Mavzuga tayyorgarlik


KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT – IQTISODIY


Download 33.82 Kb.
bet8/9
Sana19.01.2023
Hajmi33.82 Kb.
#1101142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarix Mustaqil Ish

KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT – IQTISODIY

O’ZGARISHLARNING ISHONCHLI KAFOLATI

O’zbekistonning o’zini yangilash va taraqqiyot yo’liga asos bo’lgan eng muxim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o’tqazishdir. Qolgan barcha qoidalar ijtimoiy ximoyalash soxasida qat’iy kafolatni vujudga keltirishga bo’ysundirilgan. Davlatning faol isloxatchilik mavqeida butun diqqat – etiborni iqtisodiyotni sog’lomlashtirish muammolarni birinchi navbatda xal etishga qonuniylik va xuquq – tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi. O’z navbatida axolining kambag’al muxtoj tabaqalariga vaqtida madad berish fuqorolar osoyishtaligi va milatlararo totuvlikni taminlash isloxatlarni muvaffaqiyatli o’tqzish uchun kafolat bo’lib xizmat qiladi. Shvetsiya, Germaniya, Avstriya va boshqa rivojlangan xorijiy mamlaktlarning tajribasi odamlar ijtimoiy ximoyalangan va kafolatlarning juchli tasirchan vositasi mavjud bo’lgan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti sari jadal xarakatni taminlash tarkibiy qayta – qurish, ishlab chiqarish munosabatlarini tubdan islox qilish va ayni paytda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkinligini ko’rsatmoqda. Axolining muxtoj tabaqalarini ijtimoiy ximoyalash sira kechiktirilib bo’lmaydigan eng ustuvor vazifasi amaliy xarakatlarning eng asosiy qoidasi bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi. Iqtisodiy isloxatlarning dastlabki bosqichida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat o’z oldiga qo’yilgan barcha vazifalarini to’la – to’kis bajaradi. Respublikada erkin narxga o’tish amalda tugallanadi va bu o’tish axoli uchun “shok terapiyasi” ga nisbatan kamroq ijtimoiy larzalar keltirib chiqaradi. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqich yamgi ijtimoiy ximoyalash vositasini chuqurlashtirish uni o’zgarish borayotgan sharoitlarda moslashtirish zaruziyati chinakam yetildi. Ijtimoiy siyosat va uni ro’yabga chiqarish chora tadbirlari umuman iqtisodiy isloxatlar bilan shunchaki qo’shib olib borilmasdan balki ularning uzviy tarkibiy qismi bo’lishi xam kerak. Ijtimoiy ximoyada qatnashuvchi asosiy suyektlarning mavqeini tubdan o’zgartirish talab qilinadi. Bozor munosabatlariga o’ta borilgani, mehnatkashlarning o’zlariga va xo’jalik yurituvchi subyektlarga ko’proq iqtisodiy erkinliklar berila borilgani sari davlat ijtimoiy muxofazaga oid vakolatlarni muqobil tuzilmalarga topshirish lozim. Axolini ijtimoiy ximoyalash, odamlarning moddiy axvolini yaxshilash vazifalarini xal qilishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarining, jamoat toshkilotlari va xayriya tashkilotlarining mablag’lari faol ishga solinmog’i kerak. Ijtimoiy ximoyalash davlatning xam jamoat tashkilotlarining turli xayriya jamg’armalarining xam asosiy vazifasi bo’lmog’i lozim. Mehnatga layoqatli axolining psixologiyasini o’zgartirish juda muximdir. U ijtimoiy ximoyalashning passiv obyektidan, davlatning moddiy yodamidan bevosita va bilvosita foydalanuvchidan o’z taqdirining faol soxibiga, o’zining ijtimoiy farovonligi uchun yakka tartibda o’zni o’zi ximoya qilish vositalari to’la ishga solinishi kerak. Bozor munosabatlarini shakllantirishning yangi bosqichida quyidagilar ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari xisoblanadi.

Fuqorolarning iqtisodiy faoliyat, tabbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, kasb – korni va mehnat soxasini erkin tanlash bo’yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqlarni taminlash.Ijtimoiy ximoyalash aniq maqsadni ko’zlagan va o’z egasiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.Axolining turli qatlamlariga aloxida – aloxida yondashish – ijtimoiy muhofaza yangi tizimning o’ziga xos xususiyati bo’lib qolmog’i lozim. Madaniy – marifiy mamlakatlarda axolining ba’zi tabaqalarini ijtimoiy ximoyalash boshqacha yo’l bilan amalga oshiriladi. Bu mamlakatlarda narx- navo asosan tutit turilmaydi, nazorat qilinmaydi balki erkin qilib qo’yiladi.Muxtojlar esa yordam oladilar. Shu sababli dotatsiyaga ajratilayotgan mablag’lar muhtojlarning o’zlariga yordam tarzida berilishi lozim. Axolining ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalari va guruhlari qo’llab quvvatlash avvalgidek ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan bo’lib qolaveradi, biroq u ma’lum yo’nalishdagi siyosat tusuni olishi lozim. Iqtisodiy jihatdan faol axoligi kelganda shuni aytish kerakki uning uchun davlat mehnatini rag’batlantirishning kuchli vositasini joriy etish xisobiga bu tabaqaning mehnat va ijtimoiy imkoniyatini to’liq darajada ro’yobga chiqarish uchun shart sharoit yaratib berish kerak. Xar bir korxona mustaqil xo’jalik faoliyati natijasida o’z xodimlariga mehnatga yarasha xaq to’lash imkoniyatini topishi lozim.Axolini ijtimoiy ximoyalash chora tadbirlari tizimida real mehnatga layoqatli xar bir kishiga o’z mehnati bilan oilasining turmush darajasini yaxshilash asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mehnat bozori mehnat resurslarini ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifni shakllantirish asosida xo’jalik yuritish soxalari va tarmoqlari mashg’ulot turlari va shalllari bo’yicha aniq maqsadni ko’zlab taqsimlash va qayta taqsimlash vositasini vazifasini bajarishi lozim. Qishloqlarning bir qismini moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayniqsa yashirin ishsizlik muvjud bo’lgan mehnat faolliligini namoyon qilish imkonini bermayotgan qishloq xo’jaligidagi ishdan ozod qilish zarur.Bu xizmat soxasi amalda rivojlangan bu soxada barcha erkin mehnat rusurslarini qabrab olish mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy soxa – sog’likni saqlash ta’lim madaniyat va san’at shuningdek ilm fan ayniqsa mushkul axvolga tushib qoladi. Shuning uchun xam biz xalqning ma’naviyatiga zarar yetqazgan xolda mablag’ni tejay olamiz. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning boshqa prinsiplarini amalga oshirish ham axolini ijtimoiy jihatdan kuchli ximoya qilish dasturini ro’yobga chiqarishga batamom bog’liqdir. Samarali ijtimoiy siyosatni barqarorlashtirish, tarkibiy o’zgarishlar bozor munosabatlarini bosqichma bosqich joriy etish chora tadbirlari bilan uyg’unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiy soxaga yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mukin. Pirovard maqsad esa O’zbekistonda istiqomat qilayotgan millionlab oilalarning munosib turmush kechirishi uchun sharoit vujudga keltirishidan iboratdir. Ayni mana shu narsa oqibat natijada davlatning kudrati va boyliligini uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini taminlaydi.


Download 33.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling