Mavzu: yuzlik konsentrda bo’lish amalini o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanish. Reja: kirish i-bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish


Download 57.33 Kb.
bet5/9
Sana05.05.2023
Hajmi57.33 Kb.
#1431845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YOROVA GULNOZA

2.1 Yuz ichida raqamlash metodikasi
Yuz ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o’quvchilar yangi sanoq birligi o’nlik va o’nlik sanok sistemasining muhim tushunchasi - xona tushunchasi bilan tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo’lish prinsiplarini nomi va yozuvini, sonlarni og’zaki va yozma raqamlash o’zlashtirishning asosidir.

Yuz ichidagi sonlarni raqamlashni o’rganishda o’ qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab, gruppalab sanashgna o’rgatish, yuz ichidagi sonlarni o’qish va yozishga o’rgatish, bolalarga o’ngdan chapga hisoblaganda birliklar ( 1 xona birliklari), o’ nliklar (2 xona birliklari) qaysi o’ringa yozilishini aniqlash, u yo bu xona birliklari yo’qligini qanday belgilashni ko’ rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo‘shiluvchilarning yig’indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o’quvchilar o’zlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Raqamlashni o’rganishda ikki boskich ajratiladi: 11-20 sonlarni va 21-100 gacha bo‘lgan sonlari raqamlash. 20 gacha bo‘lgan (11-20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21-100) katta bo‘lgan ikki xonali sonlarni raqamlash bir-biriga o’xshash, bu sonlarni og’zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o‘ntalab guruhlashga va sonlarni yozishda raqamlarning o’rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. SHu sababli ikkinchi o‘nlik sonlarning o’nli tarkibini o‘zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida sonlarni o’zlashtirishga tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Raqamlashni o’ rganishda ikkinchi o’nlikni ajratish sonlarning o’ nli tarkibini va raqamlarning o‘rin qiymati prinsipini yaxshi o‘zlashtirishga imkon beradi. 20 ichida so‘ngra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish ushbu reja asosida amalga oshiriladi. Oldin





  1. tayyorgarlik;




    1. og’zaki;

v) yozma raqamlash o‘rgatiladi.


Ikkinchi sinfda 100 ichida nomerlash bilan o‘quvchilar tanishganlaridan keyin nyangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishadilar, bu yerda ular o‘nta birlik – yangi sanoq birligi o‘nlikni, o‘nta o‘nlik esa yangi sanoq birligi – yuzlikni hosil qiladi, - degan o‘nli sanoq sismavzusi to‘g‘risida boshlang‘ich ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, 3-4 sinflarda yangi sanoq birliklari – minglik va million bilan tanishib, bu konsentrlarda og‘zaki va yozma nomerlashni o‘zlashtirib oladilar.





100 soni bilan tanishtirishda o‘qituvchi o‘nta-o‘nta qilib

bog‘langan o‘nliklarni bittalab

qo‘yib chiqadi,

bolalar

esa o‘qiydilar:

o‘n

yigirma ….. to‘qson,

yuz). O‘qituvchi

bu

dastalarni birlashtirib

uning ostiga yuz soni yozilgan ramka qo‘yadi (yoki doskaga yuz sonini

yozadi). Boalalar ko‘ring, yuz soni qanday yoziladi. Bu yerda hammasi bo‘lib, nechta raqam bor? ( uch) qanday sonlar (1,0,0). Bu yerda o‘nta o‘nlik bor (qo‘li bilan ko‘rsatadi), shuning uchun ham sonda 10 va o‘ng tomonda nol qo‘shib yozilgan.


So‘ngra bolalar stollariga qo‘yib chiqqan 10 ta bog‘lam cho‘plar (gugurt cho‘plari) qarab chiqiladi, o‘nta o‘ntalik bitta yuzlikni hosil qilishi yana takrorlanadi (yozish mumkin: 1 yuzlik = 10 ta o‘nl.) Chaproqda 9 ta bog‘lam qo‘yiladi (Bolalar: 9 ta bog‘lam, 9 ta o‘nl.-bu 90 soni), oxirgi bog‘lam yechiladi va bolalar bittalab sanaydilar: 91,92…99,100 (doskada birinchi yozuv tagiga 1 yuzlik=100 birlik deb yoziladi).


Uchinchi satrda o‘rtaroqda o‘qituvchi 100 sonini ( kaligrafik to‘g‘ri qilib) yozadi va 100 soni yozuvda nollar alohida birlar va alohida o‘nlar yo‘qligini, 1 raqami esa sonda 1 ta yuzlik borligini ko‘rsatadi.


O‘nliklar va birliklardan iborat ikki xonali sonlarning xosil bo‘lishini o‘ntaliklar bog‘lamlari va alohida birliklardan foydalanib ko‘rsatish mumkin. Nechta bog‘lamlar-o‘ntaliklar bor? (3) Ular qanday sonni hosil qiladi? (30.) Alohida birliklar nechta (6.) 3 ta o‘ntalik va 6 ta alohida birlik qanday sonni hosil qiladi? (36.) Teskari masalani qo‘shishi mumkin: masalan, 18 va 81, 27 va 72 sonlari nechta bog‘lamlar-o‘ntaliklar va alohida birliklardan tuzilgan va h.k. Bog‘lamalar – o‘ntaliklar va alohida birliklar bilan bunday



amaliy ishlar har qanday ikki xonali sonni o‘nliklar va birliklar yig‘indisi (61=60+1 va h. k) ko‘rinishda tasvirlash kabi muhim amalni egallash uchun asos bo‘ladi. Bu amalni erkin bajara olish o‘quvchi sonlar ustida arifmetik amallarni bajarishni o‘rganishda boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.

Bu bosqichda bolalar bir xonali va ikki xonali sonlar bilan tanishadilar, ikkita raqam bilan yozilgan har qanday son (40, 32, 75, 81) – ikki xonali, uncha raqam yordamida yozilgan 100 soni-uch xonali son ekanini bilib oladilar.


Quyidagi mashqlarni bajarish bir xonali va ikki xonali sonlarning farqini yaxshi bilib olishga xizmat qiladi.





  1. sonlar qatoridan dastlab bir xonali so‘ngra ikki xonali sonlarni yozib chiqing: 2

13, 8, 17, 15, 6, 11, 10;

  1. 4 ta istalgan bir xonali son yozing va qaysi sonni 10 ga ortiring; qanday sonlar hosil bo‘ldi? Ularni qanday atash mumkin?




  1. 1 va 2, 7 va 3, 9 va 4 raqamlar yordamida dastlab bir xonali, so‘ngra ikki xonali sonlarni yozing.




  1. faqat bitta 7 raqamidan foydalanib, bir xonali va ikki xonali osn yozing (7, 77).

Bunday mashqlarni bajarishni sonlarning o‘nli tarkibini aniqlash va ularning natural

qatoridagi o‘rnini aniqlash bilan qo‘shib olib boorish foydalidir. Shu bilan bir qatorda keyingi masalalarni qarashga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar ham kiritiladi, ularni yozma ravishda bajarish sonlarni yozishning pozitsion prinsipi o‘quvchilarni qo‘llashga xizmat qiladi. Masalan:





  1. Misollarni yeching: 10+7, 16-6, □+5=15, □+10=17;

  2. Sonlar qatorida yozilmagan sonlarning o‘zini yozing: 40, □, □, 43, □, □, 46, □, 48,

  1. 30, 32, 34, 36, 38 sonlarni yozing har bir son tagiga sanoqda undan keyin

keladigan sonni yozng, sonlarni juft-juft qilib taqqoslang (30 va 31, 32 va 33 va h.k);



  1. Quyidagi sonlarni o‘sib boorish tartibida yozing: 8, 18, 12, 14, 20, 16, 10, 6. Bir xonali sonlarning ostida bitta chiziqcha, ikki xonali sonlarning ostiga ikkita chiziqcha chizing.

Yuz ichida sonlarni nomerlash ustida ishlash natijasida o‘quvchilar 1-100 ichida narsalarni sanashni sonlarni o‘qish va yozishni, bir xonali va ikki xonali sonlarni taqqoslashni o‘rganishlari kerak.





Download 57.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling