Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari. Jadval muharrirlaridan iqtisodiy


Belgilarni quyuq rangli holatda (Полужирный), og‘ma ingichka


Download 180.23 Kb.
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi180.23 Kb.
#1538690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

Belgilarni quyuq rangli holatda (Полужирный), og‘ma ingichka


holatida (Курсив), ostiga chizilgan holatda (Подчеркнутый) yozish.
Belgilarni quyuq rangli (Полужирный) holatda yozish uchun avval belgilar ajratiladi. So‘ng sichqoncha ko‘rsatkichi orqali vositalar panelidagi belgiga murojaat qilinadi. (Yoki [Ctrl]+[B]).

Og‘ma ingichka (Курсив) holatida yozish uchun esa xuddi shu usulda belgiga murojaat qilinadi. (Yoki [Ctrl]+[I]).

Ostiga chizilgan (Подчеркнутый) holda yozish uchun yana shu usulda belgiga murojaat qilinadi. (Yoki [Ctrl]+[U]).




    1. Belgining yuqori va quyi indekslarini qo‘yish.


Belgining yuqori indeksini qo‘yish uchun vositalar panelidagi belgiga (klaviatura rejimida: [Ctrl]+[Shift]+[=] ), belgining quyi indeksini qo‘yish uchun esa vositalar panelidagi belgiga (klaviatura rejimida: [Ctrl]+[=] ) murojaat qilish mumkin.
    1. Kiritilgan ma’lumotni xotiraga yozish va hujjat oynasini yopish.


Wordda ochilgan birinchi hujjat oynasi odatda Документ1, ikkinchi hujjat oynasi Документ2, va hk., n hujjat oynasi Документn nomi bilan yaratiladi. Hujjatni biror aniq nom bilan xotirada qoldirish uchun “Файл” menyusida “Сохранить” (klaviaturada: [Shift]+[F12] )
yoki “Сохранить как …” ( klaviaturada: [F12] ) bandi bosiladi. Hosil bo‘lgan muloqot
oynasining (10-rasm) “Папка:” yo‘lagiga yangi fayl joylashishi kerak bo‘lgan katalog (papka) nomi (masalan, Мои документ) ajratib ko‘rsatiladi, “Имя файла” yo‘lagiga esa yangi fayl nomi (masalan, Yozuv) klaviaturadan teriladi va oynaning quyi qismidagi “Сохранить” tugmasi bosiladi. Shunday qilib, natijada Yozuv.doc fayli [Мои документ] papkasi ichida hosil bo‘ladi. Agar matnga yana qo‘shimcha yozuvlar kiritilsa, bu o‘zgarishni ham saqlab qo‘yish uchun menyu yoki klaviaturadan foydalanib yuqoridagi amallardan birini bajarishingiz mumkin. Bunda boshqa muloqot oynasi hosil bo‘lmaydi, balki o‘lchami jihatidan oldingisidan kattaroq bo‘lgan fayl avvalgi nomi bilan saqlanaveradi. Faylni xotirada saqlab qo‘yish amalini vositalar panelining belgisidan foydalanib ham bajarish mumkin.

10-rasm. Ma’lumotni fayl ko‘rinishida xotiraga yozish

    1. Download 180.23 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling