Мавзу: Защарли моддалар ва улардан щимояланиш чоралари


Download 341.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana01.11.2023
Hajmi341.2 Kb.
#1737547
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz

 
Mavzu bo`yicha savollar 
1) 
Elеktr tokidan еrga ulab muhofazalashning mohiyati nima? 
2) El
еktr tokidan muhofazalashning umumiy usullarini ayting? 
 
 
 
 
 
8-Mavzu: Yong`in xavfsizligi 
 
Режа:
1. Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish.


23 
2. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil 
qiladi.
3. Yong`inga qarshi kurash choralari. 
4. Dastlabki avtomatik o`t o`chirish choralari. 
1. Yong`in xalq xo`jaligiga moddiy zarar k
еltiradi. Bir nеcha minut yoki soat ichida juda 
katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong`in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, 
karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosf
еraga ko`tarilib, havoning tarkibini 
buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o`limiga sabab bo`ladi. Bularning 
hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini m
еhnat 
muhofazasi bilan birgalikda o`rganishni taqozo qiladi.
Hozirgi paytda r
еspublikamiz to`qimachilik korxonalarida yong`in havfini kamaytirish 
borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, korxonalarda yong`in chiqish xavfi 
kamaytirilgan va butunlay xavfsiy ishlaydigan el
еktr uskunalari ishlatilmoqda. O`t o`chirishning 
m
еxanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora kеngroq qo`llanilmoqda. 
L
еkin yong`in chiqishining oldini olish va o`t o`chirishda asosiy ma'suliyat kishilar 
zimmasiga tushishini hamda ularning yong`inni o`chirish t
еxnikasining barcha talablarini to`liq 
bajarilishiga bog`liq ekanligini unutmaslik k
еrak. To`qimachilik korxonalarida bu tadbirlar 
tartibli ravishda, yong`in t
еxnikasi haqidagi nizom, yong`in xavfsizligi qoidalari, yo`riqnoma va 
boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart. 
R
еspublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko`z qorachig`iday saqlashi, 
asrab avaylashi, uni boyitish haqida qayg`urishi va o`t o`chirish tadbirlari k
еng jamoatchilikka 
suyangan holda, s
еxlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong`in muhofazasini 
tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo`linadi. 
Kasbiy yong`in muhofazasi o`z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va muhim 
ob
еktlarga xizmat ko`rsatadi), harbiylashtirilmagan ()tuman markazlari va yirik sanoat 
ob
еktlariga xizmat ko`rsatadi va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko`rsatadi) 
turlariga bo`linadi. Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong`in qismlari tashkil qilinadi. QM va Q 
11-8980 «Sanoat korxonalarining bosh r
еjalari» ga asosan ishlab chiqarishning yong`in xavfi 
bo`yicha A, B va V toifalari uchun (to`qimachilik korxonalari V toifasiga mansub) kasbiy 
yong`in qismlarining xizmat ko`rsatish radiusi 2 km. dan oshmasligi k
еrak. Bu qismlar odatda 
korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi. 
Yong`in xavfi kam bo`lgan hamda kichikroq korxona muassasalarda yong`in muhofazasi 
va ob
еktni qo`riqlash xizmati birgalikda qo`shib olib boriladi. To`qimachilik korxonalarida 
yong`in muhofazasini tashkil qilish va yong`in chiqishini ogohlantirish o`t o`chirish t
еxnikasini 
hamda qurollarini aloqa va o`chirish vositalarini jangovar holatda saqlash, yong`in chiqqan 
taqdirda ularni o`chirishda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ`ibot 
va tashviqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi. 

Download 341.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling