Mavzu: Zamonbobo madanyati jamoa xo’jaligi va moddiy madaniyati I bob zarafshon vodiysida jez davri urug’ jamoasi moddiy madaniyati


Download 116.67 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi116.67 Kb.
#1161714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
furqat.docx1111

Mavzuning o’rganilish darajasi: Zamonbobo madanyati – O’zbekistonda jez davri urug’jamoasi madaniyati (miloddan avvalgi 2 ming yillikning birinchi yarmi). Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 kilometr shimoliy-g’arbda joylashgan Zamonbobo (nomi shundan) ko’li sohilidagi makon (maydoni 170 metr kvadrat) va qabriston (44 qabr) o’rganilgan. Qabristonda Ya. G’ulomov (1950-51, 1953-54), A. Askarov (1961, 1964) arxeologik qazish ishlari olib borgan. Qabilalar yarim yerto’la, yengil chaylalarda yashagan. Yerto’la o’tov shaklida, ustunlari chuqurchalarga o’rnatilgan, usti qamish bilan yopilgan va somonli loy bilan suvalgan. O’choq va don saqlanadigan o’ralar devor yaqinida bo’lgan. Qabrlarda murdalar yakka, juft, ayrim holda uchtadan (erkak, ayol, bola) yonboshlatib ko’milgan. Qazilmalarda sopol siniklari, chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar — yaproqsimon paykonlar, pichoqsimon tosh parchalar, surma toshlar, jez oyna, pichoq, kurakchalar, lazurit, aqiq, Feruza, serdolik, jilvir toshdan ishlangan munchoqlar, oltin marjon topilgan. Sopol idish (tagi tekis va dumaloq xum, xumcha, to’g’ri burchakli suvdon, tovoqcha) lar naqshsiz bo’lib, asosan, qo’lda, ayrimlari charxda yasalgan. Ularning deyarli barchasi yupqa, jarangdor, ba’zilari qizil angob bilan bo’yalgan. Chaqmoqtoshdan ishlangan qadama o’roqlar, yorg’uchoq bo’laklari, hovoncha dastalar va ko’mirga aylangan bug’doy, arpa donlari, sigir, qo’y, echki suyaklarining topilishi, Zamonbobo madaniyati davrida qabilalar ibtidoiy dehqonchilik va o’troq chorvachilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. Zamonbobo madaniyati: 1 — paykon; 2 — qadama o’roq; 3-4 — suyak bigizlar; 5 — tosh o’zak; 6-7 — pichoqsimon ttlastinkalar; 8 — to’g’nog’ich boshi; 9 — urchuqbosh; 10 — kurakcha; 11 — 18 — tosh munchoqpar; 19 — ma’buda tanasi; 20 — sopol siniqlari. Madaniy aloqada bo’lganligini ko’rsatadi. Bu yerda neolit davrida Kaltaminor madaniyatiga mansub qabilalar yashaganligi ham aniqlandi.


Kurs ishining maqsadi. Zamonbobo madanyati yo'nalishdagi O'rta maxsus madaniyat yodgorliklarini o'rganish, ushbu mavzu bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishdir.
1. Zarafshon vodiysida jez davri yo'nalishi bo'yicha nazariy materiallarni ko'rib chiqish;
2. Ushbu mavzu bo'yicha barcha mavjud ma'lumotlarni tahlil qiling;
3. Maskur madaniyati vakillarining madaniy-texnologik rivojlanish xususiyatlari va millatlararo aloqalarini tavsiflash;


Download 116.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling