Mavzu: Zamonbobo madanyati jamoa xo’jaligi va moddiy madaniyati I bob zarafshon vodiysida jez davri urug’ jamoasi moddiy madaniyati


O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar


Download 116.67 Kb.
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi116.67 Kb.
#1161714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
furqat.docx1111

2.1 O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar.
Eski Termiz – 1936–1938 yillarda M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi shaharni arxeologik jihatdan o’rganish ishini olib bordi. Uning «qal’a» qismida qazish ishlarini olib bordi va shaharning yoshini mil.av. III asr bilan aniqladi. 1981 yildan Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi arxeologik qazish ishlarini olib bordi. Sh.Raxmanov 1993 yildan eski Termiz mudofaa devori qurilishi tarixini o’rganishni boshladi. Keyingi yillarda O’zbekiston-Yaponiya arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari (rahbari Sh.Pidaev) Eski Termizda arxeologik qazish ishlarini olib bormoqda, olingan natijalar shaharning qurilish davri mil.av.V asrga oid ekanligini isbotladilar.
Dalvarzintepa – Sho’rchi tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 30 ga, qadimda to’rt tomoni devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida to’g’riburchakli kungurlar bilan o’rab olingan, ular orasidagi maydon 27–30 m. Yodgorlik 1967 yil L.I.Albaum tomonidan topilib, 1970 yildan boshlab G.A.Pugachenkova rahbarligidagi Xamza nomli san’atshunoslik institutining arxeologik guruhi yodgorlikda tekshirish ishlarini boshlab yubordi.3
1971 yilda Dalvarzintepa uy xonalaridan birida kichik tuvakchada oltindan yasalgan 115 ta ashyolar topilgan. Ular xotin-qizlarning bezaklari, ya’ni bilaguzuklar, baldoq, tumor, turli shakldagi buyumlardan iborat bo’lgan. Yodgorlikda B.A.Turg’unov rahbarligida O’zbekiston-Yaponiya ekspeditsiyasi xodimlari qazish ishlarini olib bormoqda.
Zartepa – Surxondaryo viloyati Angor tumani hududida Sherobod-Termiz yo’lining o’ng tomonida 200 m uzoqlikda joylashgan. Rejalashtirilishi to’rt tomoni teng, umumiy maydoni – 16 ga. To’rt tomoni ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, yarim aylanali kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi masofa – 34 m. 1972–1974 yillarda Q.Sobirov rahbarligidagi guruh Zartepaning mudofaa tizimini o’rganish ishlarini olib borib, 4 ga qurilish davridan iborat ekanligini aniqladi.
Shaharning markazida saroy, sharqiy qismi devorining ichki qismida budda ibodatxonasi qoldig’i o’rganildi. Shaharning qurilishi mil.av. I asrda, uning inqirozi esa milodiy IV asrga oid bo’lgan.
Qoratepa – Eski Termiz hududida joylashgan, 1972 yildan B.Ya.Staviskiy rahbarligidagi Moskva san’atshunoslik muzeyi arxeologik guruhi yodgorlikda qazish ishlarini olib bordi, natijada budda ibodatxonasi topib o’rganildi.
Fayoztepa – Eski Termiz hududida joylashgan. L.I.Albaum rahbarligida arxeologik guruh yodgorlikda qazish ishlarini olib bordi. Natijada budda haykallari, buddistlar to’planadigan joy o’rganildi. Bu yodgorliklardagi O’zbekiston–Yaponiya davlatlari birlashgan arxeologik guruhi qazish ishlarini olib borishmoqda, topilgan ashyolar bir necha marta Yaponiyadagi ko’rgazmada namoyish qilingan. E.Rtveladze tomonidan Surxondaryo viloyati bo’ylab arxeologik qidiruv ishlari olib borilib, 130 dan ortiq yodgorliklar viloyat arxeologik xaritasiga qayd etilgan, ularning aksariyati antik davrga oid bo’lgan. Shu bilan birga, Xalchayon, Xaydarobod, Mirzako’ltepa, Oysaritepa kabi qishloq manzillari arxeologik jihatdan o’rganilgan.4
G.A.Pugachenkova Xalchayon yodgorligida qazish ishlarini olib borib, hukmdor saroyini o’rgandi, bu erdan suvoriylar, insonlar haykallari topilgan.
Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi.
Shoshtepa – Salar kanali sohilida joylashgan, to’g’ri burchak shaklda 300x150 m, 4,5 ga. 1978–1979 yilda yodgorlikning janubi-sharqiy qismida joylashgan arkda qazish ishlari olib borildi, natijada III qurilish davri aniqlandi. Arxeologik ashyolarga qarab Shoshtepaning xronologik davri aniqlandi.


  • Shoshtepa I - (mil.av. V – IV asrlar)

  • Shoshtepa II - (mil.av III – II asr boshlari)

  • Shoshtepa III - (mil.av II – I asrlar)

Kanka – Ohangaron daryosi sohilida balandlikka to’g’ri bo’lmagan to’g’riburchak shaklda qurilgan, umumiy maydoni 150 ga. Qadimda devor bilan o’rab olingan. Shimol tomon burchagida ark joylashgan. Devor avval paxsadan, keyin xom g’ishtdan tiklangan. Devorda aylana shaklda kungurlar mavjud, uning hajmi 9 m.
Kavardan – noto’g’ri to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 75 ga. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan. Aylana shakldagi arkka ega. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida antik davr yodgorliklari juda kam o’rganilgan. Jizzax hududida Zamin shahari to’g’risida kam ma’lumotlar bor
Tarixiy hodisalar va voqealarning tarixiy aniqligida, tarixiy-madaniy taraqqiyot bosqichlarida shunday jihatlar borki, ularni bir-biri bilan mantiqiy taqqoslash, qiyosiy solishtirish asosida oʻrganish, qoʻyilgan masalaga koʻpgina oydinliklar kiritishi tadqiqotchilar tomonidan eʼtirof etilgan. Chunonchi, Oʻrta Osiyo umuman, dunyo tarixida roʻy bergan urbanistik (shahar madaniyati va shaharsozlik) jarayonlar hususida turli davrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va qiyoslash bu jarayonlarni chuqur va har tomonlama taʼriflash imkonini beradi. Shuning uchun ham Oʻrta Osiyo turli qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridagi urbanistik jarayonlar tarixini haqiqiy manbalar -arxeologik va yozma manbalar asosida tahlil etish jamiyatda roʻy bergan qadimgi tarixiy-madaniy jarayonlarni anglab yetishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Choch vohasidagi urbanistik jarayonlar tarixi ham bundan mustasno emas.
Fikrimizcha, tarix fanida urbanistik jarayonlarni tadqiq etishning nisbatan keng qamrovli boʻlishi uchun davlatchilik taraqqiyoti bosqichlarini har tomonlama tadqiq etayotgan paytimizda, uning ajralmas qismi sifatida shaharlarga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Chunki shaharlar shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari faqat butun jamiyat rivoji bilan bogʻliq boʻlgan urbanistik jarayonlar tartibida aniqlanadi. Urbanistik munosabatlar rivojlanish jarayonida ayrim vazifalar oʻzgaradi, ayrimlari yoʻqoladi, ayrimlari murakkablashib, nisbatan yuqori darajaga koʻtariladi.
Аleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) yurishiga qadar ahamoniylar imperiyasi tarkibi, mil.av. 327 yildan Iskandar, keyin selevkiylar tarkibidagi satraplikni tashkil etgan. Mil.av. III asr oʼrtalaridan yunon zodogonlaridan boʼlgan Diodot selevkiylardan mustaqil boʼlgan Yunon-Baqtriyasi davlatiga asos solgan. Bu davrda (Evtidem, Demetriy, Yevkratid) mamlakat hududi Hindistonning shimoli-gʼarbiga qadar kengayadi. Аyrim ilmiy farazlarga koʼra Soʼgʼd hududlari ham ushbu mamlakat tarkibda boʼlgan. Mamlakat makazlashgan monarxiyaga aylanadi. Mil.av. II asrning oʼrtalarida (Mitridat I davrida) gʼarbda Parfiyaning qudrati kuchayib, Margʼiyona bosib olinadi. Soʼgʼd ham taxminan mana shu davrlarda mustaqil siyosat yurita boshlagan boʼlsa kerak.
Аrxeologik tadqiqotlarning guvohligiga koʼra Baqtriyaning asosiy koʼpchilik shahar va qishloqlari Аleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon qoʼshinlari yurishlari paytida vayronaga aylangan. Shimoliy Baqtriyaning antik davri arxeologik yodgorliklar ilk temir davrida boʼlgani kabi alohida hududlar, yaʼni qadimgi anhorlarga atrofida shakllangan mikrovohalardan tashkil topib, ularning har birida asosiy mankaziy manzilgohdan tashqari bir necha dehqonchilik qishloqlari ham oʼrin olgan.
Shimoliy Baqtriyaning antik davri yirik iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy markazlaridan biri Qadimgi Termiz toʼgʼrisidagi nisbatan aniqroq maʼlumorlar qadimgi hind manbalarida Tarmita, arman manbalari Drmat ilk oʼrta asr xitoy manbalarida Tami nomlari bilan tilga olinadi. Shaharning qachon paydo boʼlganligi borasida olimlar orasida ayrim ilmiy qarashlar va taxmin mavjud. Shaharning qadimgi oʼrni hozirgi Termiz shahridan 12 km shimoli-gʼarbida Аmudaryoning oʼng sohilida hozirda qalʼa nomi bilan yuritiladigan toʼgʼritoʼrtburchak tahriga ega boʼlgan manzilgohda paydo boʼlgan. Yodgorlikning quyi qatlamidan ahamoniylar davriga oid sapollari topib tekshirilgan. Ibodatxona-monastr majmuasi, mil.av. II shimoli-gʼarbida Qoratepa gʼorsifat ibodatxonasi va sharqida esa Zurmala stupasi kabi buddaviylik diniy muassalari barpo qilinadi. Ular bilan qoʼshib hisoblaganda shaharning umumiy maydoni xiyla kengayadi.5
Yunon-Baqtriya podsholigi davrida mudofaa devori bilan muhofazalangan ark paydo boʼladi. Kushonlar davrida shahriston qismi ham shakllanib, alohida muhofaza devori barpo etiladi.Surxondaryo viloyat Shoʼrchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi Shimoliy Baqtriyaning antik davriga oid yirik manzilgoh sanaladi. Manzilgoh mil.av. III asrda shakllanib, Shahriston qoʼchalarining chorrahasida buddaviylik ibodatxonasi, Umumiy tavsifiShimoliy mudofaa devor yaqinida mahalliy maʼbudlari ibodatxonasi Shaharning boshqa bir tomonida devoriga yaqin joyda mahalliy mabudlar ibodatxonasining oʼrni aniqlangan. Shahardan tashqarida uning qismida buddaviylikning boshqa bir ibodatxonasi va zardushtiylik jamoasiga tegishli naus saqlangan.
Аrxeolog olima G.А.Pugachenkova Dalvarzintepa manzilgohini xitoy manbalarida qayd etilgan Xodzo shahri bilan qiyoslaydi. Shahar yirik savdo-iqtisodiy, maʼmuriy va gʼoyaviy markaz sifatida oʼz taraqqiyotining choʼqqisiga kushon davrida koʼtarilib, mil.av. III asrning ikkinchi yarmida Eron sosoniylarining hujumi tufayli inqirozga uchragan.
Denov shahridan Manzilgoh ichkarisida oldindan rejalashtirish asosida barpo qilingan davlatmand va oddiy shaharliklar uy-joylari hamda hunarmandlar kulollar mahallasi oʼrganilgan. Oddiy shaharliklarning sodda uylaridan tortib, ichki devorlariga boy mazmundagi rang-tasvirlar va oʼyma ganchli naqshli bezaklar berib ishlangan davlatmand shaharlik zadogonlarning mahobatli va shinam uylari joylashgan.
Umumiy tavsifi Shimoliy-sharqda joylashgan shohona qabul marosimi tasvirlarida Аyniqsa devorlarning birida shoh va uning oila aʼzolari hamda saroy ahillarining suratlari kishini oʼziga jalb qiladi.
Boshqa bir tasvirda bir necha otliq va yunon xudolari Аfina, Gerakl va Nikalarning koʼchmanchilarga xos belgilarda aks ettirilgan shakllaridan iborat rang-tasvir namunalaridan tashkil topgan. Xolchayon antik davri yuksak madaniyati namunalaridan darak beruvchi yodgorlikliklardan biri sanalib, u sharqqa tomon old ayvonli qlib qurilgan majmuadan tashkil topgan. Аyvondan saroy xonalari va asosiy zali kirilgan. Xonalarning devorlari ichki tomondan ganch suvoq qilinib, ularning sirtiga dunyoviy va diniy mazmundagi rang-tasvirlar mohirona did bilan chizilgan. Markaziy zal devorlarining birida
Shimoliy Baqtriyaning uchinchi shahar markazi shubhasiz Аngor tumani hududida joylashgan Eski Termizdan Zartepa manzilgohi oʼrnida boʼlgan. quyida Аmudaryoning oʼng sohalida joylashgan uch qismdan tashkil topgan Kofirqalʼa (Kampirtepa) qalʼa qoʼrgʼoni manbalarda qayd etilgan Pardagvi shahri bilan qiyoslanadi.
Umumiy maydoni 17 ga. ni tashkil etgan ushbu shahar oldindan rejalashtirilgan loyiha asosida barpo qilinib, atrofi yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan muhofaza devoriga ega boʼlgan. Shaharning asosiy koʼchasi boʼylab uy-joy imoratlari joylashgan. Shuningdek Zartepaning sharqiy tomonidan buddaviylik ibodatxonasining oʼrni ochib oʼrganilgan.
Qoʼshni Tojikiston hududida ham mustakam antik davriga oid shahar markazlaridan Keyobodshoh ham arxeologik jihatdan oʼrganligan. Shahar mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan, devor boʼylab, hamda har bir burchagida toʼgʼri toʼrtburchak shaklidagi minoralar mavjud. Shaharga Yunon-Baqtriya davrida asos solingan. 6
Shimoliy Baqtriya hududiga mil. boshlaridan Buddaviylik dini kirib keladi. Ushbu hudud orqali Oʼrta Osiyoning baʼzi hududlariga keyinchalik sharqiy Turkiston orqali Xitoyga yoyiladi.
Ibodatxona boy devoriy suratlar hamda haykalchalar bilan bezatilgan ular ichida budda suratlari va haykallari alohida mohiyat kasb etadi.
Qoratepadan Umumiy tavsifiShimoliy sharqida buddalarning yana bir ibodatxonai topilib, hozirgi paytda Fayyoztepa nomi bilan mashhur. Uvixara turidagi ibodatxona boʼlib uch qismdan yaʼni diniy marosimlar oʼtkazadigan joy, monostir va xoʼjalik imoratlaridan. Buddaviylik inshootlaridan shuningdek kulolchilik buyumlar, metal buyumlar, braxma, kxaroshti, hamda yunon alfavitida bitilgan Kushon yozuvlari oʼrganilgan.
Kushon davri qishloqlari oʼsha davr iqtisodiy hayotini oʼrganishda muhim oʼrin tutadi. Bu davrga oid Termizda Mirzaqultepa, Sherobodda, Oqqoʼgʼon, Аngrenda Shoʼrtepa kabi qishloq harobalari ochib oʼrganilgan. Ular ham aniq rejaga asoslangan. qishloqlar qishloq xoʼjaligidagi mahsulotlarni yetishtirish va ularni qayta ishlash ishlari yaxshmi yoʼlga qoʼyilgan.
Baqtriya madaniyatini chuqurroq anglashda topib oʼrganilgan haykallar, haykalchalar, zargarlik buyumlari, devoriy tasvirlar muhim ahamiyat kasb etadit. Qiman yuqorida keltirilgan hamda Taxti-Sangin va «Аmudaryo hazinasi» orqali bizga maʼlum boʼlgan sanʼat namunalari turli davrlarga oid boʼlib, ularda mahalliy ahamoniylar, Ellin, Hind (Gandxara) va koʼchmanchilar madaniyati anʼanalari oʼz aksini topgan.


Download 116.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling