Matnga grafik tasvirlar va rasmlar qo‘yish.
Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli joyga o‘rnatiladi va “Вставка” menyusiga kirib, undan “Рисунок” bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan ichki menyudan kerakli kategoriyalardan biri tanlanadi (15-rasm).
15-rasm. Matnga skaner orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvir qabul qilish.
Matnni sahifalarga bo‘lish (nomerlash).
Agar yozilgan matn bir necha sahifani tashkil etsa, u holda uni sahifalarga ajratish, boshqacha aytganda sahifalarining nomerini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Buni komputerning o‘zi avtomatik tarzda bajaradi, bunda dastlab sizdan quyidagi amallarni bajarishingiz va boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritishingiz talab qilinadi: “Вставка” menyusidagi “Номера страниц”ga kirasiz. Hosil bo‘lgan muloqot oynachasi orqali kerakli parametrlarni o‘rnatishingiz mumkin (16-rasm).
Ba’zi qo‘shimcha parametrlarni esa “Формат”ga kirib topasiz va o‘rnatasiz.
16-rasm. Matnning sahifa nomerini o‘rnatish. 18. Tayyorlangan ma’lumotni ekranda cirtdan (taxminan) ko‘rish.
Buni 1-usul: “Файл” menyusidagi “Предварительный просмотр” buyrug‘i bilan; 2-usul: vositalar panelidagi belgi orqali; 3-usul: klaviaturada [Ctrl]+[F2] tugmalar birikmasidan foydalanib amalga oshirish mumkin.
Word dasturidan chiqmay turib yangi hujjat oynasini hosil qilish.
1-usul: “Файл” menyusidagi “Создать” buyrug‘i bilan; 2-usul: vositalar panelidagi belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[N] tugmalar birikmasidan foydalanib amalga oshirish mumkin.
Tayyorlangan hujjatni printer qurilmasi orqali chop etish.
1-usul: “Файл” menyusidagi “Печать” buyrug‘i bilan; 2-usul: vositalar panelidagi belgi orqali; 3-usul: klaviaturadagi [Ctrl]+[P] (bu yerda P lotin harfi) tugmalar birikmasidan foydalanib amalga oshirish mumkin. (Bunda printer ulangan va yoqilgan bo‘lishi shart!).
Do'stlaringiz bilan baham: |