Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlarning o'rni: moxiyati, klasifikatsiyasi, xususiyatlari Kirish
Iqtisodiy tizimlar va ularning turlari
Download 236 Kb.
|
kkk6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2-rasm. Iqtisodiy tizimlarning turlari
4. Iqtisodiy tizimlar va ularning turlari
Odamlarning tovar va xizmatlarga bo`lgan talabi ularning xo`jalik faoliyatlari orqali qondiriladi. Mazkur talabni qondirish uchun zarur bo`lgan tovarlar va xizmatlar xo`jalik yurituvchi sub`ektlar (korxonalar, firmalar, shirkatlar, uy xo`jaligi va boshqalar)ning faoliyati natijasida yaratiladi. Ular mavjud bo`lgan tabiiy va ishlab chiqarish resurslaridan foydalangan holda turli-tuman tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar, ayirboshlaydilar va iste`mol qiladilar. Shunday tarzda ular ma`lum iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar. Mazkur munosabatlar muayyan iqtisodiy tizim sharoitida kechadi. T arixiy tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, jamiyatning iqtisodiy tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi va qudratini hamda aholining turmush darajasini belgilovchi muhim va, hattoki, hal qiluvchi omildir. 1.2-rasmda iqtisodiy tizimlarning turlari keltirilgan. Insoniyat taraqqiyotining ilk davrida shakllangan va uzoq vaqt hukmronlik qilgan iqtisodiy tizimni odatda an`anaviy yoki natural tizim deb yuritiladi. Bu tizim sharoitida asosan qo`l mehnati hukmron bo`lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni natural holatda o`zaro almashtirish iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil qilar edi. Uni an`anaviy deb yuritilishining sababi shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotlar (chorvachilik, baliqchilik, dehqonchilik mahsulotlari) va xizmatlar odatdagi an`analar bo`yicha o`zaro almashtiriladi yoki taqsimlanadi. Ishlab chiqaruvchilar xo`jalikni ajdodlari qay tarzda yuritishgan bo`lsa, xuddi shu tariqa yuritishadi. An`anaviy iqtisodiy tizimga asoslangan qabilalarda odamlarning ehtiyojlari nihoyatda cheklangan bo`lib, ularning turmush darajasi ham achinarli darajada pastdir.
1.2-rasm. Iqtisodiy tizimlarning turlari Bu tizim insoniyat tomonidan pul kashf etilishi natijasi o`laroq oldi-sotdi munosabatlari iqtisodiy amaliyotga kirib kelgunga qadar hukmronlik qilgan. Endilikda esa bu tizim unsurlari insoniyat tamadduni domiga tortilmay, urug`-aymoqchilik munosabatlarini saqlab qolgan qabilalar (masalan, Afrikaning ayrim mamlakatlari) hayotida uchrab turadi. Ma`lumki, insoniyat tarixidagi kashfiyotlarning eng buyugi va muhimi pulning kashf etilishi bo`ldi. Tovar, foyda, narx-navo, oldi-sotdi kabi tushunchalarning pul bilan birgalikda odamlar hayotiga kirib kelgani chinakam inqilobiy o`zgarishlarni sodir etdi. Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti deb atalmish iqtisodiy tizimga asos soldi. Mamlakatlar va xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta turtki bo`ldi. Biroq, XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo`lib, shakllangan, utopik (xom xayol) g`oyadan butun bir ta`limot darajasiga ko`tarila olgan sotsializm va kommunizm g`oyasi ko`pchilik xalqlarni, shu jumladan, O`zbekiston xalqini ham o`z domiga tortdi, to`g`ri yo`ldan adashtirdi. To`g`ri, o`zbek xalqi sotsialistik taraqqiyot yo`liga o`z hohishi bilan kirgani yo`q, uning hohish-irodasi u paytda o`zining qo`lida emas edi. Lekin shu narsa real haqiqatki, bu xalq ham sobiq saltanat xalqlari qatorida XX asrning 90-yillariga qadar sotsialistik g`oyaning mevasi bo`lmish yangi bir tipdagi iqtisodiy tizim-ma`muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida kun kechirishga majbur bo`ldi. Jamiyat iqtisodiy-xo`jalik faoliyatini boshqarishning rejali iqtisodiyot deb ataluvchi bu tizimi sharoitida resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarni ayirboshlash, taqsimlash davlatning maxsus organlari vakolatiga kirar edi. Bular Davlat reja qo`mitasi, Moddiy-texnika ta`minoti qo`mitasi, Moliya vazirligi, Davlat narx qo`mitasi kabi o`nlab davlat idoralari edi. Iqtisodiy munosabatlarni yuqoridan turib tartibga solish va boshqarishga tayangan bu tizimning asosini umumxalq mulki deb atalmish davlat mulki tashkil etar edi. Shuning uchun ishlab chiqarishni markazlashgan holda (davlat tomonidan) rejalashtirish va tayyorlangan mahsulotni xuddi shu tarzda taqsimlash tamoyili hukmron edi. Xulosa Bu tizimning eng katta illati xususiy mulkchilikni inkor etishdir. Vaholanki, xususiy mulkchilik, ya`ni odamlarning mulkka egalik qila olish huquqi bo`lmagan erda biron-bir jiddiy taraqqiyot haqida gap ham bo`lishi mumkin emas. Fikrimizning dalili sifatida shuni aytib o`tish kifoyaki, 90-yillarning boshida rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan milliy daromad 20-36 ming amerika dollarini tashkil etgan holda sobiq sotsialistik mamlakatlarda 170-3400 dollarga teng bo`ldi. Binobarin, har ikki ijtimoiy-iqtisodiy tizimga asoslangan mamlakatlar xalqlarining turmush darajasi va farovonligida ham keskin tafovut paydo bo`ldi. Xuddi shu davrga kelib sotsializm va kommunizm g`oyasi o`zini to`la badnom etdi va unga asoslangan o`nlab davlatlar bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan rivojlanish yo`lini tanladilar. Bu insoniyat tarixida katta burilish yasagan voqea bo`ldi. Shu narsani alohida iftixor tuyg`usi bilan aytish mumkinki, O`zbekiston sobiq Sho`rolar saltanatidan birinchilar qatorida ajralib chiqib, o`zining davlat mustaqilligini e`lon qilar ekan, bozor munosabatlariga asoslangan tizimni hech ikkilanmay tanladi. Chunki tarixiy haqiqat shundan iboratki, bozor iqtisodiyotiga muqobil bo`lgan boshqa yo`l yo`q. Mulkchilikning xilma- xilligi va iqtisodiy faoliyatda erkinlikka asoslangan bu tizimning bosh afzalligi shundan iboratki, u butun jamiyatning ham, ayrim kishilarning ham boy bo`lishi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar yaratib beradi. To`rtinchi turdagi iqtisodiy tizim, bu – aralash iqtisodiyot tizimidir. Mazkur tizim bozor va nobozor iqtisodiy munosabatlarining qorishmasidan paydo bo`lgan, desak xato bo`lmaydi. AQSh va rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, real iqtisodiy tajribada "Sof bozor", "Sof bozor iqtisodiyoti"ning bo`lishi mumkin emas. Chunki har qanday jamiyatda ham davlat hamma narsani bozor stixiyasiga to`la-to`kis tashlab qo`ya olmaydi. Mamlakat hayotining ko`plab muammolarini davlatning aralashuvisiz hal etib bo`lmaydi. Shuning uchun bozor kuchlari bilan davlat ishtirokining aralashuvi natijasida aralash iqtisodiyot tizimi paydo bo`ladi. Va, nihoyat, yana bir iqtisodiy tizim mavjudki, uni, odatda, o`tish iqtisodiyoti deb ataladi. Biroq bir iqtisodiy tizimdan, masalan, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tish o`tish davriga xos bo`lgan tizim bo`lgani uchun uni o`tish davri iqtisodiyoti deb atalsa, to`g`riroq va tushunarliroq bo`ladi. Hozirgi vaqtda, aniqrog`i 90-yillarning boshidan boshlab dunyo xaritasida paydo bo`lgan mustaqil davlatlar, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini aynan ana shu o`tish davri iqtisodiyotiga kiritish mumkin. Mazkur mamlakatlarda rejali iqtisodiyot, aniqrog`i, ma`muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o`tish sodir bo`lmoqda. O`tish davri iqtisodiyoti, shuningdek, XVII asr boshlari va XVIII asr oxirida hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixida ham kuzatilgan edi. O`tish davri iqtisodiyotining xarakterli belgisi shundan iboratki, unda bir vaqtning o`zida ham eski, ham yangi shakllanayotgan tizimlarning iqtisodiy munosabatlari amal qiladi. Biroq vaqt o`tishi bilan yangi tizimga xos bo`lgan iqtisodiy munosabatlar eskilarini tobora siqib chiqaraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 2018 O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi – 2016 O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida” gi Qonuni – 1993 B.Y. Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov – “Iqtisodiyot Nazariyasi” – 2017 R.R. Xusainov – “Moliya va Soliqlar” – 2014 A. Vahobov, A. Jo’rayev – “Soliqlar va Soliqqa Tortish” – 2009 I.A. Zavalishina – “Soliqlar: Nazariya va Amaliyot” – 2005 Download 236 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling