Мавзу: Ўзбекистонда емент саноати


Binafsha anhidritning shifobaxsh xususiyatlari


Download 346 Kb.
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi346 Kb.
#1038322
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Angidirit gips 2

Binafsha anhidritning shifobaxsh xususiyatlari
Binafsha anhidrit juda kam uchraydi va shifolash qobiliyatiga ega. Bu tosh yuksalish va sevgi vositasi sifatida ishlatiladi va toj chakrasini faollashtiradi. Ular, shuningdek, insonning energiya markazini ochishi, ma'naviy soha bilan aloqalarini chuqurlashtirishi ma'lum.
Binafsha angidrit, shuningdek, foydalanuvchiga o'tmishdagi yaralarni, shu jumladan o'tmishdagi jarohatlarni olib tashlashga yordam beradi, bu esa soya ishlarini bajarishda katta yordam beradi. Bu barcha hayotiy tajribalarni qabul qilishga va ulardan o'rganishga o'rgatgan toshdir. 


2.Havoda qotadigan bog’lovchi materiallar.

Gipsli bog’lovchi moddalar. Gipsli bog’lovchi moddalar kuydirilgan gipstosh mayda qilib tuyish yo’li bilan hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida ikki molekula suvi bo’lgan kalg’tsiy sulg’fatli CaSO4 • 2H2O dan iborat). Gips-toshdan kuydirilish harorati, sharoitiga qarab qurilish gipsi, mustahkam gips hamda angidritli tsement hosil qilinadi.


Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo’lgan kalg’tsiy sulg’fatli cho’kindi tog’ jinsi - gipsni (CaSO4 • 2H2O) va suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (CaSO4) hamda ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog’lovchilar olinadi. Standartda ko’rsatilishicha, birinchi navgips ishlab chiqarish uchun tarkibida СaSO4 • 2H2O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam bo’lmagan tabiiy gips-tosh kerak.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo’yicha), zichligi 2200-2400 kg/m3 bo’lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud (Kogon gips koni).
150-170°C haroratda kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalab olingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki molekula suvi bo’lgan kalg’tsiy sulg’fatni 65°C da qizdirilganda u o’z xususiyatini o’zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo’qolib, digidratatsiyalana boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo’qotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
СaSO4 • 2H2O = SaSO4 • 0,5H2O + 0,5H2O.
Gips-tosh 140-170°C haroratda ko’p miqdorda suvni yo’qotib, yarim suvli, tez qotuvchi (СaSO4 • 0,5H2O) gipsga aylanadi. Bunday bog’lovchi bahzan alebaster deb ham ataladi.
Demak, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat bo’ladi. Tabiiy kalg’tsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda kontsentratsiyalangan fosfor o’g’itlariga gidrokimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi - fosfogips sanoat uchun yirik xomashyo manbai hisoblanadi.
Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy xomashyodan hosil qilinadigan mahsulotdan, qolishmaydigan tayyor bog’lovchi modda olish mumkin.

Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling