Mavzu: yuzlik konsentrda bo’lish amalini o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanish. Reja: kirish i-bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish


Bo’lish amali ma’nosini ochib bеrish hamda uni bosqichlab kontsеntrlarda bajarilishini o’rgatish


Download 57.33 Kb.
bet6/9
Sana05.05.2023
Hajmi57.33 Kb.
#1431845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YOROVA GULNOZA

2.2 Bo’lish amali ma’nosini ochib bеrish hamda uni bosqichlab kontsеntrlarda bajarilishini o’rgatish.

Yuz ichida bo’lish II sinfda o’rgatiladi, ammo urgatishga tayyorgarlik ishlari birinchi sinfdayok 10 va 100 ichida nomerlashni, kushish va ayirishni urgatishdan boshlanadi. Dasturda nazarda tutilgan tayyorgarlik ishning moxiyati xar xil topshiriklarni kursatmalilik asosida bajarishdan iborat. Masalan: 3 marta 2 tadan doira kuying. Nechta doira kuyidingiz? 2 marta 4 tadan kvadrat chizing. Nechta kvadrat chizdingiz?


Yig'indini songa bo'lish qoidasini o'rganishda bolalar amaliy mashqlardan foydalanishadi: geometrik shakl qutilarga, mevalarni likopchalarga, sabzavotlarni taqsimchalarga qo'yishadi va hokazo. Masalan, o'qituvchi 40 ta yashil va 60 ta qizil kvadratni 2 ta paketga solishni taklif qiladi. Bolalar, oldin rangiga e'tibor berib yashil kvadratlarni, so'ngra esa qizil kvadratlarni solishadi (yoki aksincha). Bu holda bolalar har qaysi qo'shiluvchini 2 ta teng qismga bo'lishadi: (40 + 60): 2 == 40:2 + 60 : 2 = 20 + 30 = 50. Yig'indini songa bo'lishning bir usuli shunday o'zlashtiriladi. Ikkinchi usul bilan tanishtirish uchun, bu kvadratlarni (40 ta yashil va 6 0ta qizil) alohida konvertga solib, konvertlar qayerda turganini aytib, ikkita qutiga teng qilib joylashtirishni topshirish kerak. Bu holda chaqilgan o'quvchi kvadrat rangiga e'tibor bera olmaydi, chunki u qutidan kvadratlarni tavakkaliga oladi va ikkita qutiga taqsimlaydi. Bu yerda endi o'quvchi ikki son yig'indisini 2 ta teng qismga bo'ladi: (40 + 60) : 2 - 100 : 2 = 50. Shunday misollardan yetarlicha sondagisi ko'rilganidan va ularning doskada yozilishlaridan keyin, o'quvchilar o'qituvchi boshchiligida ushbu xulosaga kelishadi: ,,Ikki qo'shiluvchining yig'indisini songa bo'lish uchun bu yigindini hisoblash va natijani songa bo'lish mumkin, bu songa har bir qo'shiluvchini bo'lish va chiqqan natijalarni qo'shish mumkin". Shundan keyin bu qoida darslikda berilgan mashqlarni bajarishda qo'llaniladi.

Jadvaldan tashqari ko'paytirish va bo'lishni o'rganish natijasida o'quvchilar ko'paytma va bo'linmaning taqsimot xossasini va shuningdek, shu xossalarga asoslanilgan hisoblash usullarini egallashlari kerak


Bulish amalini urganishga tayyorlash maksadida amaliy mashklar bajariladi. Masalan: 8 ta doiracha oling va ularni 2 tadan kuyib chiking. Necha marta 2 tadan doira xosil bulishini sanash natijasi orkali topiladi. Kupaytirish amalining ma‘nosini urganishda kuyidagi masalalardan foydalanish mumkin.


Masalan:
Xar bir taksimchada 5 tadan olma bor. 4 ta taksimchada kancha olma bor?
Uy bekasi xar biri 3 kgdan kartoshka bulgan 3 ta paket oldi. U necha kg kartoshka sotib oldi?
Bulish amalini ma‘nosini urganishda oldin mazmuniga kura sungra teng kismlarga bulishga doir masalalar yechishda ochib beriladi.
Masalan:

  1. Uqituvchi 12 ta daftarni ukuvchilarga 2 tadan ulashdi. Nechta ukuvchi daftar oldi?

Javob: 6 ta ukuvchi daftar oldi.

  1. 8 ta sabzi 4 ta kuyonga teng bulib berildi. Xar bir kuyonga nechta sabzi berildi?

  2. 15 ta sabzi xar bir kuyonga 5 tadan berildi. Nechta kuyonga sabzi berildi?

  3. 12 ta koptokni 4 ta tur xaltacha baravardan solishdi. Xar kaysi tur xaltacha nechtadan koptok solishgan?

  4. 12 ta koptokni 3 tadan kilib tur xaltalarga solishdi. Nechta tur xalta kerak buladi?

Bu masalalarni yechishda kurgazmalikdan foydalaniladi. Bu masalalarning javoblarini dastlab sanash orkali topadilar, sungra ukituvchi bu masalalarning yechimini bulish amali bilan yozish mumkinligini ma‘lum kiladi. 12 ni 4 ga bulishni 12:4 shaklda yozilishini va oxirgi masalaning yechimini 12:4=3 shaklda yozish mumkinligi aytiladi, bunda 12 – buluvchi, 4 – buluvchi, 3 esa bulinma deyilishi aytiladi.


100 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish 10 ichida nomerlashni o‘rganishga o‘xshaydi (tayyorgarlik ishi, og‘zaki nomerlash, yozma nomerlash).

Bolalar cho‘plarni o‘nta –o‘nta qilib bog‘lab sanaydilar: bitta o‘ntalik, ikkita o‘ntalik, va hk. Ular ustida turli amallar bajaradilar (o‘ntaliklarni qo‘shadilar, olib qo‘yadilar), boshqa miqdorda o‘ntaliklar hosil qiladilar.


Shundan so‘ng yahlit o‘ntaliklarning nomlarini o‘rganishga kirishadilar.
Bitta o‘nlik oling. Unda nechta cho‘p bor? (o‘n ta ) ikkita o‘nlik oling. Unda nechta cho‘p
bor? ( yigirmata )
―Yuzlik mavzusi kursining eng katta mavzularidan biri. Uni o‘rganish birinchi sinfda boshlanib, ikkiinchi sinfda tugallanadi.
Ikki xonali sonlarni nomerlashni va ular ustida arifmetik amallar bajarishni quyidagi sabablarga ko‘ra aloxida qilib ajratilgan.
Mazkur mavzuda quyidagi masalalar o‘rganiladi: 100 ichida sonlarni nomerlash, qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish bo‘lish. Arifmetik amallarni o‘rganish bilan uzviy bog‘lanishda sodda va tarkibli masalalarni yechishga o‘rgatiladi.
1.100 ichida sоnlarni nоmerlashni bilish, sоnning hоsil bo‘lishini, o‘zidan оldingi va keyingi sоnlar bilan alоqadоrligini bilish.
2.Har bir sоnni sоnlar qatоridagi o‘rnini.
3.Sоnlarning o‘rni qiymatlarini bilgan hоlda o‘qiy va yoza оlish.
4.Taqqоslash
5.Sоnni xоna yig‘inidisi ko‘rinishida yoza оlish
6.Sоnlarning natural ketma-ketligini bilgan hоlda qo‘shish va ayirishni bajarish.
7.Uch xоnali sоn va uchinchi xоna birliklari tushunchasini bilish.
8.10,... 20,...30,.....40,... 50,.....60,...70,......80,.... 90,....100 sоnlari оrasini to‘ldira bilish. Shu
asоsda 10-100 gacha sоnlarni nоmerlab chiqadilar
9.Ishning navbatdagi bоsqichda ikki xоnali sоnlarning o‘nli tartiblarini ya`ni ularning birliklardan va o‘nliklardan, birliklardan hоsil bo‘lganini tushuntirish kerak.



Download 57.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling