Mavzu: Zamonaviy ommaviy qirgin qurollari va ulardan aholini himoya qilish mavzusi bo'yicha interfaol usullarni qo'llagan holda mashg'ulotlar tashkil etish Reja


Download 55.02 Kb.
bet5/11
Sana25.04.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1399017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zamonaviy omaviy qirg\'in qurollari

Qirgin qurollari dеganda juda katta vayrongarchilik va yalpi yo’q qilish uchun moljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga yadroviy , kimyoviy, biologik qurollar kiradi. Qirgin qurollari nafaqat insoniyatni va hayvonlarni, balki atrof-muhitni, o’simlik dunyosini, inshootlarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirgin qurollarining turiga, xususiyatlariga bogliq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudodlarni ham, jamiki inshootlar, tеxnikalarni ham qattiq shikastlantiradi.

Yadro qurolining ta’siri yadro reaksiyasi, ya’ni parchalanish-sintez yoki bu ikkalasining baravar ro’y berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanishga asoslangan. Yadro qurolining quvvati trotil ekvivalenti, ya’ni trotil zaryadining vazni bilan ifodalanadi. Trotil zaryadining portlash energiyasi yadro qurolining portlash energiyasiga teng. Portlash markazining yer (suv) sathiga nisbatan joylashishiga qarab havoda portlash, yerda portlash, yer ostida portlash, suv ustida portlash va suv ostida portlashlar farq qilinadi. Bu turdagi portlashlarning har biri obyektlarga o‘ziga xos ravishda shikastlovchi ta’sir ko’rsatadi.Yadroviy qurol- zararli ta'siri yadro energiyasidan foydalanishga asoslangan o'q-dorilar. Ushbu qurollarni nishonga etkazish uchun raketalar, samolyotlar va boshqa vositalardan foydalaniladi. Yadro quroli - bu eng kuchli ommaviy qirg'in qurolidir. Yadro portlashining zararli ta'siri asosan o'q-dorilarning kuchiga va portlash turi: er osti, er osti, suv osti, er usti, havo, baland balandlik.Havodagi yadroviy portlash — bunda portlash havoda sodir bo‘ladi, yorug‘lik sohasi yer yuzasiga tegmaydi. Havodagi portlash yuqorida yoki pastda bo‘lishi mumkin. Pastdagi yadroviy portlashda ko‘tarilayotgan chang ustuni portlash buluti bilan tutashadi va natijada qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘ladi. Havoda sodir bo‘ladigan yuqori portlashda chang ustuni portlash buluti bilan tutashmaydi. Havodagi yadroviy portlash qisqa vaqt, ko‘zni qamashtiradigan yorug‘lik tarqalishi bilan sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng sfera shaklidagi yoritilgan soha paydo bo‘ladi. Undagi harorat bir necha million gradusga yetadi. Yoritilgan soha yorug’lik nurlanishi manbayi bo’lib xizat qiladi.


Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling