Mavzu: Zamonaviy ommaviy qirgin qurollari va ulardan aholini himoya qilish mavzusi bo'yicha interfaol usullarni qo'llagan holda mashg'ulotlar tashkil etish Reja


Download 55.02 Kb.
bet1/11
Sana25.04.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1399017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zamonaviy omaviy qirg\'in qurollari


Mavzu: Zamonaviy ommaviy qirgin qurollari va ulardan aholini himoya qilish mavzusi bo'yicha interfaol usullarni qo'llagan holda mashg'ulotlar tashkil etish
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1) Yadro qurolli-insoniyat kushandasi
2) Kimyoviy qurollarni qo‘llash vositalari
3) Biologik qurollar zararli oqibatlari
4)"Sovuq urush" yangi qirg'in qurollar yaratilishining asl sababkori
III.Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish.
Aynan shuning uchun ham biz 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgiladik.

Ushbu strategiya asosida Qurolli Kuchlarning tezkor boshqaruvini amalga oshirish, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan qarorlar qabul qildik.1

Shavkat Mirziyoyev

Qirgʻin qurollari — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, aso-rat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollarini ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan. Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollarining eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shim. Koreya, Iroq va b. baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollarini ishlab chikarish va zaxira hosil qilish xarakatida. Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va b.)da aholini Ommaviy qirgʻin qurollaridan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi (q. Bakteriologii qurol, Kimyoviy qurollar, Yadro quroli).


Qirgin qurollari dеganda juda katta vayrongarchilik va yalpi yo’q qilish uchun moljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga yadroviy , kimyoviy, biologik qurollar kiradi.
Qirgin qurollari nafaqat insoniyatni va hayvonlarni, balki atrof-muhitni, o’simlik dunyosini, inshootlarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirgin qurollarining turiga, xususiyatlariga bogliq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudodlarni ham, jamiki inshootlar, tеxnikalarni ham qattiq shikastlantiradi.

Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling