Mavzu: Zamonbobo madanyati jamoa xo’jaligi va moddiy madaniyati I bob zarafshon vodiysida jez davri urug’ jamoasi moddiy madaniyati


Qovunchi madaniyati rivoji va uning bosqichlari


Download 116.67 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi116.67 Kb.
#1161714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
furqat.docx1111

2.2. Qovunchi madaniyati rivoji va uning bosqichlari .
Arxeologik manbalarning maʼlumot berishicha, vohadagi shahar markazlari asosan madaniyatlar va mahsulot almashuvida vositachi vazifasini bajargan Sirdaryo boʻylab shakllanadi. Misol uchun, poytaxt Qanqadan janubda, Sirdaryo qirgʻogʻida, savdo yoʻlidagi Toshkent mulklariga oʻtuvchi muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan kechuvni nazorat qiluvchi yirik qalʼa — Banokat paydo boʻladi. Shaharning toʻrtburchak rejaviy tuzilishi, ichki yoʻlaklari boʻlgan ikki qatorli qalʼa devori himoya inshootlari va devor oldi xandaqlar antik davr meʼmorchiligi bilan oʻxshashlik topadi.
Voha iqtisodiy salohiyati kuchayganligini shunda ham kuzatish mumkinki, antik davrning oxirlariga kelib, poytaxt Qanqadan sharqiy tomonda, Chotqol va Qurama togʻlari adirlarida foydali qazilmalar qazib olish boshlanadi. Chunonchi, Kuchbuloqda oltin, Lashkerakning gʻarbiy qismida kumush, Shavozsoyda temir, Ungurlikonda feruzani qayta ishlovchi konlar paydo boʻladi. Bu davrga kelib, vohada shahar punktlari tizimi shakllanadiki, buning bir necha sabablari bor edi.
Markazi poytaxt Qanqa boʻlgan shaharlarning bir guruhi Sirdaryo boʻylab barpo etiladi va ular madaniyatlar, mahsulotlar va etnoslarning harakatlari va almashinuvida muhim ahamiyatga ega boʻladi. Poytaxtdan janubda Sirdaryo qirgʻogʻida yirik qalʼa Banokat (Sharqiya koʻhna shahri) shakllanib, Sugʻddan Toshkent vohasiga keluvchi strategik muhim kechuvni nazorat qiladi. Banokatdan janubroqda, aynan Sirdaryo qirgʻogʻida yana bir koʻhna shahar — Dalvarzintepa xarobalari ochilganki, u yerdan bir guruh qadimgi Choch tangalari topilgan. Bu koʻhna shahar Davan – Fargʻonaga boruvchi kechuv joyida joylashgan.
Ohangaron vohasidagi togʻ-kon boyliklarini qayta ishlash munosabati bilan togʻlar etaklarida bir necha shahar markazlari paydo boʻladi. Tunket, Tukket, Namudligʻ, Kuxisim kabi shaharlar metall xom ashyosi eritish va qayta ishlov berish bilan bogʻliq edi.
Bu shaharlar oʻrta asrlar davriga kelib yanada rivojlanadi va ulardan biri, aniqrogʻi, Tunkent, oʻrta asrlardagi mustaqil viloyat boʻlgan Iloqning poytaxtiga aylanadi.
Shaharlarning yana bir guruhi aynan voha zonasida shakllanadiki, arxeologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, milodiy I-II asrlarda Chirchiq daryosi vohasidagi va koʻchmanchi dasht chegaralaridagi yerlar jaddallik bilan oʻzlashtirilib boriladi. Bu hududlarda shaharlar va qishloqlar shakllanib, ularning nisbatan qadimgiroq guruhi Solar, Jun, Koʻlquduq kabi kanallarning tabiiy irmoqlari boʻylarida paydo boʻladi. Yuqorida eslatilgan va Burgulik madaniyati soʻnggi davrida ham mavjud boʻlgan Shoshtepadan sharqda Kugaittepa, Mingoʻrik, Tavkattepa, Boʻzgʻontepa kabilar bunyod etiladi. Ulardan nisbatan yirigi Solar boʻyidagi Mingoʻrik hisoblanadi. Shaharning maydoni dastavval uncha katta boʻlmasdan, keyinchalik 35 gektargacha kengayadi. Koʻhna shaharning tadqiqotchilar tomonidan ochilgan meʼmoriy rejasi tantanali marosimlar joyi, turarjoylar, diniy inshootlardan iborat boʻlib, ular paxsa va oʻlchamlari Qovunchi madaniy qurilishlariga xos boʻlgan gʻishtlardan bunyod etilgan.
Qovunchi II davrining oxirlariga kelib, shahar va qishloqlar jadal rivojlandi. Xususan, ularning shakllanishiga turli meʼmorchilik anʼanalarining taʼsiri kuzatildi. Aynan mana shu davrga kelib, vohaning “Choch” degan nomi paydo boʻladiki, u Xitoy manbalarida “Shi”, “Chjeshi“ shaklida eslatib oʻtiladi. Bu oʻrinda “Choch” atamasining maʼnosiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, koʻpgina tadqiqotchilar uni turlicha talqin etadilar.
Toshkent vohasi tarixi boʻyicha uzoq yillar samarali tadqiqotlar olib borgan akademik Yu.F. Buryakov bu atamaning maʼnosini berishga harakat qilgan. Olimning tadqiqotlariga koʻra Xitoy talqinida “Shi” atamasi “tosh” degan maʼnoni beradi. Shuning uchun ham koʻpchilik tadqiqotchilar bu soʻzdan “tosh qalʼa”, “tosh yoʻl”, “tosh darvoza” kabi maʼnolarni izlaydilar. Ammo, bu maʼnolar ilmiy jihatdan toʻla asoslanmagan. Chunki vohada na tosh devorlar, na tosh yoʻllar va na tosh inshootlar aniqlanmagan. Manbalarning qayta tahlillariga eʼtibor beradigan boʻlsak, qadimgi turk tilida “Choch”, “qimmatbaho tosh” degan maʼnoni beradi. Milodiy birinchi asrlardan boshlab, Chotqol va Qurama togʻlaridan oltin, kumush, temir va ayniqsa, qimmatbaho feruza toshlari qazib olinganligi etiborga olinadigan boʻlsa “Choch” soʻzi “tosh qalʼa” emas, balki, “qimmatbaho tosh oʻlkasi”, aniqrogʻi, “feruza oʻlkasi” degan maʼnoni berishi mumkin. Nazarimizda, ushbu taklif ilmiy jihatdan ancha asoslidir. Antik davr davlatlari jumladan, Qanqa davlatining inqirozga uchrashi bilan Choch tarixida yangi bosqich boshlanadi. Milodiy III–IV asrlarda navbatdagi ekologik zarba boshlanib, u Choch, Qashqadaryo, Zarafshon vohalariga koʻchmanchi qabilalar harakatining yangi toʻlqinini keltirib chiqardi va bu hududlarda mustaqil mulklar shakllandi. Ayrim yozma manbalar bu davrdagi Chochni “qadimgi Qanqa vorisi” sifatida izohlaydilar. Bu davrdagi shaharlar taraqqiyoti ham Chochning mustaqil ravishda rivojidan dalolat beradi.
V asrda Choch, Oʻrta Osiyoning katta qismidagi koʻchmanchilar rayonlari va urbanizatsiyalashgan vohalarni oʻz ichiga olgan Eftalitlar davlati tarkibiga kirgan edi. Choch hukmdorlari shimoliy hududlardagi Fargʻona va Choch mulklariga boʻlgan yerlarga daʼvogar boʻlgan Eron sosoniylari bilan muvaffaqiyatli kurashlar olib bordilar. Qanqaning vorisi, mustaqil mulk sifatida Choch Eftalitlar davlati tarkibida oʻzining iqtisodiy hayoti, savdo-sotigʻi va madaniy aloqalarining faol rivojlanishini davom ettiradi. Manbalarning maʼlumot berishicha, bu davrda chochliklar arpa, bugʻdoy, tariq kabi madaniy ekinlar ekib, janglarda ham ishtirok etadigan otlar yetishtirganlar.
Vohada sugʻorilish inshootlari tizimining yangi koʻrinishlari shakllana boshlaydi. Chirchiq suv tizimi havzasida yirik Zax kanali qazilib, uning boshida keyinchalik shaharga aylangan Pargush qalʼasi bunyod etiladi. Solar, Jun, Kurkuldiq va oʻng qirgʻoq Chirchiqdagi Xonariq kabi kanallar tabiiy irmoqlarga aylanib, ular boʻylarida shahar qalʼalar qad koʻtaradi.
Tarixiy manbalar va moddiy madaniyat buyumlari Choch aholisining mafkuraviy madaniyati va diniy hayoti haqida boy maʼlumotlar beradi. Xitoy manbalari ibodatxonalardagi Choch aholisining, hususan, hukmdorlar va amaldorlarning ibodat va topinish marosimlari haqida maʼlumot bersa, arxeologik manbalar ularni yana bir marta tasdiqlaydi. Oʻrta Osiyoning boshqa koʻpchilik tarixiy-madaniy viloyatlarida boʻlgani kabi Chochda ajdodlarga topinish olovga topinish bilan bogʻlanib kelgan.
Xullas, qadimgi va oʻrta asrlardagi Choch vohasi Oʻrta Osiyoning boshqa tarixiymadaniy viloyatlari qatori urbanizatsiyalashgan mintaqaga kirishi ilmiy jihatdan toʻla asoslangan hamda fandagi bu yutuqlar Toshkentning 2200-yilligini nishonlash uchun beqiyos imkoniyatlar ochib beradi.
Toshkentning uzoq oʼtmishi va u qad koʼtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi “Avecto”da Sirdaryo havzasidagi mamlakat «Turon», aholisi esa «tur»-lar deb yuritilgan. Bu oʼlkada tur qavmlari urugʼ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʼxa (Qangʼa) shahri borligi tilga olinadi.
Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar mililoddan avvalgi II asr — milodiy V asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Lo-yueni, Yuni, soʼngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) «Choch» soʼzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʼlib, hatto oxirgi «Shi» toponimi xitoychada «tosh» maʼnosini anglatgan.
Millddan avvalgi III asrda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milodning III asrlarigacha hukm surgan «Qangʼ» («Qangʼa» yoki «Qangʼxa») davlati Xitoy yozma manbalarida «Kangkiya» («Kanizyuy») nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida «qangʼ» soʼzi ham «tosh» maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityanь shahri boʼlib, u Iosha-Xasart daryosi (Sirdaryo) boʼyida joylashgan. Bityanь shahri Davan (Fargʼona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʼlgan. Bityanь shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʼrtasida «Qanqatepa» nomi bilan mashhur (q. Qanqa). U Toshkentdan 70 km janubda — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi oʼzani boʼyida joylashgan. Аrxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʼlishicha, Qanqatepa Millddan avvalgi III asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan oʼralgan hamda arkli katta shahar boʼlib, maydoni 160 gektarga teng boʼlgan. Qadimgi Qangʼ davlatining fuqarolari ham «qangʼar», «qanzar», keyinchalik «qanhi», «qangʼli» yoki «qaʼni» deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi «Mahabharata»da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan.
Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi «Choch» boʼlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʼtgach, arab alifbosida «ch» harfining yoʼqligi bois arab tilidagi asarlarda «Shosh» deb yuritilgan. Ilk oʼrta asrlarda u «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash-Shosh», «Binkat» va «Tarkan» deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchi-geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning «Kitob al masolik val mamolik» («Yoʼllar va mamlakatlar toʼgʼrisidagi kitob»)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʼrsatiladi. X asrda yozilgan (mualli-fi nomaʼlum) «Hudud ul-Olam» («Olamning chegaralari») kitobida «Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʼq - yoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir», deb taʼriflanadi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Choch oʼzining kamoni Shoshiy (oʼq-yoylari) bilan mashhurligi, haqida misralar bor.9
Shahar «Toshkent» nomi bilan dastavval XI asrning mashhur allomalari — Аbu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʼariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy «Hindiston» asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʼgʼrisida soʼz yuritib, «Tosh» soʼzi asli turkcha boʼlib, Shosh koʼrinishini olgan. «Toshkand — toshli qishloq demakdir» (Аbu Rayhon Beruniy, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1963, 2-j., 232-6.), deb izohlaydi. Mahmud Koshgʼariyning maʼlumoti boʼyicha, Toshkent XI – XII asrlarda «Tarkan» deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» da Toshkent nomi ustida toʼxtalib, «...asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar» deb qayd etadi. Biroq XVI - asr oxiri va XVII - asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta - sekin muomaladan tushib qoldi. XVII - asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: «Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi... Uni Choch ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir».
Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad koʼtarishi shu oʼlkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʼlib, bu jarayon shubhasiz oʼlkaning oʼzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʼjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʼliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʼlib, u yozma manbalarga nisbatan koʼproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqdadir. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va oʼrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʼldirib, ularga aniqlik kiritmoqda.
Geografik jihatdan qulay, iqlimi moʼʼtadil boʼlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʼtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʼullangan aholi yashagan. Аrxeologik yodgorliklarnint guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida koʼchmanchi chorvador aholining oʼtroqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sugʼorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati boʼlmagan. Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bogʼlab olishga qurbilari kelmagan boʼlsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil boʼlgan irmoqlar boʼyida, tabiiy zahob yerlarda dehqonchilik qilganlar. Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʼn arigʼidan sugʼoriladigan janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubda Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufaili tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʼlgan.
Mililoddan avvalgi VI asr — IV asrlarda Qorasuv, Salor va Joʼn arigʼi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʼtargan. Shulardan biri Joʼn arigʼi boʼyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980—1982 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mililoddan avvalgi VI asr – IV asrlar va II – I asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʼn arigʼiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʼralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan. Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik (qoramolchilik, yilqichilik, qoʼychilik hamda tuyachilik) bilan shugʼullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va temirdan qurol-yarogʼ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda toʼqimachilikni yaxshi bilgan. Shubhasiz, bu qishloklarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shakllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad koʼtarishiga zamin boʼldi.
Mililoddan avvalgi II – I asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo boʼldi. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʼrab olingan doira shaklidagi qalʼa (qoʼrgʼon) qad koʼtardi. Milodiy I – II asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stilь) qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 sm li bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi oʼchirgich tomoni esa qiyshiq koʼp burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi10.
Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xat-savod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod boʼsagʼasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʼrsatadi. Shoshtepani oʼrganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi huddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb baholashga imkon berdi.
Milodning I asriga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv boʼylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʼprogʼi oʼzlashtirilib obod etilgan. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʼlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yoʼlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rolь oʼynagan..
Yuqorida yozma manbalarda nomlari keltirib oʼtilgan shaharlarning zamonaviy tadqiqotchi olimlar tamonidan hozirgi paytda xarobalari saqlanib qolingan ayrim arxeologik yodgorliklar bilan qiyoslab, ularning oʼrnini aniqlashga harakat qilishgan. Masalan, koʼpchilik olimlar Yaksart (Sirdaryo) boʼyidagi Аleksandriya hozirgi Xoʼjand oʼrnida boʼlgan, degan fikr bildiradi.
Bu hududda antik davriga qadar Burgulik madaniyatining tarqalganligi maʼlum. Oʼlkada dastlabki shahar (Kanka) yuqorida taʼkidlanganligi kabi mil. av. III asr boshlarida shakllanadi. Mil. av. II asrda vohaga Sirdaryoning quyi oqimi hududidan ilgari shaharsozlik anʼanalari bilan tanish boʼlgan qabilalarning koʼchib kelib joylashishi kuzatiladi. Bu yerda mahalliy Burgulik, koʼchmanchi sak qabilalari va Jetiosar madaniyati qisman oʼlkaga ellin madaniyati anʼanalarining kirib kelishi bilan antik davrida oʼziga xos madaniyat shakllanadi.

XULOSA
Аrxeologik jihatdan vohaning antik davri dastlabki oʼrganilgan yodgorlikga nisbatan Qovunchi madaniyati nomi bilan yuritiladi. Qovunchi I (mil. av. II asrning oxiri-mil. III asr) Qovunchi II (III-IV asrlar). Vohada antik davriga oid dan ortiq yodgorliklar aniqlangan boʼlib, ulardan 13 tasi Yu.F. Buryakovning taxminlariga koʼra qadimgi shahar sirasiga kiradi. Ulardan Qovunchitepa, Kindiktepa, Shoxruxiya, Kavardan, Xonobodtepa, Quloqchintepa, Kugaittepa, Mingoʼrik, Shoshtepa va boshqalarni qayd etish mumkin.


Sirdaryoning chap sohilida joylashgan Shohruxiya harobasidir. Uning qadimgi davrdagi tomonlari hozirgi paytda koʼpgina qismini daryo yuvib ketgan va uchburchak shaklida saqlanib qolgan.
Shoshtepa manzilgohi ibodatxona shaklidagi qurilish majmuasi boʼlib, Jetiosar diniy inshoatlari bilan umumiy aloqadorligi mavjud. Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingoʼrik manzilgohining shakllanishi kuzatiladi. Аrkda saroy, harbiy zahira uchun moʼljallangan imorat va boshqalarning oʼrni aniqlangan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir namunalari bilan bezatildgan.
Voha antik davri madaniyat bosqichlarini oʼrganishda kulolchilik buyumlari muhim ahamiyatga ega. Dastlabki bosqichga oid sopol buyumlar asosan qoʼlda yasalgan. Kovuni II bosqchidan boshlab kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar soni koʼpayadi va shakli oʼzgaradi. Bandida avval qoʼy keyingi bosqichda esa buqanin boshi tasvirlangan sopol idishlari paydo boʼladi. Ular aholining xoʼjalik faoliyati va gʼoyaviy qarashlari bilan anʼanalardan iborat boʼlgan. Voha shaharlarida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar davomida old tomonida Choch hukmdorlarining tasviri va aks tomonida tamgʼa tushirilib, atrofiga soʼgʼd yozuvi berib zarb qilingan bir necha minglab nusxadagi tangalarning guvohlik berishicha oʼlkada savo-ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi nihoyatda yuqori boʼlganligini koʼrsatadi. Umuman Toshkent vohasi Fargʼona, Soʼgʼd va Xorazmning Jettiosar madaniyatlari bilan madaniy aloqada boʼlib umumiy va oʼziga xos tomonlari mavjud.
Fargʼona vodiysining antik davri arxeologiyasini ilmiy jihatan oʼrganish XX asrning 30-yillaridan boshlangan. Yodgorliklari turli yillarda B.А.Latыnin,, T.G.Oboldueva, Yu.А.Zadneprovskiy, N.G.Gorbunova, D.F.Brыkina, А.Аnorboev, B.Matboboev va boshqa olimlar tomonidan arxeologik jihatdan oʼrganilgan.
Аntik davriga oid yodgorliklari Shoʼrabashat (mil. av. IV-I asrlar) va Marhamat (I- IV asrlar) bosqichlari doirasida oʼrganiladi. Shoʼrabashat bosqichiga oid yodgorliikning eng yirigi va yaxshi oʼrganilgani shu nomdagi manzilgoh hisoblanib, u Yassi daryosi boʼyida joylashgan. Umumiy maydoni 70 ga. dan iborat. Daryodan tashqari barcha tomonlari tuproq uyumidan iborat devorlar (val) bilan oʼralgan ark manzilgohning sharqida joylashgan. Bundan tashqari Qoradaryo manzilgohida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Uning maydoni 10 ga. dan iborat. Moddiy madaniyat namunalaridan kulolchilik buyumlari, yorugʼuchoq, toshoʼroq, urchuqbosh va boshqalar topilgan. Kulolchilik idishlari qoʼlda va charxda yasalgan. Ular naqshlar bilan bezatilgan.
Marhamat davriga kelib, vodiyning barcha hududlari aholi tomonidan oʼzlashtiriladi. Bu davrda shaharlar soni koʼpayib, turli shakldagi qishloqlar paydo boʼladi. Marhamat manzilgohi 40 ga iborat.



Download 116.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling