Mavzu: Zoologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 20.93 Kb.
bet5/8
Sana13.05.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1455386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Zoologiya fanining rivojlanish tarixi-fayllar.org

Organizmlar sistemasi - Yer yuzida mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlar sistemasi. Tirik orga-nizmlarning 2 mln.dan ortiq (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 2,5—3 mln.ga yaqin) turi mavjud. Zamonaviy sistematika turlar oʻrtasida qarindoshlik munosabatlarini namoyon qiladigan turdan va kenja turlardan boshlab eng yuksak taksonlar — sinflar, boʻlimlar (tiplar) va dunyolargacha boʻlgan darajada ishlab chiqiladigan filogenetik, yaʼni evolyusion sistemani tuzishga harakat qilmokda. Ammo 19-asr dayoq ayrim olimlar barcha bir hujayralilar yoki hatto tuban organizmlar (sodda hayvonlar, suv oʻtlari, tuban zamburugʻlar)ni mustaqil dunyoga ajratish-ni, ayrim mikologlar esa zamburugʻlarga alohida dunyo sifatida qarashni taklif etishgan.

Shunga qaramay, 20-asr oʻrtalarigacha organik olam faqat oʻsimliklar va hayvonlar dunyosiga ajratib kelindi. Faqat 20-asr oʻrtalarida elektron mikroskopiya va molekulyar biolo-giyaning rivojlanishi bilan yuksak taksonlar sistemasini butunlay yangidan qayta ishlab chiqish boshlandi. Hozirgi tiriklikning eng yirik boʻlimlari viruslar va hujayrali organizmlar hisoblanadi. Hujayrali organizmlar prokariotlar va eukariotlarga aj-ratiladi. Prokariotlarga bakteriyalar va koʻk-yashil suvoʻtlar kiradi. Ularning yadro membranasi, mikronaychalari, aktinomiozin harakat sistemasi boʻlmaydi; genlari operon, RNKsi polistron holida tashkil topgan; ribosomalari juda mayda (70S) boʻladi. Prokariotlarning halqa shaklidagi yagona xromosomasi sitoplazmada erkin joylashgan


Hayvonlar sistematikasi -sistematikaikt bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga kiritadi. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan.




Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling