Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1- mashq
Download 22.29 Kb.
|
11 mavzu topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- topshiriq.
- 2- topshiriq. To‘g‘ri javoblarni aniqlang. Javoblar jadvaliga “ha” yoki “yo‘q” so‘zlarini yozing
- 3 - topshiriq . “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish
- Уй вазифаси. 4- topshiriq.
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1- mashq. Mutaxassislik terminlariga, ya’ni АКТ va iqtisodiy sohalarga doir terminlarga misollar keltiring. Ular ishtirokida ilmiy ommabop uslubga xos matn yozing. 2-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin. Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, toy, et, yara, bez, , oq, osh. 1- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “soha” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring. “Sinkveyn” (5-qator) texnikasi: 1-qator - tushuncha - ot 2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat 3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l 4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat 5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
“Maxsus leksik qatlamlar”
Javob:
3 - topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish: “O‘rta Osiyoning buyuk siymolari” mavzusi bo‘yicha quyida berilgan tayanch so‘z va birikmalardan foydalanib mustaqil tarzda mikromatnlar tuzing. 1) Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal, algoritm, algebra; 2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi», astronomiyadan qo‘llanma; 3) Forob, Damashq, Misr, 160dan ortiq asar; 4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna; 5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi. U–algebra fanining asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi. Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Bunda shaharlar, tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng birinchi geografik asar bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g‘arb va sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqalar) mukofot va medallar ta’sis etilgan.
3 - mashq. Quyidagi berilgan so’zlarni termin sifatida ishlatib, misollar yozing. Коmpyuter, telefon, texnika, qism, internet, dastur, radio, televidenie. Download 22.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling