Mavzular matni
Mahalliy yiringli infeksiyasi bo’lgan bemorlarni parvarishlash
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy yiringli infeksiyali bemorlarni parvarishlash
Mahalliy yiringli infeksiyasi bo’lgan bemorlarni parvarishlash
Chipqon (yuz sohasidan tashqari), gidradenit, limfadenit bo'lgan bemorlar odatda ambulatoriyada davolanadi. Chipqon, karbunkul, abssess va flegmonasi bo’lgan katta va kichik yoshdagi bemorlar ko‘pincha shifoxonada davolanadi. Davolashda jarohatning joylashishi va yallig'lanish jarayonining bosqichi hisobga olinadi. Bemorni parvarishlashda avvalo jarohatlarni o‘z vaqtida bog'lash lozim boMadi. Agar yiringli jarayon oraliq sohasida yoki anus atrofida bo’lsa, davolovchi antiseptik dorilar bilan vanna har bir defekatsiyadan keyin qilinadi. Kasalning ichi yaxshi yurishmasa, tozalovchi huqna qilinadi. Bunday vaziyatda ovqatlanish me’yoriy holatga keltiriladi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish uchun yuqori kaloriyali, turli-tuman va vitaminli ovqatlar berilishi lozim bo’ladi. Agar bo’limda yiringli maxsus bog’lov xonasi bo’lmasa, avval nisbatan toza bog'lovlar, keyin yiringli bog’lovlar o’tkaziladi. Umumiy yiringli infeksiyali bemorlarni parvarishlash Xonani muntazam ravishda shamollatib turish va toza saqlash kerak. Ich kiyim, choyshablarning tozaligiga eMibor berish zarur. Nam ich kiyim, choyshab va ularning burmalari yotoq yaralar paydo boMishiga imkon beradi, bemorni kuniga bir necha marta yotgan holatida harakatlantirib turish lozim va ho'l sochiq bilan badan artiladi. 0‘pkadagi asoratlarning oldini olish uchun bemorning boshi baland qilib yotqiziladi, nafas gimnastikasi qildiriladi, balg‘am tupurishga o’rgatiladi. Bemor bolalarga shar puflash tavsiya qilinadi. Yuqori harorat va organizmning suvsizlanishi me’da-ichak yo’llari ishining buzilishiga olib keladi. Shunga koma og’iz bo‘shlig’ini sinchiklab tozalash (og’izni chayish, nam tampon bilan artish) kerak. Ich yaxshi kelishi uchun ikki sutkada kam deganda bir marta tozalovchi huqna qilinadi yoki ichak peristaltikasini kuchaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlar, ya’ni gipertonik huqna, 10 % li natriy xlorid eritmasini venaga yuborish, prozerinni mushak orasiga yuborishdan iborat. Albatta sutkalik diurez miqdoriga qarab buyraklar funksiyasi tekshirib turiladi. Sog‘ayish davrida bemorni tez-tez to'yimli ovqatlantirishga, asta- sekin o‘rnidan turib faollashtirish, davo gimnastikasi va mushaklarni massaj qilishga katta ahamiyat beriladi. Qoqshol spetsifik o’tkir yuqumlik kasallik bo’lib, uni sporali anaerob tayoqcha B. tetani qo’zg’atadi. Bu tayoqcha ikkita toqsin – tetanospazmin va tetanogemolizinlarni ishlab chiqaradi. Tetanospazmin asab tizimiga ta’sir qilib, targ’il mushaklarda tonik va klonik tirishishlarni chaqirsa, tetanogemolizin esa eritrotsitlarni eritadi. B. tetani saprofit sifatida uy hayvonlari, shuningdek odam ichagida yashaydi va fekaliylar orqali tuproqqa tushadi. Shuning uchun har qanday jarohat qoqshol uchun yaxshi sharoitdir. Davolash maqsadida kompleks davolash uslubi qo’llanadi: 1. Toksinlar miqdorini kamaytirish va neytrallash. 2. Tonik va klonik tirishishlarni kamaytirish va yo’qotish. 3. Hayvonning umumiy ahvolini, yurak, o’pka faoliyatini yaxshilash. 4. Ikkilamchi asoratlarning (sepsis va boshq.) oldini olish. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling