Mavzu: zamonaviy tarix darslariga qo’yiladigan talablar I. Bob. Zamonaviy tarix darslarini tashkillashtirishning huquqiy asoslari
Download 61.94 Kb.
|
Shoxjahon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinf doskasi
- Doska - stend
- Doska – bloknot
Grafo’royektor – shaffof ‘lyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga ‘royeksiyalash uchun qo`llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodosko’ foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo`lib, bir marta tayyorlangan ‘lyonkadan ko`’ marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo`lmagan hollarda asosiy tushuncha g`oyalar va natijalarni o`qituvchi ‘lyonkaga flomaster yordamida to`g`ridan-to`g`ri yozib ko`rsatish ham mumkin.
Sinf doskasi – o`quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o`quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo`lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o`quv xonasida mavjuddir. Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o`chirishga to`g`ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko`rsatish imkoni bo`lmaydi. Bundan tashqari o`qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo`ladi va uni eshitish qiyin bo`ladi. Doska - stend – mashg`ulotlarda o`quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o`qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o`sha kattalikdagi qog`oz qo`yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yo’ishtiriladi. Mashg`ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Doska – stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o`zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr – mulohazalari va g`oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo`linadi. Doska – bloknot – bu varaqalanadigan qog`ozli doska bo`lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo`llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilganni qo`yish ham mumkin. Talabalarni – o`quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog`liq: 1) maqsadni belgilash; 2) asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga; 4) o`quv materialining yangiligi va murakkabligiga; 5) talabalarni o`quv imkoniyatlariga. Download 61.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling