Mavzu: Zoologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 20.93 Kb.
bet6/8
Sana13.05.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1455386
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Zoologiya fanining rivojlanish tarixi-fayllar.org

Hayvonlar sistematikasi
U "Tabiat sistemasi" (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va JLamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. 

J. Lamark "Umurt-qasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-qalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan.

Eukariot hujayralarni tuzilishi va kelib chiqishi ayirish, ko’payish va jinsiy jarayoni


  • Eukariotlar (yunoncha: yei yaxshi, qaqiqiy, butun va kaguop — yadro) — toʻliq shakllangan, haqiqiy yadroga ega boʻlgan hujayrali organizmlar. E.ga suvoʻtlar, yuksak oʻsimliklar, barcha hayvonlar, zamburugʻlar kiradi. E. DNK si yadrodagi xromosomalarda joylashgan boʻlib, gistonli oqsillar bilan birikkan nukleosomalarni hosil qilishda ishtirok etadi. E.ning hujayralarida membranali organoiddar yaxshi rivojlangan; ayrim organoidlari (mitoxondriyalar va xloroplastlar) da DNK va avtonom oqsil sintezlovchi apparat mavjud.

Eukariot hujayralarni ko’payishi va jinsiy jarayoni

Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar resa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.


Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik H.da boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling