Mavzu: Ziranamolar oilasi Bajardi: Rajabova Fotima Tekshirdi: Allaberganova Komila Urganch 2023 Mundarija


Download 0.64 Mb.
bet2/19
Sana30.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1402238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Rajabova Fotima

Mavzuning dolzarbligi. Ziradoshlar oilasi vakillari shifobaxsh o’simliklarning tabiiy boyligi jihatidan jumhurriyatimizda salmoqli o’rinni egallaydi.
Foydali o’simliklar olamida ziradoshlar oilasi vakillari alohida o’rinni egallaydi. Ziradoshlar juda ko’zga tashlanadigan o’simliklar, ular ko’p hollarda o’simliklar qoplamining shakllanishida muhim o’rin egallaydi va landshaftga o’ziga xoslik baxsh etadi. Ziradoshlar oilasi vakillarining ko’pchiligi terpenoid birikmali, efir moyli, oziqbop (aksariyat hollarda sabzavot va ziravorlar), dorivor, texnik xususiyatlarga ega hisoblanadi. Ulardan tibbiyotda, qishloq xo’jaligida, sanoatda va farmatsevtikada keng foydalaniladi.
Ishning dolzarbligi shundaki, ziradoshlar oilasi vakillarini imkon darajada o’rganib, shulardan dorivorlik, ozuqabop o’simliklarni aniqlash, ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va xalq tabobatida qo’llanilishini o’rganishdan iboratdir.
Kurs ishning maqsadi. Kurs ishimizning maqsadi ziranamolar qabilasiga kiruvchi ziradoshlar oilasiga mansub o’simliklarning tashqi va ichki tuzilishini, ko’payish xususiyatlarini, ularning qaysi mintaqalarda ko’proq tarqalganligini, ular orasida dorivor va foydali turlarni aniqlash hamda ularning bioekologiyasini o’rganib, xalq hayotida tadbiq etishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari:

  1. Ziranamolar qabilasiga umumiy tavsif.

  2. Ziranamolar qabilasi vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;

3. Xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;

Kurs ishining hajmi. Kurs ishi 41 bet, Times New Romanda 14 lik shriftda, 1.5 intervalda yozilgan bo’lib, 4 bobdan: Kirish, Adabiyotlar tahlili, Asosiy qism, Xulosalardan iborat. Mazkur ishda 10 ta rasm bor.
II. Adabiyotlar tahlili.

O`rta Osiyo olimlarning o`rta asrda qilgan ilmiy tadqiqotlarining ko`pginasi bizgacha etib kelmaganligi o`sha davrlarni holati haqida xususan, botanika haqida fikr yuritish ancha mushkul. Masalan, Abu Rayxon Beruniyning 150 ta asaridan bizgacha 27 tatasigina yetib kelgan xolos. Beruniy o`zining «Kitob as-Saydana fi-t-tib» kitobida tabiatshunoslik va tibbiyot masalalariga to`xtagan bo`lsada, lekin u o`z ma‘lumotlarida botanika fani bilan bog`liq ko`p masalalarni hal qilgan. [3]


O`rta asrlarning botanika va o`simlik dunyosi rivojlanishiga muhim hissa qo`shgan olimlardan yana biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ibn Sino o`zining «Tib qonunlari» kitobiga dorivor o`simliklarga keng to`xtab, ularning morfologiyasini, nomlanishini kelib chiqishini va geografiyasini yoritgan. Ibn Sino o`simliklarni lotincha, grekcha, arabcha atamalari bilan birga ularning mahalliy atamalarini ham keng qo`llagan. Ular hozirgi zamon ilmiy atamashunoslik amaliyotiga kirgan.
O`simliklar haqida qo`shimcha ma‘lumotlar Mahmud Qoshg`aroiyning (XI asr) «Devonu Lug`atiy turk» asarida ham keltirilgan. Sharqiy Turkistonning ensiklopedik va geograf olimi 200 ga yaqin o`simliklarni geografik, ekologik tarqalishi va morfologiyasiga oid ma‘lumotlarni bergan. Mashhur arab geografi Ibn Boyto`t (Muhammad Ibn Abdulloh) o`zining Afrika, Osiyo va Janubiy Yevropaga qilgan sayohatida 14-asrning birinchi yarimida Xorazm, Buxoro va Samarqandga ham kelgan. Uning asarlarida geografik ma‘lumotlar bilan birga O`zbekistonning o`simliklar dunyosi xaqida ham o`ta muhim ma‘lumotlar berilgan. O`rta asrning oxiri (XV-XVI asrlar) dan meros bo`lib qolgan ajoyib va mashhur asarlardan biri Sharqiy Farg`ona –Andijon farzandi Boburning «Boburnoma» asaridir. Bobur bu asarda tarixiy geografiya masalasi bilan shug`ullanganlar, lingivitstlar va botanik-geograflar uchun muhim ma‘lumotlar kiritadi, uning florasi xalqda aniq faktlar beradi.
Ziranamolar qabilasining kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.
Monofilitik yo‘l bilan gulli o‘simliklar bitga qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi (Akad. Taxtadjyan). Polifilitik yo‘l bilan esa Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi bitta o‘simlikdan emas balki, bir nechta qadimiy ajdodlardan kelib chiqqan. [9]
Ingilz botanigi R. Melvilla fikricha. Ziranamolar qabilasi dastlabki vakillari devon davrida riniofitlardan kelib chiqqan. Bu jarayon urug‘li paporotyaiklargacha permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga gondvan hududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashhur rus botanigi A J T. Taxtadjyan dastlabki gulli o‘simliklar Janubiy-SHarqiy Osiyoda paydo bo‘lgan deb qaraydi, chunki eng qadimiy oddiy tuzilishga ega bo‘lgan gupli o‘simliklar shu regionda uchraydi. Amerikalik olim Dj.Stebbins fikricha, dastlabki gulli o‘simliklar quruq bo’lgan hududlarda tez o‘sishta moslagagan ikki urug‘pallalilarni o‘z ichiga olgan, bir urug‘pallalilar esa suv havzalarida va soy bo‘ylarida o‘sgan. Gulli o‘simliklar ko‘pchilik olimlarniig fikriga qaraganda eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan bargsimon ochiq urugli o‘simliklardan kelib chiqqan.
Zig’irnomalar qabilasi kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yo‘q.
Shu bois, Zig’irnomalar qabilasi qachon va qaerda paydo bo‘lgan va eng qadimiy gushti o‘simliklarning dastaabki vakillari qaysi o‘simliklar degan savollar paydo bo‘ladi. Ilmiy manbalarda ta’kialanishicha gulli o‘simliklar bo‘r davrida paydo bo‘lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi bir qator dalillar mavjud. Demak, Zig’irnomalar qabilasi dastlabki vakillari taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo‘lgan Ayrim olimlar gulli o‘simliklar mezozoy erasining trias davrida, poleozoy erasining perm davrida paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling