Mavzu: Zamonaviy ommaviy qirgin qurollari va ulardan aholini himoya qilish mavzusi bo'yicha interfaol usullarni qo'llagan holda mashg'ulotlar tashkil etish Reja


Download 55.02 Kb.
bet10/11
Sana25.04.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1399017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zamonaviy omaviy qirg\'in qurollari

III.Xulosa
Yadro qurollarini tarixga kirib kelishi jahonni keskin darajada o'zgartirib yubordi. Biz ko'pincha uning salbiy oqibatlarini eshitishga odatlanib qolganmiz, lekin uning ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ko'pincha e'tiborsiz qoldiramiz. Lekin yadroviy vositalardan foydalanish juda ham nozik masala bo'lib bu ancha mablag', texnologiya va yuqori darajadagi sifatli mutahassislarni talab qiladi. Hozirgi dunyoning iqtisodiy va harbiy ko'rinishini hisobga olsak bunday qurollarni ishlab chiqarish na moliyaviy jihatdan va na strategik jihatdan o'zini oqlamaydi. Chunki bu qurolni ishlatish nafaqat dushman mamlakatning balki butun yer sharining taqdiriga chek qo'yishi mumkin. Zamonaviy taktikalar va urushlar ham yadroviy va boshqa umumqiruvchi qurollarga qarab moslashdi. Ya'ni davlatlar orasidagi munosabatlarda yadroviy urushni kelib chiqishdan xavfsiragan holda diplomatik muzokaralar avj olib, qaysidir ma'noda dunyodagi katta urushlarga barham berildi. Shunga qaramay, hozirda bu katta urushlar o'rnini kichik urushlar, ayniqsa aholiga aralashgan holda mamlakat ichidan turib harbiy harakatlarni olib borish egalladi. Bular esa yadro urushlariday xavfli bo'lmasa ham, g'alabaga erishish borasida ulardan qolishmaydi, chunki hozirgi urushlarda dushmanning asl yuzi yo'qdir.
Yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarimizning asosi
Mamlakat tinchligini taʼminlash va xalqning osoyishtaligiga erishish amalga oshirilayotgan islohotlarimizning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlis va oliyjanob xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va toʻqnashuvlar sharoitida yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasida asoslantirilgan taklif 
va tashabbuslarni bildirdi.
Xususan, Yurtboshimiz Qurolli Kuchlarimiz qudratini, qoʻshinlarning professional va jismoniy salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarning tadrijiyligini taʼminlash masalasini alohida taʼkidlab, bu boradagi saʼy-harakatlarni davom ettirish zarurligini qayd etdi.
Joriy yil davomida Qurolli Kuchlarimizni har tomonlama rivojlantirish va qoʻshinlarning professionalligini oshirish borasidagi huquqiy baza yanada mustahkamlandi, unga zamonaviy standartlar joriy etildi. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, 2020 yilda shu maqsadda 25 dan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 oktyabrdagi “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2020 yil 6 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020 yil 10 iyundagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari shular jumlasidan.
Koronavirus pandemiyasining keltirib chiqargan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroziga qaramay 2020 yilda Muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida sohada salmoqli ishlar amalga oshirildi, ijobiy oʻzgarishlarga erishildi. Xususan:
birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi yaxlit qonun - Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi;
ikkinchidan, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni oʻz ichiga olgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. Mazkur majmua har bir yigit-qiz uchun Vatanga boʻlgan muhabbat, uning ertasiga boʻlgan daxldorlik tuygʻularini alanga olishiga xizmat qilishi, shubhasiz;
uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etildi. Akademiyaning tashkil etilishi harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga; harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish borasida yangi imkoniyatlarni yaratdi;
toʻrtinchidan, harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmatiga kadrlar zaxirasini shakllantirish, respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyati tashkil etildi;
beshinchidan, harbiy-maʼmuriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish amaliyoti joriy etildi. Uning doirasida “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport oʻyinlarini, “Harbiy kitobxon” kabi tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi belgilandi;oltinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralashning zamonaviy tartibi belgilandi;
yettinchidan, nuroniylar va pensiyadagi harbiy xizmatchilarning 
boy tajribasidan unumli foydalanishning samarali mexanizmi joriy etildi. Unga muvofiq, har oyning uchinchi juma kunida umumtaʼlim maktablarida nuroniy harbiy xizmatchilar ishtirokida maxsus darslar, uchrashuvlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda;
sakkizinchidan, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jismoniy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish maqsadida harbiy-amaliy sport turlarini rivojlantirish borasida chora-tadbirlar koʻrildi. Unga muvofiq, tizimdagi taʼlim muassasalarida “Armiya oʻyinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha fakultativ mashgʻulotlar 
va toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda harbiy-amaliy sport turlari boʻyicha trener va hakamlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini soddalashtirish boʻyicha amaliy harakatlar boshlandi.
Bugungi murakkab va sinovli davrda mamlakat mudofaa salohiyati 
va qoʻshinlar jangovarligini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlarga, avvalo, jonkuyar xalqimizning mehnati, matonati va Yurtboshimizning 
ezgu tashabbuslari asos boʻldi desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Shuningdek, Prezidentimiz Murojaatnomada favqulodda holat tizimidagi amaldagi vaziyatga xolis munosabat bildirgan holda “soʻnggi yillarda respublikamizda yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar, kuz-qish mavsumida sodir boʻlayotgan yongʻin va boshqa koʻplab noxush holatlar 
bu boradagi mavjud tizimni yanada takomillashtirish zarurligi, yurtimizda barpo etilayotgan koʻplab yirik obyektlar va baland qavatli binolarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning yangi tizimini tashkil etish, sohaning moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash lozim”ligini alohida taʼkidlab, bu borada oʻz amalga oshirish mexanizmlarini qamrab olgan va asoslantirilgan takliflarni bildirdi. Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan “Favquloddagi holat toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Darhaqiqat, yurtimizning bugungi favqulodda holat tizimini zamon talablari asosida qaytadan koʻrib chiqish, unga yangi tashkiliy 
va huquqiy mexanizmlarni joriy etish, tizimda konseptual oʻzgarishlarni amalga oshirish, eng muhimi, sohani yaxlit qonun hujjati bilan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz taʼkidlanganlaridek, mamlakatimiz tinchligi 
va xavfsizligini taʼminlamasdan turib yuksak natijalarga erishib boʻlmaydi. Uzoq istiqbolga moʻljallangan ezgu niyat va ulkan maqsadlarimizga erishish, xalqning tinch-totuvligi taʼminlashning eng birinchi asosi – 
bu zamon talablariga javob beradigan qudratli va jangovar armiyaning mavjudligi va sogʻlom, Vatanparvar va mard oʻgʻlonlarning jasoratiga bevosita bogʻliqdir.
Bu yilgi Murojaatnomada ham mazkur masalalar ustuvor vazifalar sifatida taʼkilanganligi mamlakatimiz mudofaa salohiyatining yanada mustahkamlanishi, chegaralarimiz daxlsizligining taʼminlanishi, 
harbiy-vatanparvar va mard yoshlarning kamol topishi, shuningdek xavfsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish borasida yangi davrni boshlab berishiga, ishonamiz.



Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling