Mavzu: Zamonbobo madanyati jamoa xo’jaligi va moddiy madaniyati I bob zarafshon vodiysida jez davri urug’ jamoasi moddiy madaniyati


II BOB CHOCHNING ANTIK DAVRIGA UMUMIY TASNIF


Download 116.67 Kb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi116.67 Kb.
#1161714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
furqat.docx1111

II BOB CHOCHNING ANTIK DAVRIGA UMUMIY TASNIF
2.1. Qadimgi Chochdagi urbanistik jarayonlar
Qadimda, ayniqsa, Oʻrta Osiyo musulmon Sharqida oʻzining tabiiy boyliklari bilan mashhur boʻlgan, asosiy hududlarini Toshkent vohasi tashkil etgan qadimgi Choch oʻrta Sirdaryo havzasida joylashgan. Uch tomondan qorli “osmon togʻlari” – Tyanshan, Chotqol va Qurama adirlari bilan oʻralgan voha Sirdaryoning irmoqlari Chirchiq va Ohangarondan suv ichuvchi hosildor yerlari va bogʻlari bilan shuhrat qozongan. Togʻoldi hududlaridagi togʻlar, adirlar, yaylovlar yil davomida haydama va yarim koʻchmanchi chorvachilik uchun qulay sharoit yaratgan edi. Chotqol va Qurama togʻlaridagi foydali qazilmalar konlari oltin va qumush, mis va temir, qimmatbaho toshlariga boy boʻlgan Yaksart-Sirdaryo qadimdan vohalardagi oʻtroq xalqlar va Buyuk dashtdagi koʻchmanchi qabilalar oʻrtasidagi madaniy va etnik aloqalarda vositachi vazifasini oʻtagan. Choch ushbu aloqalarning eng faol zonasida joylashgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, soʻnggi bronza va ilk temir davridayoq Toshkent vohasida koʻchmanchi chorvadorlar qoʻrgʻonlari bilan birgalikda, aholisi asosan dehqonchilik bilan shugʻullangan qishloqlar ham paydo boʻladi. Oddiy sugʻorish usullaridan foydalangan bu aholining madaniyati dastlabki ochilgan qishloq nomi bilan Burgulik (Burkanlik) madaniyati deb yuritiladi. Hozirgi kunga kelib, Chirchiq va Ohangaron havzalarida ushbu madaniyatga oid 25 dan ziyod yodgorlik ochib oʻrganilgan Burgulik madaniyatining yirik qishloqlaridan biri Toshkentning janubi-gʻarbiy chekkasidagi Jun daryosi irmogʻi boʻyida ochilgan Shoshtepa hisoblanib, bu yerda ham sugʻorma dexqonchilik uchun qulay sharoit mavjud edi.
Koʻchmanchi chorvadorlar madaniyatlari tadqiqotchilarining maʼlumot berishlaricha, miloddan avvalgi VI-IV asrlarga kelib, iqtisodiy zonalarning kengayishi bilan bogʻliq va chorvachilik xoʻjaliklarida iqtisodiy foydaning tezroq rivojiga imkon yaratgan Markaziy Osiyoning sharqiy rayonlaridagi katta demografik oʻsish – sak-usun qabilalari ittifoqining kuchayishiga, ular harakatlarining kengayishiga, ularning Oʻrta Osiyo xalqlari bilan aloqalarining jadallashuviga sabab boʻlgan edi.
Antik davrga kelib, Oʻrta Osiyoning katta hududlarini Aleksandr Makedonskiy bosib olishi va uning vafotidan soʻng Salavkiylar davlatining paydo boʻlishi munosabati bilan yirik siyosiy voqealar boʻlib oʻtadi. Antik davr tarixchilari Sirdaryo-Yaksartni oʻtroq aholi va koʻchmanchilar oʻrtasidagi chegara sifatida izohlaydilar. Xususan, Strabon maʼlumotlariga koʻra, “Yaksart sugʻdiylar va koʻchmanchilarni ajratib turadi”. Tarixiy hodisalar va voqealarning tarixiy aniqligida, tarixiy-madaniy taraqqiyot bosqichlarida shunday jihatlar borki, ularni bir-biri bilan mantiqiy taqqoslash, qiyosiy solishtirish asosida oʻrganish, qoʻyilgan masalaga koʻpgina oydinliklar kiritishi tadqiqotchilar tomonidan eʼtirof etilgan. Chunonchi, Oʻrta Osiyo umuman, dunyo tarixida roʻy bergan urbanistik (shahar madaniyati va shaharsozlik) jarayonlar hususida turli davrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va qiyoslash bu jarayonlarni chuqur va har tomonlama taʼriflash imkonini beradi. Shuning uchun ham Oʻrta Osiyo turli qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridagi urbanistik jarayonlar tarixini haqiqiy manbalar -arxeologik va yozma manbalar asosida tahlil etish jamiyatda roʻy bergan qadimgi tarixiy-madaniy jarayonlarni anglab yetishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Choch vohasidagi urbanistik jarayonlar tarixi ham bundan mustasno emas.
Fikrimizcha, tarix fanida urbanistik jarayonlarni tadqiq etishning nisbatan keng qamrovli boʻlishi uchun davlatchilik taraqqiyoti bosqichlarini har tomonlama tadqiq etayotgan paytimizda, uning ajralmas qismi sifatida shaharlarga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Chunki shaharlar shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari faqat butun jamiyat rivoji bilan bogʻliq boʻlgan urbanistik jarayonlar tartibida aniqlanadi. Urbanistik munosabatlar rivojlanish jarayonida ayrim vazifalar oʻzgaradi, ayrimlari yoʻqoladi, ayrimlari murakkablashib, nisbatan yuqori darajaga koʻtariladi.
Qadimda, ayniqsa, Oʻrta Osiyo musulmon Sharqida oʻzining tabiiy boyliklari bilan mashhur boʻlgan, asosiy hududlarini Toshkent vohasi tashkil etgan qadimgi Choch oʻrta Sirdaryo havzasida joylashgan. Uch tomondan qorli “osmon togʻlari” – Tyanshan, Chotqol va Qurama adirlari bilan oʻralgan voha Sirdaryoning irmoqlari Chirchiq va Ohangarondan suv ichuvchi hosildor yerlari va bogʻlari bilan shuhrat qozongan. Togʻoldi hududlaridagi togʻlar, adirlar, yaylovlar yil davomida haydama va yarim koʻchmanchi chorvachilik uchun qulay sharoit yaratgan edi. Chotqol va Qurama togʻlaridagi foydali qazilmalar konlari oltin va qumush, mis va temir, qimmatbaho toshlariga boy boʻlgan Yaksart-Sirdaryo qadimdan vohalardagi oʻtroq xalqlar va Buyuk dashtdagi koʻchmanchi qabilalar oʻrtasidagi madaniy va etnik aloqalarda vositachi vazifasini oʻtagan. Choch ushbu aloqalarning eng faol zonasida joylashgan.7
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, soʻnggi bronza va ilk temir davridayoq Toshkent vohasida koʻchmanchi chorvadorlar qoʻrgʻonlari bilan birgalikda, aholisi asosan dehqonchilik bilan shugʻullangan qishloqlar ham paydo boʻladi. Oddiy sugʻorish usullaridan foydalangan bu aholining madaniyati dastlabki ochilgan qishloq nomi bilan Burgulik (Burkanlik) madaniyati deb yuritiladi. Hozirgi kunga kelib, Chirchiq va Ohangaron havzalarida ushbu madaniyatga oid 25 dan ziyod yodgorlik ochib oʻrganilgan Burgulik madaniyatining yirik qishloqlaridan biri Toshkentning janubi-gʻarbiy chekkasidagi Jun daryosi irmogʻi boʻyida ochilgan Shoshtepa hisoblanib, bu yerda ham sugʻorma dexqonchilik uchun qulay sharoit mavjud edi.
Koʻchmanchi chorvadorlar madaniyatlari tadqiqotchilarining maʼlumot berishlaricha, miloddan avvalgi VI-IV asrlarga kelib, iqtisodiy zonalarning kengayishi bilan bogʻliq va chorvachilik xoʻjaliklarida iqtisodiy foydaning tezroq rivojiga imkon yaratgan Markaziy Osiyoning sharqiy rayonlaridagi katta demografik oʻsish – sak-usun qabilalari ittifoqining kuchayishiga, ular harakatlarining kengayishiga, ularning Oʻrta Osiyo xalqlari bilan aloqalarining jadallashuviga sabab boʻlgan edi.
Antik davrga kelib, Oʻrta Osiyoning katta hududlarini Aleksandr Makedonskiy bosib olishi va uning vafotidan soʻng Salavkiylar davlatining paydo boʻlishi munosabati bilan yirik siyosiy voqealar boʻlib oʻtadi. Antik davr tarixchilari Sirdaryo-Yaksartni oʻtroq aholi va koʻchmanchilar oʻrtasidagi chegara sifatida izohlaydilar. Xususan, Strabon maʼlumotlariga koʻra, “Yaksart sugʻdiylar va koʻchmanchilarni ajratib turadi”. Vohaning janubi-gʻarbiy qismida, Toshkentdan 70 km uzoqlikda, Sirdaryoning qirgʻogʻida uch qator himoya devorlari bilan oʻralgan yirik koʻhna shahar xarobalari ochib oʻrganilgan. Tarixiy-ilmiy adabiyotlarda bu koʻhna shahar Qanqa nomi bilan mashhurdir. Koʻhna shaharning eng qadimgi asosi – maydoni 6,5 gektar boʻlgan qalʼasi ellinistik dunyoda mashhur ellinistik harbiy qurilish uslublari asosida bunyod etilgan. Mustahkam qalʼa devorlari tabiiy poydevor (fundament) ustiga toʻgʻri burchakli xom gʻisht va paxsadan qad koʻtargan. Qanqaning rejaviy tuzilishi, himoya inshootlari miloddan avvalgi IV-III asr Oʻrta Osiyoning Baqtriyadan Xorazmgacha boʻlgan dehqonchilik madaniyatlarining ellinistik meʼmorchiligini eslatadi. Ammo, ellinistik anʼanalarning taʼsiri Chochda uzoq choʻzilmagan va mustahkam asoslarga ega emas edi.8
Miloddan avvalgi III asrning oxiri-II asrda iqlimning oʻzgarishi natijasida yirik daryolar va koʻllar suvlarining kamayishi Osiyoning shimoliy va sharqiy mintaqalarida yaylovlar uchun kurashlarning kuchayishiga va vohaga koʻchmanchilar hamda Yaksariyatning quyi oqimlaridagi oʻtroq aholining kirib kelishiga olib keldi. Aholining katta guruhi oʻzlarining moddiy madaniyati bilan, fanda Qovunchi madaniyati deb nom olib, Toshkent vohasiga kirib keladi. Bu madaniyat Oʻrta Osiyoning shimoliy rayonlariga xos boʻlgan, ziroatkor-chorvadorlarining meʼmorchilik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, jumladan, urbanistik hususiyatga ega boʻlgan madaniyat edi.
Voha urbanistik jarayonlari bilan shugʻullangan tadqiqotchilar Qovunchi madaniyati rivojini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar
Qovunchi I-miloddan avvalgi II-milodiy I asr boshlari. Bu davr shimol va janubdan kirib kelgan qabilalarning oʻtroqlashuvi, iqtisodning dehqonchilik va chorvachilik ukladining shakllanishi, Qanqa doirasida urbanistik jarayonlarning paydo boʻlishi davri edi.
Qovunchi II-milodiy I asr boshlari — III asrning oxiri. Bu davr dehqonchilik iqtisodi, togʻ-kon hunarmanchiligi, shahar madaniyati, Choch mulkining rivojlanish davri edi.
Qovunchi III asr oxirlari — V asr. Chochning Qanqaning vorisi sifatida mustaqil mulkka aylanish davri.
Tadqiqotlarning tizimli tahlili shuni koʻrsatadiki, Qovunchi madaniyati belgilari Toshkent vohasining 100 dan ziyod qishloqlarida, 13 ta shahar punktlarida, koʻplab koʻmish marosimiga oid majmualarda aniqlangan. Ayniqsa, Choch mulklarining Qanqa tarkibiga kirishi urbanistik jarayonlarning rivoji uchun katta ahamiyatga ega boʻladi. Taʼkidlash lozimki, Buyuk ipak yoʻlining qadimgi savdo yoʻnalishlari asosan Oʻrta Osiyoning janubidan oʻtgan. Ammo, Xan xonadoni tarixi maʼlumotlariga koʻra, shimoliy yoʻl Tyanshan togʻlari orqali gʻarbga – Davan, Qangʻuy, Yanshay va Yansiga olib borgan. Aynan mana shu davrga kelib, Qanqa yirik shahar sifatida shakllanadiki, savdo aloqalari ustida joylashganligi koʻhna shahar rivoji uchun katta ahamiyatga ega boʻladi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayib borishi Qanqaning siyosiy taʼsiri oʻsishiga olib keldi-ki, bu davlat oʻzining gullab-yashnagan davrida Orolboʻyidan janubiy Uralboʻyigacha boʻlgan hududlarda oʻz hukmronligini oʻrnatadi. Qanqa hukmdorlarining qishki qarorgohi boʻlgan Qanqa (Xitoy manbalarida Yuni) muhim iqtisodiy va siyosiy markaz sifatida, urbanistik belgilarni mujassamlashtirgan punkt sifatida shakllanadi.


Download 116.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling