Mavzu: yuzlik konsentrda bo’lish amalini o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanish. Reja: kirish i-bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish


Interfaol ta’lim metodlarini tasniflash


Download 57.33 Kb.
bet4/9
Sana05.05.2023
Hajmi57.33 Kb.
#1431845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YOROVA GULNOZA

2.Interfaol ta’lim metodlarini tasniflash.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta‘lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma‘lum bo‘ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta‘lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‘lim metodlari quyidagilar sanaladi:

  1. Interfaol metodlar: ―Keys-stadi (yoki ―O‘quv keyslari), ―Blist-so‘rov, ―Modellashtirish, ―Ijodiy ish, ―Muammoli ta‘lim va boshqalar

  2. Interfaol ta‘lim strategiyalari.―Aqliy hujum, ―Bumerang, ―Galereya, ―Zig-zag, ―Zinama-zina, ―Muzyorar, ―Rotastiya, ―Yumaloqlangan qor va k.

  3. Interfaol ta‘lim metodlari tarkibidan interfaol ta‘lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma‘lum ma‘noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta‘lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.

  4. Interfaol grafik organayzerlar: ―Baliq skeleti‖, ―BBB‖, ―Konsteptual jadval, ―Venn diagrammasi‖, ―T-jadval‖, ―Insert‖, ―Klaster‖, ―Nima uchun?, ―Qanday?‖ va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta‘lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.

Interfaol ta‘lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta‘lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‘yicha hozirgi ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.
Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko‘p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo‘lida qo‘llash mumkin ekanligini alohida ta‘kidlash zarur.




Boshlang‘ich maktabda matematika ta‘limi ta‘limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlariga qo‘llash hamda ta‘limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta‘minlashga xizmat qiladi.


Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tafakkur etish va kuzatuvchanlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, matematika o‘quvchining mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, uning o‘z fikrini aniq, to‘g‘ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O‘qituvchining vazifasi – bolaga matematikani o‘qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdir.
Darsda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri –interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedagogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan.
qamrab olsa; Interfaol metod sinfda o‘tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda ―Aqliy hujum, ―Adashgan zanjirlar, ―Savol bering, ―Insert, BBB, ―Bahs – munozara, ―Muammoli savollar, ―Kichik guruhlarda ishlash, ―Burchaklar metodi―, ―Kubiklar‖ metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi. “Aqliy hujum” texnologiyasini qo‘llash bir muammoni hal qilish yo‘lidan turlicha va iloji boricha ko‘proq taklif, fikr – mulohazalarni yig‘ishdan iborat.
Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma‘qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo‘llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni ―Eslab‖ qolishdir.
Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog‘ozga yozib boradi. Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig‘ish mumkin.

―Quyidagi shaklda nechta to‘rt burchak bor?‖ Bunda takliflar to‘rtburchaklar sonini sanash usuliga oid bo‘lib, ularning sonini to‘g‘ridan – to‘g‘ri aytish talab qilinmaydi. Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to‘rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.


Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig‘iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo‘lgan barcha natural sonlar yig‘indisini topish yo‘li so‘raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo‘yicha yig‘indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi. Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo‘lib hal qilishi ham o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashishga, bir – birini to‘ldirishi, kerak bo‘lsa bir – biriga o‘rgatishga o‘rgatadi. Bunday usulni ―Juftlikda ishlash‖ deb ataladi. O‘qituvchi o‘quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo‘lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo‘lishi maqsadga muvofiqroqdir. “Adashgan zanjirlar” usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi.
O‘quvchilar tartibsiz joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qo‘llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin
Matematika darslarida Klaster va Charxpalak metodlarining qo‘llanilishini tavsiya etiladi.

Klaster” metodi:


Fikrlarning tarmoqlanishi – bu metod o’quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlashga o’rgatadi.
Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin.
CHARXPALAK” interfaol metodi

O’quvchilar guruhlarga bo’linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rganadilar.


“Charxpalak interfaol usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil etishimiz mumkin. O‘quvchilar jadval asosidagi so‘zlar, shakllarni tegishlisini belgilaydilar.

Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish darsning samarali bo‘lishiga, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini o‘stirishga va mustaqil fikrlashga keng yo‘l ochib beradi.





Download 57.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling