Mavzu;2-sinf ona tili darslarida undosh tovushlarni o’rganishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish Mundarija Kirish I bob Undosh tovushlar haqida ma’lumotlar


Download 48.31 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2020
Hajmi48.31 Kb.
#137519
1   2
Bog'liq
2 sinf ona tili darslarida undosh tovushlarni o’rganishda ko’rgazmali


Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’

Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x.

Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi):



Jufti yo’q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y

Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h

Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bun­day moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:

Kitob so’zi oxirida jufti bor un­dosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman.

Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak:

1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.

2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.

3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.

4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).

Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.

O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi.

O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, kitobi – kitob.

Bo’g’in ustida ishlash. Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.

I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:

Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi.

Undosh fonemalar tasnifi. O`zbek tilida 25 ta undosh bo`lib, ularni farqlovchi asosiy belgilar quyidagilar sanaladi:

a) hosil bo`lish o`rniga ko`ra;

b) hosil bo`lish usuliga ko`ra;

d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko`ra.

Undosh tovushlarning hosil bo`lishida bo`g`iz bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i va til muhim ahamiyatga ega. O`pkadan chiqadigan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to`siqlarga duch keladi.

Undoshlar hosil bo`lish o`rniga ko`ra:

1.Lab undoshlari:

a) lab-lab undoshlari: b, p, m, v;

b) lab-tish undoshi: f.

2.Til undoshlari:

a) til oldi: d, t, z, s, sh, j (dj), ch, n, l, r;

b) til o`rta: y;

d) sayoz til orqa: k, g, ng;

e) chuqur til orqa: q, x, g`.

3.Bo`g`iz undoshi – h tovushlariga bo`linadi.



Hosil bo`lish usuliga ko`ra esa undoshlar quyidagi kichik guruhlarga bo`linadi:

1.Portlovchilar ; b, p, d , t, k , g, q;

2.Sirg`aluvchilar ; v, f ,z , s ,y , l , sh , g’ , x , h , j;

3.Titroq: r ;

4.Qorishiqlar : dj , ch;

5. Yon: l

6. Burun: n, m, ng.

Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra ikki guruhga ajraladi :

1. Jaranglilar : b , v , g , d , z , j , dj , y , g` , m , n , ng , l , r ;

2.Jarangsizlar : p , f , k , t , s , ch , sh , q , x , h.

Undosh tovushlar akustik jihatdan shovqinli va sonor tovushlarga ham bo`linadi . Shovqinli undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin ovozga nisbatan kuchli bo`ladi : b , f , g’ ,h , x , p kabi . Sonor tovushlarda esa ovoz kuchli bo`ladi : m , n , ng , l , r kabi. Undosh fonemalar ham boshqa sath birliklarida bo`lgani kabi turli ziddiyatlarda turadi. Jumladan 8 ta undosh fonema “jarangli – jarangsizlik ” belgisi bilan korrelyativ (ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo`lmagan belgi) munosabatga kirishadi. Ular quyidagilar: [b]-[p], [d]-[t] , [k] –[g], [s] –[z], [j]-[ch], [dj]-[sh], [g’]-[q], [v]-[f].

Yuqorida ko`rsatilgan tasnif asosida undosh fonemalar hosil bo`lish o`rniga ko’ra quyidagi binar ziddiyatli munosabatlarga kirisha oladi:

a) “lab-lab – til oldi”: [p]-[t]; [m]-[n]; [v]-[z]; [v]-[r]….

b) “lab-lab – til o`rta”: [b]-[y]; [v]-[y];

d) “lab-lab – til orqa”: [p]-[k]; [b]- [k]; [m]-[x]; [v]-[g];

e) “lab-lab – bo`g`iz”: [p]-[h]; [v]-[h];

f) “til oldi- til orqa”: [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g]; [s]-[x]; [z]-[g]; [n]-[g].

Hosil bo’lish usuliga ko’ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda bo`ladi:

a) “portlovchi – sirg’aluvchi”:

[p]-[f]; [b]- [v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh]; [k]- [x]…

b) “portlovchi – affrikat (qorishiq)”:



[t]-[ch]; [d]- [dj];

d) “sirg’aluvchi - affrikat”: [sh]-[ch]; [j]- [dj];

Demak, o`zbek tilida undosh fonemalarning soni ko`pligi tufayli oppozitsiyalar ham anchadir. Unli fonemalar esa bir belgi asosida uch (tor unlilar, o`rta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan va lablanmagan unlilar), ikki belgi (“tilning ko`tarilish darajasi va lablangan - lablanmaganlik ”) asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi. Bunday xususiyatlar rus, ingliz, nemis, fransuz kabi qator tillar uchun ham xos.

II bob. Undosh tovushlarni o’rgatishda o’qituvchi tomonidan amaliy ishlar ko’rinishlari

2.1. Undosh tovushlarni o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida)

Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о‘rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Ravonlikning asosiy kо‘rsatkichi sifatida sо‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni о‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:

- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;

- nutqni о‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;

- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо‘lishi kerak, xususan: ona tilini о‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо‘shilishi, о‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;

- о‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;

- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;

-nutqni о‘qitish bolalarning tilni о‘rganish bо‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо‘lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.

qo’yishi lozim.

ANTONIM SO‘ZLAR” O‘YINI

Buo‘yinkattavatayyorlovguruhlardao‘tkazilishimumkin. O‘yinmashg‘ulotbolalarningmantiqiytafakkuriningrivojlanishigasamaraiyordamberadideganumiddamiz. O‘yininduvidual, guruhbilanhamo‘tkazilsahambo‘ladi.

O‘yinshartiqo‘yidagicha:

Tarbiyachibolagabirso‘zniaytadi, bola esashuso‘zningqarama-qarshima’noanglatuvchisinitopadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqinvaxokazolar.

Odatdabollaro‘yinboshidabirozqiynaladilar, aytilganso‘zgajavoban, antonim emassinonimso‘zlarbilanjavobberadilar. Ammoo‘yinningmohiyatinitushunibolganlaridanso‘ngabstrakttushunchalarnihamosonlikilananglaydilar, hamdatezlikbilanjavobberishgaxarakatqiladilar.masalan: chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsizvaxokazolar.

AVVAL NIMA BO‘LGAN EDI” O‘YINI

Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – qurt kabilar. Bundan tashqari bitta dan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug‘doy, uy – g‘isht – loy, stol – yog‘och – daraxt – urug‘, ko‘ylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Yo`qoridagi tavsiya etilgan o‘yinlr orqali bolalarni mantiqiy fikrlash va tafakkurini rivojlantirish hamda ravon nutqga o‘rgatish mumkin.

Mashg‘ulot

Mavzu: “d” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish.

Maqsad:

d” tovushi va “Dd” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish.



Vazifalar:

  • D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • D” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.

  • D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish

  • Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish

Kutilayotgan natijalar:

  • D” tovushi va “Dd harflari bilib oladilar.

  • D” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • D” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar

Kerakli jihozlar:

  • Dd harflari

  • D” tovushi bor suratlar

  • “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing” ta’limiy o‘yin uchun materiallar

Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor?

Bugun bolalar “D” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishamiz

Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to‘rtburchak chiziladi: — Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.

Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari

Tarbiyachi: endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “D” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:

D” tovushi qanday tovush?

Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?

D” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.

D” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “D” tovushining so‘z boshida (don, deraza,dutor), o‘rtasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “D” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.

Tetiklashtiruvchi mashqlar

Kapalaklar”



O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.

Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?

Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.

O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida elkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d” ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh “D” harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) Bosh “D” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik “d”harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan “Dd” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko‘k rangda yozilgan? SHundan so‘ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga qo‘yiladi


Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.



Bolalar “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting.

Oyijonim olmani-

To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:

Bir bo‘lagin ko‘rsatib,

D”ga o‘xshar, dedilar. “D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.

SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi “Da” deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan (“D” tovushini), o‘shani ,,Harf jildi "dan olib qo‘y. “Daa”, endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini qo‘yasan? (orqasiga) Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: “Da”. (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar ) SHu tartibda di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi.



Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor.

Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.



Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?

- “D” qanday tovush ekan?

-Bu tovushni nima qilamiz?

- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"

- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?

- “D” harfining shakli qanaqa ekan?

- “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)

- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?

Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?



Alifbegacha tayyorlov davri

B) Alifbo davriga bo’linadi. Ikkinchidan, yozuvga o’rgatish, o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi.

2.2.Undosh tovushlarni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish

O‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun 3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan. Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofi q bo‘ladi.

O‘qituvchi: – Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi.

O‘quvchilar: – Be-shik.

O‘qituvchi: – «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan?

O‘quvchilar: – Ikkita.

O‘qituvchi: – Juda to‘g‘ri.

Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur. Kitobxon.Com 10 Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin.

O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz: I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin.

O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi.

O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi. Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harfllar joylashtiriladi.

XULOSA:

Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.

Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.

Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.



Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar, 5-jild. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 1997 yil.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2008 yil.

  3. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom. T., 2018y.

  4. D.R. Babayeva «Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya T.; 2009 yil

  5. F.R. Qodirova «Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.; 2012yil (electron)

  6. Q. Shodiyeva O`rta guruh bolalari nutqini o`stirish T.: O’qituvchi 1993yil.

  7. M. Asqarova va boshqalar Kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish T.: 2001yil.

Download 48.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling