Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlarning o'rni: moxiyati, klasifikatsiyasi, xususiyatlari Kirish


Download 236 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi236 Kb.
#1404487
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kkk6


Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlarning o'rni: moxiyati, klasifikatsiyasi, xususiyatlari
Kirish
Reja:
1. Iqtisodiyot deganda nimani tushunamiz?
2. Ishlab chiqarish-iqtisodiyotning asosi
3. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot
4. Iqtisodiy tizimlar va ularning turlari
Xulosa
Kirish
Kundalik hayotimizda har qadamda uchrabturadigan atamalardan biri, bu “iqtisodiyot” tushunchasidir. U nihoyatda kengqamrovli va ko`p ma`noli tushuncha bo`lib, qisqa, lo`nda yoki ikki og`iz so`zbilan tushuntirib berish amri mahol vazifa hisoblanadi. Gap shundaki, bu atamabilan bevosita bog`liq bo`lgan yoki aniqrog`i undan kelib chiqqan "iqtisod","iqtisod qilish" kabi iboralar ham borki, ularning ma`nosi bir-biri bilan juda yaqin.
"Iqtisod", "iqtisod qilish" deyilganda, biz odamlarning turli xil ehtiyojlarini qondiradigan noz-ne`matlar, moddiy boylik va resurslardan tejab-tergab foydalanishni tushunmog`imiz kerak.
Iqtisodiyot atamasining ma`nosi esa o`z mohiyatiga ko`ra ularga nisbatan anchagina keng.
Hozirgi kunda "iqtisodiyot" atamasi ikkita ma`noda ishlatilmoqda, desak xato bo`lmaydi.
Uning birinchi ma`nosi siz bilan bizning, barcha jamiyat a`zolarining kundalik hayotini, turmush sharoitlarini ta`minlovchi xo`jalikdir. Odamlarning turli-tuman moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish aynan ana shu xo`jalikka bog`liq bo`lib, uning rivojlanganlik darajasi pirovard natijada odamlarning hayot tarzi va sifatini belgilab beradi. Shuning uchun ham xo`jalikni, ya`ni iqtisodiyotni rivojlantirish har qanday jamiyat (xalq) oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Xo`jalik ma`nosidagi iqtisodiyot ko`p tarmoqli bo`lib, bu tarmoqlarni ikkita katta sohaga bo`lish (yoki ajratish) mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasi va ijtimoiy-madaniy soha. (1-rasmga qarang.) "Iqtisodiyot" atamasining ikkinchi ma`nosi xo`jalikni, odamlarning xo`jalik faoliyatini o`rganuvchi ilm (fan)dir. Kishilik jamiyatining xo`jalik amaliyoti qancha qadimiy bo`lsa, bu fan ham shuncha qadimiydir. U odamlarning xo`jalik hayotiga, avvalo, uy xo`jaligini yuritish san`ati (ilmi) sifatida kirib kelgan bo`lsa, endilikda u keng qamrovli fanga aylandi. Iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy aloqalar, sanoat va boshqa tarmoqlar iqtisodiyoti kabi o`nlab fanlar mavjudki, ularni lo`nda qilib iqtisodiyot ilmi deb atash mumkin. Bu ilm hayotda ro`y beruvchi iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, qonun va qonuniyatlarni o`rganadi, odamlarning xo`jalik faoliyatini oqilona tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish muammolari va yo`llari bilan shug`ullanadi.



Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling