k.ni aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda dispanserlarda amalga oshiriladi. Kasallikni davolash reabilitatsiya, yaʼni salomatlikni qayta tiklashdan iborat. Hozirda yurak-qon tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar tuzilishidagi tugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli bilan davolanadi.
3.Nafas olish tizimi kasalliklarida qo‘llaniladigan sinamalarni aytib bering.

JAVOB

Bronxit - bronxlarning turli etiologiyali yalliglanish kasalligi (infeksion, allergik, fizik-ximik va boshq). Bolalarda bronxitlarning quyidagi shakllari ajratiladi:

1. O’tkir oddiy bronxit (OB)

2. O’tkir obstruktiv bronxit (OOB)

3. O’tkir bronxiolit

4. qaytalanuvchi bronxit (QB)

5. qaytalanuvchi obstruktiv bronxit (QOB)

6. Surunkali bronxit (SB) - birlamchi va ikkilamchi

7. Surunkali bronxiolit obliterasiya bilan birga
Bronxitlarning hamma shakllari zotiljamning klinik belgilarisiz bronx yalliglanishining klinik simptomlarida diagnostika qilinadi.

O’tkir oddiy bronxit - bronxlarning obstruksiya belgilarisiz kechadigan bronxitdir.

Etiologiyasi. O’tkir oddiy bronxit etiologik omili viruslar (paragripp 1 va 2 turlari, RS-viruslari, adenoviruslar, gripp virusi, sitomegalovirus) hisoblanadi. Fizik-ximik omillar ta'sirida, sovuq qo’tishda burun-tomoqda autofloraning aktivlashuvi kuzatiladi. Ko’p hollarda o’tkir bronxit etiologiyasida virus-bakterial assosiasiyasi tasdiqlanadi, nafas yollaridagi epiteliyalarda joylashgan viruslar tropizmga ega bo’lganligi uchun ularni zararlaydi, bronxlar devori barer xususiyatini pasaytiradi va bakterial yalliglanish rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Shartli patogen bakterial autofloraning invaziv emas, intralaminar ko’payishi haqida so′z boradi. Bronxit quyidagi bolalar infeksiyasi, jumladan, qizamiq va kok yotal kechish jarayonida paydo bo’ladi. Katta yoshdagi bolalarda etiologik omil bo’lib, Mycoplasma pneumonia, Chlamydia pneumonia hisoblanadi.



Patogenezi. Bronx shilliq qavatlari yuqumli kasalliklari gipersekresiyaga va shilliqning fizik-ximik xossasini (elastiklik, adgeziyasi, shilamshi?ligi) o’zgarishiga olib keladi, bu seliar hujayralarda ish faoliyatini qiyinlashtiradi, mukoseliar klirensi (nafas yo’llari sanasiyasini ta'minlaydi) buzilishiga sabab bo´ladi. Adashgan nerv afferent reseptorlarining qo’zgalishi natijasida paydo bo´ladigan yo′tal bronxlar tozalovchi funksiyasini kuchaytiradi.

Klinikasi. Ko’p qo’llarda etiologiyasiga bog’liq. Kasallik tana qaroratining kotarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish, ishtaha pasayishi bilan boshlanadi. O’tkir oddiy bronxit o’tkir virusli respirator infeksiyalardan so′ng rivojlanadi, kasallikning birinchi kunlarida yuqori nafas yollari zararlanish belgilari kuzatiladi. O’tkir oddiy bronxit asosiy belgisi yotal hisoblanadi. Kasallik boshida yo′tal quruq bo´ladi. Traxeobronxitda yo′tal qichishish va to′sh suyagining orqasida ogriq bilan kechadi. Erta yoshdagi bolalarda yo′talganda yuzning qizarishi va yig′lash to′sh suyagining orqa qismida og′riqdan dalolat beradi. Bir necha kundan keyin yo′tal yumshoq, nam, ko’p bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar balhamni chiqara olmaydi va yutib yuboradi.

O’pka auskultasiyasida o’tkir bronxitda dag’al nafas, diffuz quruq, nam, orta kalibrli xirillashlar eshitiladi, yo′talgandan keyin uning miqdori kamayadi. Gematologik siljishlar virusli infeksiyalarni yoki og’ir bo’lmagan bakterial yalliglanishni ko’rsatadi. O’tkir bronxitning davomiyligi 2 haftadan oshmaydi.

Differensial tashqisi. Pnevmoniya, bronx-o′pka kasalliklari bilan o’tkaziladi, uning qaytalanishi o’tkir bronxit klinikasi bilan kechadi (mukovissidoz, bronxektatik kasallik va boshqalar). Pnevmoniyaga gumon qilinganda ko’krak qafasi rentgenografiyasi o’tkaziladi.
O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit

O’tkir obstruktiv bronxit (OOB) - bronxlar obstruksiyasi sindromi bilan kechadigan kasallik. Kattalarga qaraganda, bolalarda ko’p uchraydi, og’irroq kechadi. Zamonaviy tasavvurlarga kora o’tkir bronxiolit OOBga kiradi, mayda bronxlar va bronxiolalarning virusli etiologiyali zararlanishi bilan kechadi. O’tkir bronxiolit bilan asosan ikki yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi.

Etiologiyasi. O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolitda asosiy etiologik omil RS-viruslar, paragripp III turidagi viruslar, adenoviruslar hisoblanadi. Katta yoshdagi bolalarda o’tkir obstruktiv bronxit rivojlanishida miko’plazmalar va Ch. Rneumoniae asosiy o’rinni o’ynaydi.

Patogenezi. Bronxoobstruktiv sindrom - patofiziologik tushuncha bo’lib, o’tkir va surunkali kasalliklar fonida bronxlar otkazuvchanligining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda bronx-o′pka kasalliklarida bronxlar obstruksiyasining asosiy komponentlari quyidagilar:

Bronxlar shilliq qavatining qalinlashishi. Bu komponentning asosiy sababi - shilliq va shilliq osti qavatining shishi va hujayra infiltrasiyasidir.

Bola qanchalik kichik bo’lsa, bronxlar shilliq qavatining qalinlashuvi shunchalik yaqqol bilinadi, bu esa bronxobstruktiv sindromning rivojlanishiga olib keladi;

Nafas yo’llari kalibri kichik bo’lsa, yalliglanish yuqori bo’ladi va qaytmas obliterasiyaga olib keladi. Bronxlar bez apparatining giperplaziyasi ham shilliq qavatning qalinlashish darajasiga ta'sir qiladi.



Bronxlarning gipersekresiya va reologik xususiyatining o’zgarishi erta yoshdagi bolalarda bronxobstruktiv sindromning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ekssudativ-kataral va limfatiko-gipoplastik konstitusiya anomaliyalari bor bolalarda bronxobstruksiya sindromi rivojlanishiga moyillik yuqori bo´ladi. Bronxlar diametrining kichrayishida, bronxial sekretning suvsizlanishi obstruksiyaning boshqa komponentlariga bog’liq, bu esa ko’p ishlab chiqarilgan bronxial sekretning yuqori yopishqoqligiga olib keladi va qattiq shilliq to’siqning rivojlanishiga sabab bo’ladi, natijada nafas yollarini to′sib qo’yadi. Balham reologik xususiyatining o’zgarishi (yopishqoq sekret) mukovissidozda bronxial obstruksiya shakllanishining asosiy sababi hisoblanadi. Siliar diskineziya sindromida o’zgarmagan yo’ki infisirlangan bronxial sekret evakuasiyasi buziladi.

Bronxlar shilliq mushaklarining spazmi - tez rivojlanadigan va yengil qaytuvchi obstruksiya komponenti. Bola yoshi kattalashgan sari va obstruksiya epizodlari qaytalanishida u katta ahamiyatga ega. Tez-tez qaytalanuvchi yoki uzoq vaqt davom etuvchi spazm bronxlar shilliq mushaklari spazmiga olib keladi.

Bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishida opkaning shishi, havo yollarining emfizematoz o’pka to′qimasi bilan bosilishi obstruksiyani kuchaytiradi. Yuqorida keltirilgan obstruksiya mexanizmlaridan tashqari, timomegaliya, ko’krak ichi limfa tugunlarining kattalashishi, o’pkaning tugma bolakli emfizemasi, diafragmal churra, oraliq devor osmasida kompressiya natijasida nafas yo′llarining torayishi kuzatiladi.

O’tkir bronxiolitda epiteliy deskvamasiyasi bo’ladi, kiprikchalari bo’lmagan osuvchi qavat hujayralari bilan almashinadi. Bu mayda bronxlar va bronxiolalar shilliq qavatining erta zararlanishi hisoblanadi. Epiteliylar, fibrin tolalari, shilliq mayda bronxlar va bronxiolalarda qattiq tiqin hosil qiladi, bu bronxiolalarning toliq yo’ki qisman obstruksiyasiga olib keladi.

RS-viruslar bilan chaqirilgan bronxiolitning og’ir kechishida, RS-IgE anti tanachalarining spesifik titri yuqori, leykotrien S konsentrasiyasi, shilliqda gistamin sekresiyasi yuqori bo´ladi.



O’tkir RS-bronxiolit o’tkazgan bolalarda, ko’p qo’llarda bronxlar nospesifik giperreaktivligi shakllanadi va bronxial astmaga bo’lgan moyillik yuqori bo’ladi.

Klinikasi. O’tkir obstruktiv bronxit tana qaroratining kotarilishi, yuqori nafas yollari kataral o’zgarishlari bilan o’tkir boshlanadi. Bolaning umumiy ahvoli birdan o’zgarmaydi.

Respirator buzilishlar belgilari kasallikning birinchi kunida yuzaga kelishi mumkin, ba'zida 3-5 kunida yuzaga chiqadi. Asta-sekin nafas olish harakati va nafas chiqarish davomiyligi bir minutda 50 martagacha yetadi, shovqinli, hushtaksimon bo’ladi. Perkutor tovushning qutichasimon bo’lishiga fonida, nafas chiqarishi uzaygan, ikki tomonlama quruq, qushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Bronxial bezlar gipersekresiyasi natijasida, kichik yoshdagi bolalarda mayda va o’rta pufakli nam xirillashlar eshitiladi va jarayonga bronxiolalarning qo’sqilishi kuzatiladi. Xirillashlar masofadan eshitiladi.

Obstruksiya rivojlanishi kuchayganda bola bezovtalanadi, qo’zg’aluvchanligi ortadi, qollariga tayangan holda majburiy o’tirgan holatni tanlaydi.

Nafas olishda yo’rdamchi mushaklar qatnashadi, burun qanotlari kerikkan, qovurg′alar oralig′ida va epigastral sohada tortilish kuzatiladi. Ba'zida og’iz atrofida yengil sianoz kuzatiladi. Periferik qonning o’zgarishi virusli infeksiyadagi kabi bo’ladi (leyko’peniya, limfositoz, EChT qisman oshishi).

O’tkir bronxiolitda obstruksiyaning og’irlik darajasi va nafas yetishmovchiligining yaqqolligi yalliglanishning mayda bronxlarda joylashishi, erta yoshdagi bolalarda brox-op’ka tizimining anatomo-fiziologik xususiyati va virusli yalliglanishning o’ziga xosligiga bog’liq. Nafas yo’llari yengil kataridan 2-4 kundan keyin hansirash nafas harakatining minutiga 70-90 taga yetishi kuzatiladi, nafas chiqarishning qiyinlashishi, yordamchi ko’krak mushaklarining ishtirok etishi, ko’krak qafasi chiqib turgan joylarining tortilishi, burun qanotlarining kerikishi, og’iz atrofi sianozi kuzatiladi.

Kasallik boshida yo’tal quruq, keyinchalik nam, balhamli bo’ladi.Temperatura reaksiyasi bronxiolitning etiologiyasiga bog’liq: adenovirusli infeksiyasida uzoq febril isitma kuzatiladi, boshqa etiologiyali bronxiolitlarda - tana qarorati 38-39˚Sgacha ko’tariladi. Bu holat 1-2 kun davom etadi.

Bolaning umumiy ahvoli og’ir, nafas yetishmovchiligi yaqqol bilinadi. RaO2 55-60 mm rt.st gacha pasayadi, RaSO2 pasaygan (giperventilyasiya), bu asidozni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.

Ko’krak qafasi shishgan, perkussiyada qutichasimon tovush aniqlanadi, yurak nisbiy chegarasi kichraygan. Auskultasiyada uzaygan nafas chiqarish yo’ki hushtaksimon nafas chiqarish, nafas olishda va nafas chiqarishda ko’p mayda xirillashlar eshitiladi. Nafas olish tezlashganda nafas chiqarishning uzayishi bo’lmasligi mumkin.

Periferik qon o’zgarishi virusli infeksiyalardagidek bo´ladi. Rentgenda o’pka shishi kuzatiladi, o’pka ildizi kengaygan, ildiz oldi o′pka surati kuchaygan, atelektazlar, distelektazlar aniqlanadi. Asoratlanmagan bronxiolitda epiteliy regenerasiyasi kasallik boshlanishidan 2-3 kundan keyin paydo bo’ladi, 4-kuni gipersekresiya pasayadi, kiprikchalarning to’liq tiklanishi kasallikning 15-kuniga to’g’ri keladi.

Differensial tashqisi. O’tkir obstruktiv bronxit va o’tkir bronxiolitni yot jismlar bilan aspirasiya, bronxial astma xuruji, ba'zan - pnevmoniya bilan o’tkaziladi.Residivlanuvchi (qaytalanuvchi) bronxit. Kasallik oddiy o’tkir bronxitning qaytalanishi bilan kechadi (obstruksiya belgisisiz), uning epizodlari yilida 2-3 marta qaytalanadi, oxirgi 2-3 yil ichida qar bir xurujlar 3-hafta va undan ko’p marta davom etishi bilan xarakterlanadi.
Residivlanuvchi bronxit bolalik davrlarida ko’p uchraydi. Surunkali bronxitdan farqi progressivlanuvchi kechishi kuzatilmaydi, bronx-o’pka tizimida qaytmas funksional va morfologik o’zgarishlar aniqlanadi.

Etiologiyasi. Residivlanuvchi bronxit erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’p uchraydi. qaytalanuvchi bronxitda ekzogen va endogen omillar katta ahamiyatga ega, bolalarda respirator kasalliklarga sabab bo’ladi.

Qaytalanuvchi bronxitga xurujlarni mavsumiyligi xarakterlidir, bu virusli respirator infeksiyalarning epidemik ko’tarilishiga to’g’ri keladi, ko’p hollarda xurujlarni rivojlanishiga sabab bo´ladi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitning shakllanishi va kechishida bakterial infeksiyalarni o′rni katta: pnevmokokk, gemofil tayogchalari, xlamidiya va miko’plazmalarni bir hilda uchrashi kuzatiladi. Bronxial daraxtning ushbu mikroorganizmlardan tozalanishi sekin kechishi xarakterli xisoblanadi. Bolalarda qaytalanuvchi bronxitda nospesifik rezistentlik (neytrofilli leykositlarni pasayishi) va immunologik reaktivlik xususiyati mavjud (xuruj davrida supressorlar pasayishi va remissiya davrida xelperlar aktivligi, T-limfositlar faolligi pasayishi, xuruj davrida sekretor IgA pasayishi kuzatiladi, zardob immunoglobulinlari miqdori doimiy normal bo’lganda kasallik remissiya davrining uzayishi xarakterlidir).

Klinikasi. Bola qanchalik kichik bo’lsa, xurujlar shunchalik ko’p uchraydi (erta yoshdagi bolalarda yilida ortacha 8 marta qaytalanadi, maktab yoshidagi bolalarda yilida 2-3 marta kuzatiladi).qaytalanuvchi bronxit xuruji o’tkir boshlanadi, tana harorati subfebrilgacha, ba'zida febrilgacha kotariladi, quruq yotal 2-3 kundan keyin nam balhamli yo’talga aylanadi.

Maktab yoshidagi bolalarda qaytalanuvchi bronxit xuruji tana qaroratining ko′tarilmasligi bilan kechadi. Yo’tal odatda kun davomida bir xil yo’ki ertalablari kuchaygan bo´ladi.

Auskultativ, perkutor ma'lumotlari va rentgenologik o’zgarishlar o’tkir bronxitdagidek bo´ladi.

Kasallik remissiyasi sekin rivojlanadi. Uzoq vaqt (3-4 haftadan kam bo’lmagan) qisman yo’tal saqlanadi, ertalablari shilliq yo’ki shilliq yiringli balg’am ajralishi bilan kuzatiladi.



Differensial tashqisi. Ikkilamchi surunkali bronxit, surunkali bronx-o′pka kasalliklarining klinik korinishi bo’lishiga mumkin: mukovissidoz, bronxoektatik kasallik. O’pka rivojlanishi nuqsonlari, siliar diskineziya sindromi va boshqalar. Bu kasalliklarga gumon qilinganda bola pulmonologiya bo’limida tekshirilishi rentgen, funksional va instrumental bronx-o’pka tekshiruvidan o’tishi kerak.

Oqibati. qaytalanuvchi bronxitda yo’mon emas, ba'zida surunkali shaklga o’tishi mumkin. 2% bemorlarda qaytalanuvchi bronxit bronxial astmaga o’tishi mumkin.

Residivlanuvchi obstruktiv bronxit - bu o’tkir obstruktiv bronxitning qayta epizodlari bilan kechadigan kasallik. Ba'zan kasallik etiologiyasida xlamidiyalarni o’rni katta.

Klinik ko’rinish va davolash o’tkir obstruktiv bronxitnikidek bo’ladi. Tashqis 3 - 4 yoshda qo’yiladi.

O’RVI obstruksiya epizodlarini chaqiradi. Bronxlar giperreaktivligi va obstruksiya residivi endogen omil bo’lib hisoblanadi. Bronxlar giperreaktivligi -infeksion va noinfeksion omillar ta'siridagi havo o’tish yo’llarining noadekvat reaksiyasi, klinikada bronxlar obstruksiyasi bilan kechadi.

Populyasion tekshirishlar bronxlarning birlamchi giperreaktivligini (irsiy, tugma) aniqlaydi.

Ikkilamchi giperreaktivlik nafas yo’llarining infeksion, allergik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit differensial diagnostikasidan maqsad qar bir bemorda bronxlar giperreaktivligini aniqlashdan iborat. Bronxial astma bilan qaytalanuvchi bronxit o’rtasitdagi differensial tashqis qiyinchilik tug’diradi. 30-50% erta yoshdagi bolalarda bronxial astma xurujida virusli infeksiyaning o′rni yuqori bo´ladi.

Qaytalanuvchi obstruktiv bronxitda oilaviy anamnezda allergik kasalliklari kuzatilmaydi va atopiyaning o’pkadan tashqari zararlanishi bo’lmaydi.

Umumiy va spesifik immunoglobulin IgE miqdori normada bo´ladi, obstruksiya xurujli xarakterga ega emas, noinfeksion ekzogen allergenlar ta'siri bilan bog’liq emas, astmaga qarshi bazis terapiyadan samara bo’lmaydi. 20% bolalarda residivlanuvchi obstruktiv bronxit anamnezida bronxlarning tugma giperreaktivligi sababini aniqlash mumkin: tug’ilganda kichik vazn, homiladorlik vaqtida onasining tamaki chekishi, nafas yollarining kichik kalibrligi. Residivlanuvchi obstruktiv bronxit xurujini virusli infeksiya kuchaytiradi. 3 - 4 yoshda epizodlar to’xtaydi.

Surunkali bronxit

Birlamchi surunkali bronxit - kattalardagi surunkali bronxitga oxshash, bolalarda juda kam uchraydi. Bu tashqis mukovissidoz, siliar diskineziya, surunkali pnevmoniya tashqislarini iste'sno qilingandan so′ng qo’yiladi.

Ikkilamchi surunkali bronxit - bronx-o’pka tizimi kasalliklarining yuqorida korsatilgan belgilari aniqlansa qo’yiladi.

Bolalarda surunkali bronxitlarning tashqisot mezonlari:

1) Balhamli yotal;

2) 3 oy va undan ko’p vaqt davomida doimiy xirillashlar;

3) Yilida uch va undan ko’p marta xurujlar takrorlanishi;

4) Bronx devorida morfologik belgilarning aniqlanishi.

Klinikasi. Bronxoobstruktiv sindrom xarakterlidir. Tashqi nafas tekshirilganda ko’krak ichi bosimi ortganligi, o′pkaning qoldiq hajmi oshganligi, bronxial o′tkazuvchanlik buzilganligi aniqlanadi.qaytalanuvchi yo′tal, auskultasiyada zararlangan o’choq ustida sust nafas, mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Ular doimiy eshitilishi mumkin, bu esa pnevmoniya bilan tashqis o’tkazishda qiyinchilik tug’diradi. Nafas yetishmovchilik belgilari total zararlanishda kuzatiladi.

PNEVMONIYa

Pnevmoniya (yunon tilidan rneumon - "o’pka"; sin: o’pka yalliglanishi)- o’pkaning respirator bo’limlaridagi yalliglanish jarayoni bo’lib, alohida kasallik yo’ki biror bir kasallikning asorati sifatida kuzatiladi. Pnevmoniya bilan kasallanish bir yoshgacha bo’lgan bolalar orasida 1000 bolaga 10-15 tani, 1-3 yoshgacha bo’lganlarda 1000 bolaga 15 - 20 ta va 5 yoshdan song 1000 bolaga 5-6 ta to′g′ri keladi.

Tasnifi. Rossiya Federasiyasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 1995 yilda o′tkazilgan bolalar pulmonologlari va irsiy determinallangan o’pka kasalliklarining Muammoli komissiyasi tomonidan bolalardagi pnevmoniyaning ishchi tasnifi kiritilgan.

Bu tasnifga asosan pnevmoniyalar quyidagi turlarga bo’linadi.



4.Aritmiya nima?

JAVOB

Aritmiya (yun. a – inkor qo‘shimchasi va rythmos – ritm) – yurak qisqarishlari maromi (normal ritmi)ning buzilishi; chuqur nafas olganda yurak qisqarishining tezlashishi, nafas chikarganda kamayishi (nafasga aloqador A.), ko‘proq bolalar va usmirlarda ku-zatiladi; yurakning navbatdan tashqari oldinroq qisqarib qolishi (ekstrasi-stolik A.), maromli faoliyatining izdan chiqishi (hilpillovchi A.) va boshqa A. ga yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli ichimliklar va nikotindan zaharlanish sabab buladi (qarang Yurak).
5.Taxikardiya nima?

JAVOB

Taxikardiya (yun. tachys — tez va kardia — yurak) — yurak qisqarishlarining tezlashuvi, yurakning tez (1 min.da 100 va undan koʻp) urishi. Yurak qisqarishi ritmikligi va sonining buzilishi, uning asosiy xususiyatlaridan biri — yurak avtomatizmining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi. Sogʻlom kishilarda jismoniy va ruhiy zoʻriqish, ovqat yeyish, tana holatini keskin oʻzgartirish, mas., yotgan joydan birdan turib ketish va h.k.da (buni fiziologik T. deyiladi) kuzatiladi. Gavda temperaturasi koʻtarilganda (isitma 37°dan yuqori boʻlsa, tomir minutiga odatdagidan 8—10 ta koʻp uradi), shuningdek, yuraktomir va nerv sistemalari, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari va boshqalarda T. paydo boʻladi. Yurak ishi juda oʻzgaruvchan boʻlib, doimo organizmning qon aylanishiga boʻlgan talabiga moslashib turadi. Tabiiy sharoitda yurak ishini boshqarishda markaziy nerv sistemasidan sayyor (adashgan) va simpatik nervlar orqali keladigan impulyelar yetakchi rol oʻynaydi. Simpatik nerv taʼsirlansa, yurak qisqarishlari soni ortadi. Yurak qisqarishi ritmining tezlashishi yurak muskullarida moddalar al mashinuvi va qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Yaulsning toʻsatdan tezlashib min,ga 160—200 gacha yetishi paroksizmal T. deyiladi. T.ning oldini olish uchun eng avval uni keltirib chiqargan sabab bartaraf etiladi.
6.Ekstrasistoliya nima?

JAVOB

Ekstrasistoliya – yurakning muddatidan oldin qisqarishi, bunda yurak notekis urayotgandek yoki urmay qolgandek bo‘lib tuyuladi. Bu kasallik ko‘proq sog‘lom odamlarda uchraydi. Agar ekstrasistoliya siyrak (daqiqasiga 5 tadan kamroq) bo‘lsa va bemor uni sezmasa, unda maxsus muolaja talab etilmaydi. Bordi-yu, ekstrasistoliya tezlashsa, daqiqasiga 6 va undan ham oshsa. Bemor yuragi notekis urayotganini sezsa, boshi aylansa, unda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Xilpillama aritmiya – beqaror yurak ritmi, daqiqasiga 100 dan 150 zarbgacha chastota va o‘ziga hos tebranma ritm bilan harakterlanadi. Yurak bo‘lmasining tebranishi barqaror yoki xurujli bo‘lishi mumkin. Yurakning mitral nuqsonlarida, yurakning ishemiya kasalligida, tireotoksikozda, alkogolizmda va hokazolarda shunday holatlar kuzatiladi. Tebranma aritmiya bemorga sezilmasligi yoki yurakning oddiy urishi kabi sezilishi mumkin. Ba’zida qon tomirlarida tromblar hosil bo‘lishi qayd etiladi.



7.Gipoksiya nima?

JAVOB

Gipoksiya (gipo... va lot. oxygenium — kislorod), an oksiya, kislorod tanqisligi — organizmda yoki ayrim aʼzo va toʻqimalarda kislorod yetishmasligi yoki qabul qilinishining buzilishidan kelib chiqadigan kasallik holati. G. nafas olinayotgan havoda kislorod yetishmaganida (mas, balandlikka koʻtarilganda), yer ostida ishlaganda, nafas yoʻllariga yot jismlar tiqilib qolganda, bronxlar spazmida va b. hollarda roʻy berishi mumkin. G. juda koʻp kuzatiladi va turli-tuman nosogʻlom (patologik) jarayonlar asosini tashkil etadi. G. oʻtkir, bir lahza (oniy) hamda surunkali boʻlishi mumkin. Yengil G.da ham xuddi mastlikka oʻxshash qoʻzgʻalish holati, oliy nerv faoliyati, yurak va nafas sistemasida sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻladi. Birdan roʻy bergan G.da bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, yurak va nafas faoliyatining izdan chiqishi kuzatiladi. Hatto qisqa muddat bosh miyaning kislorod bilan taʼminlanmasligi ogʻir oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Oʻtkir G. koʻp qon yoʻqotilganda, miokard infarq-mujxa va b. ogʻir holatlarda, shuningdek, qonning toʻqimalarga kislorod tashish xususiyati buzilishiga olib keluvchi is gazi bilan zaharlanganda roʻy beradi. Surunkali G. yurak faoliyatining zaiflashishi va toʻqimalarning qon bilan taʼminlanmasligiga sabab boʻladigan yurak poroklari, kardioskleroz kasalligida paydo boʻlishi mumkin. Baʼzi vitaminlar yetishmasligi ham G.ga sabab boʻla oladi. G.ning oldini olish uchun unga chidamlilikni oshiradigan maxsus mashgʻulotlar olib boriladi. Davo asosan G.ga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etishdan iborat.
8.Gipoksiyaning kelib chiqishiga sabab nima?

JAVOB

G. nafas olinayotgan havoda kislorod yetishmaganida (mas, balandlikka koʻtarilganda), yer ostida ishlaganda, nafas yoʻllariga yot jismlar tiqilib qolganda, bronxlar spazmida va b. hollarda roʻy berishi mumkin. G. juda koʻp kuzatiladi va turli-tuman nosogʻlom (patologik) jarayonlar asosini tashkil etadi. G. oʻtkir, bir lahza (oniy) hamda surunkali boʻlishi mumkin. Yengil G.da ham xuddi mastlikka oʻxshash qoʻzgʻalish holati, oliy nerv faoliyati, yurak va nafas sistemasida sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻladi. Birdan roʻy bergan G.da bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, yurak va nafas faoliyatining izdan chiqishi kuzatiladi. Hatto qisqa muddat bosh miyaning kislorod bilan taʼminlanmasligi ogʻir oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Oʻtkir G. koʻp qon yoʻqotilganda, miokard infarq-mujxa va b. ogʻir holatlarda, shuningdek, qonning toʻqimalarga kislorod tashish xususiyati buzilishiga olib keluvchi is gazi bilan zaharlanganda roʻy beradi. Surunkali G. yurak faoliyatining zaiflashishi va toʻqimalarning qon bilan taʼminlanmasligiga sabab boʻladigan yurak poroklari, kardioskleroz kasalligida paydo boʻlishi mumkin. Baʼzi vitaminlar yetishmasligi ham G.ga sabab boʻla oladi. G.ning oldini olish uchun unga chidamlilikni oshiradigan maxsus mashgʻulotlar olib boriladi. Davo asosan G.ga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etishdan iborat.
9.Qon bosimini o‘lchash texnikasi nimadan iborat?

JAVOB

Arterial qon bosimini o‘lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar yordamida. Biroq bu ish e'tiborsizlik bilan amalga oshirilsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. "Layfxaker" qanday qilib bu jarayonda xato qilmaslik borasidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi

Qanday qurilmadan foydalangan ma'qul?

Qon bosimini mustaqil o‘lchash uchun avtomat tonometr (qon bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan jihoz) xarid qilgan ma'qul, chunki stetoskopdan yolg‘iz foydalanish biroz noqulay, natijalar noto‘g‘ri chiqish ehtimoli yuqori. 

Shuningdek, ba'zi avtomat tonometrlar ham noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatishi mumkin.

Yodingizda bo‘lsin, noto‘g‘ri tanlangan manjyeta o‘lchami qon bosimini o‘lchashdagi natijalarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun xarid oldidan tonometr o‘raladigan qo‘l qismini o‘lchab oling.

Qurilma ko‘rsatmada yanglishmasligi uchun tonometrlarni dorixonalardan yoki maxsus do‘konlardan xarid qiling va bu borada haddan tashqari tejamkorlikka yo‘l qo‘ymang. Foydalanishdan avval albatta qo‘llanmasini o‘qib chiqing va batareyalarni o‘z vaqtida almashtirishni unutmang.

Qon bosimini qanday o‘lchash kerak?

Shoshmang. 5 daqiqacha tinch sharoitda o‘tiring, biror ish qilganingizdan keyin darhol tonometrga yopishmang. Qon bosimini o‘lchashdan yarim soat oldin chekmang va qahva ichmang. 

Stulga qaddingizni tik qilib o‘tiring. Oyoqlaringizni chalishtirmang. Oyoqlar polda shunday turishi kerakki, tizzalar baland ko‘tarilmasligi lozim.  

Yengingizni shimaring, yaxshisi - yengi uzun kiyimda bo‘lsangiz, uni yechib qo‘ying, shunda manjyetni o‘rashda muammo yuzaga kelmaydi. 

Qo‘lingizni shunday joylashtiringki, tonometr manjyetasi taxminan yurakning to‘g‘risida bo‘lsin. Ba'zan buning uchun qo‘l ostiga yostiqcha qo‘ygan ma'qul. 

Manjyetani to‘g‘ri o‘rang. Uning pastki tomoni tirsakdan 2-2,5 sm yuqorida bo‘lishi kerak. 

Manjyetani shunday o‘rangki, u bilan qo‘lingiz orasiga 1-2 barmoq sig‘adigan bo‘lsin. Tonometr pulsni qayd etishi uchun rezina naychalar tirsakning ichki tomoniga qarashi kerak.

Tonometrning barcha naychalari tekis bo‘lsin, chigallashib yoki tugun bo‘lib qolmasin. Bu qiyin emas, mana bunday holatda o‘tirish kerak:



Foto: Layfxaker

Tonometr manjyetani havoga to‘ldirishi uchun dasturni ishga tushiring yoki uni mustaqil harakatga keltiring (bu qanday modelni xarid qilganingizga bog‘liq). Qurilma havoni qo‘yib yuborishini kuting yoki klapanni ochib, havoni o‘zingiz qo‘yib yuboring. 

Tonometr ko‘rsatkichlarini yozib olib, ikki daqiqadan keyin boshqa qo‘lingizda ham qon bosimingizni o‘lchab ko‘ring.

Qanday qilib qon bosimini stetoskopda o‘lchash mumkin?

Insonning yurak urishini eshitish uslubi biroz tajriba va ko‘nikma talab qiladi. Birinchi marta yurak urishini eshitish va bir vaqtning o‘zida tonometr nishoni ishorasini qayd etish qiyin, albatta. Insonning o‘z qon bosimini o‘lchash esa undan-da qiyin. Shu bois agar stetofonendoskopdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval mashq qilib oling.

1.    Inson xuddi avtomat tonometrda o‘lchagandek qaddini tik qilib o‘tirishi kerak, manjyeta ham o‘sha joyga o‘raladi. 

2.    Stetofonendoskop membranasini tirsak chuqurchasi yaqiniga yoki undan yuqoriroqqa, puls yaxshiroq eshitiladigan joyga joylash va biroz chiqish kerak. 

3.    Manjyetani o‘rab, tonometr o‘qiga qarab, pulsni eshiting. Bir fursat puls yo‘qoladi - yurak urishi eshitilmay qoladi. Shundan keyin manjyetani tonometr o‘qi yana 20-30 mm'ga ko‘tariladigan qilib shishirish kerak. 

4.    Tonometr o‘qi sekin pastlashi uchun qurilma ventilini biroz bo‘shashtiring. Sekin deganda soniyasiga 2-3 mm pastlashi tushuniladi. 

5.    Stetofonendoskopda yana yurak urishi paydo bo‘lishini diqqat bilan eshiting. Ayni shu lahza tonometr o‘qi ko‘rsatgan sonni eslab qoling. Bu sistolik, ya'ni "yuqori" qon bosimi. 

6.    Keyin yana tovush yo‘qolishini kuting. Tonometr o‘qining shu vaqtda ko‘rsatgan belgisi - diastolik, ya'ni "quyi" qon bosimi hisoblanadi. 



140/90dan baland qon bosimi - yuqori, 90/60dan past bo‘lgan qon bosimi - past. Siz uchun qaysi ko‘rsatkich me'yor ekanini aniqlash uchun har kuni bir vaqtda qon bosimingizni o‘lchang va ko‘rsatkichlarni yozib boring. Shundagina qon bosimingizda muammolar bor yoki yo‘qligini bilishga muvaffaq bo‘lasiz.
10.Puls bosimi nima va uning ahamiyati?
JAVOB

Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi)
Download 86.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling