Mavzuga tayyorgarlik


BOZOR IQTISODIYOTIGA BOSQICHMA –


Download 33.82 Kb.
bet6/9
Sana19.01.2023
Hajmi33.82 Kb.
#1101142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarix Mustaqil Ish

BOZOR IQTISODIYOTIGA BOSQICHMA –

BOSQICH O’TISH IQTISODIY ISLOXATLAR YO’LINING NEGIZI

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining tarifidan ko’rinib turgandek, bunday iqtisodiyot totalitar tuzum zaminida vujudga kela olmaydi, chunki ularda xech qanday umumiylik yo’q. Bir vaqtda sotsialisitik yo’ldan borgan mamlaktlarning bozor iqtisodiyotiga o’tishidagi farqli xususiyatlaridir. Markazdan rejalashtirililadigan iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti ikki yaxlit ichki jixatdan mantiqiy tuzilgan va shu sababli bir – biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo’jalik tizimidir. Shu kihatdan olganda rejalashtiriladigan iqtisodiyotni birdaniga bozor iqtisodiyotiga aylantirib bo’lmaydi. Markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish ba boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik uslubidan bozor iqtisodiyotiga o’tish bu mavjud xo’jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik yuritish tizimini joriy etishdir. Shunga ko’ra u bir sifat xolatidan ikkinchisiga o’tishdir . Bu odamlar uchun mutlaqo yangi bo’lgan xayot falsafasidir. Shunga ko’ra u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab qiladi. Bir tizimdan ikkinchisiga o’tishning asta – sekin evolutsion ravishda bo’lishi muximdir. Iqtisodiy isloxatlar mamlaktni maqsad sari asta – sekin, qadam – baqdam ilgarilatib borishi, bozor munosabatlarining ayrim jihatlarini umuman butun tizimini shakllantirish lozim. Faqat farmonlar va farmoyishlar bilan bozor iqtisodiyoti barpo etib bo’lmaydi. U uzoq tarixiy taraqqiyotning natijasi bo’lib tegishli infrastrukturani va xuquqiy asosni yaratishgina emas shu bilan birga qadriyatlar tizimida chuqur o’zgarishlarini xo’jalik faoliyati va amaliy munosabatlarni asoslashni xam ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun qonun qoidalarni qabul qilishi, mulkchilik barcha shakllarining teng huquqliligini elon qilishning o’zi yetarli emas. Bu qonunlarni ro’yobga chiqarishni taminlaydigan chinakam vositalar zarur. Bu vositalar birdaniga amal qilib ketmaydi, ular asta sekin takomillashib boradi va izga tushadi. Bir ijtimoiy - iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish soxasi inqilobiy sakrashlar bilan yuz berishi mumkin emas. Xar qanday inqilobiy qarorlar juda katta ijtimoiy larzalarni keltirib chiqaradi. Bunga sharqiy Yevropa tanlagan yo’l arqali bozor tomon xaraqat qilish misol bo’la oladi. Bu yo’lda Xalqaro valyuta fondining maslaxatlariga amal qilib, kredit va valyuta siyosatining cheklangan choralari vositalarida moliya – pul barqarorligiga erishishga zo’r beriladi. Respublikada xaqiqatdan vujudga kelgan iqtisodiy vaziyat, oilalar aksariyat ko’pchiligining turmush darajasi pastligi O’zbekiston uchun bozor iqtisodiyotiga o’tishda “Falaj qilib davolash” usulining maqub emasligini ko’rsatadi. Bu usul axoli uchun “davolamay falaj qilish ” ga aylanadi, yani mavjud barcha tizimlar, normalar aloqalarning tezda barbod bo’lishiga boshqacha aytganda to’la vayron bo’lishiga olib keladi. Xalqimda “yangi uy qurmay turib eskisini buzmang – boshpanasiz qolasiz ” degan naql bor. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish andozasiga bosqichma bosqich, evolutsion yo’l bilan o’tish asos qilib o’lingan. Bozor iqtisoyoti tomon siljirkansiz inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas balki izchillik bilan bosqichma bosqich borish kerak. O’zbekistonning bozorga o’tish yo’lining o’ziga xos xususiyatlari xam shunda Xar bir bosqichda uning o’ziga xos ustuvorliklari shakllanadi, ularni taminlash vositalari takomillashadi. Tashkiliy iqtisodiy moliyaviy – kredit tizimlarini o’zgatirish, tegishli xuquqiy asosni bozorning infrastrukturasini barpo etish xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak. Ishlab chiqarishni tayyorlash va qayta jixozlash uchun talab qilinadigan texnologiya vaqt imili xam xisobga olish lozim. Talab va taklifning mutanosibliligiga asoslangan qonunlar amal qila boshlagunga qadar eski tasavvurlar va normalarni o’zgartirish uchun xam vaqt kerak bo’ladi. Kishilarning tafakkurini, odat tusiga kirgan qoidalarni o’zgartirish juda muhimdir.Xar bir bosqichda kishilarning tafakkurini o’zgarishlarni qalub qilishga tayyorlab ularni amaliy ishlar bilan yangi tuzumning afzalligiga ishontirib, boshqa mamlakatlarda yuz yillar davomida barpo etilgan qadriyatlarga erishish mumkin. Bozor munosabatlariga xos bo’lgan ruxiyat, dunyoqarash, shakllanib adamlar shunga muvofiq ravishda ish tuta boshlagan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti voqelikga aylanadi. Shu sababli eng asosiy vazifa – ijtimoiy larzalarsiz, odamlarning qashshoqlashuviga yo’l qo’ymagan xolda ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o’ta borishdan iborat.


Download 33.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling