Mavzular matni
Jarohatlarning bitishi murakkab patofiziologik jarayon bo‘lib, u shartli ravishda uch bosqichga ajratiladi
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
Jarohatlarning bitishi murakkab patofiziologik jarayon bo‘lib, u shartli ravishda uch bosqichga ajratiladi.
Gidratatsiya bosqichi bevosita jarohatdan so‘ng yuz beradi va bir necha sutka davom etadi. Yallig‘lanish alomatlari bilan o‘tadi. Jarohat suyuqligining oqib chiqishi uchun sharoitlar (jarohatni kesish, drenajlash, gipertonik eritmalar qo‘llash) vujudga keltirish zarur. Degidratatsiya bosqichi jarohatning tozalanishi, yallig‘lanish- ning kamayishi, yashab ketmaydigan to‘qimalar va fibrin ivin- dilarining lizisi va granulatsiyalar hosil bo‘lishi bilan ro‘y beradi. Granulatsiya to‘qimasi hosil bo‘lishi uchun sharoitlar (antiseptik eritmalar, malhamli bog‘lamlar, bog‘lamni tez-tez yangilamaslik) yaratish zarur. Epitelizatsiya bosqichi jarohat nuqsonini berkitadigan epitelial to‘qima hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayni vaqtda granulatsiya to‘qimasidan chandiqli to‘qima hosil bo‘ladi. Sabablari faol harakatlar, issiq muolajalar, malhamli bog‘lamlarni kunda qo‘l- lashdir. Har bir bosqichning davom etish muddati jarohatning xususiyatiga, davolash usullariga, organizmning umumiy holatiga va infeksiya borligiga bog‘liq. Jarohat bitishining quyidagi turlari farq qilinadi. Birlamchi tortilib bitish jarohat chekkalari bir-biriga tegib (choklar bosib turadigan bog‘lam), jarohatda infeksiya rivojlan- maganda va yashashga layoqatsiz to‘qimalar juda kam bo‘lganda ro‘y beradi. Jarohat taxminan 6-kuni bitib, ingichka chiziqli chan- diq qoladi. Ikkilamchi tortilib bitish jarohat ochiq bo‘lib, unda yiringlanish bo‘lganda ro‘y beradi. Jarohatning yashab ketmaydigan to‘qi- malardan tozalanishi, yallig‘lanishning yo‘qolishi, granulatsiyalar paydo bo‘lishi, chandiqlar paydo bo‘lishi, chandiqli to‘qima hosil bo‘lishi va epitelizatsiya qayd qilinadi. Ikkilamchi tortilib bitish uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda dag‘al chandiq qoladi. U burushganda bo‘g‘im kontraktu- rasi yuz berishi va gavdaning shu sohasi deformatsiyaga uchrashi mumkin. Jarohatning po‘stloq ostidan bitishi. Teri yuza shikastlanganda jarohat sohasiga chiqqan qon va limfa to‘q jigarrang po‘st hosil qiladi. Po‘st ostida bitish jarayoni jarohat regeneratsiyasining qoidalari bo‘yicha, biroq birmuncha tezroq boradi, chunki po‘st jarohatni infeksiyadan va shikastlanishdan saqlaydigan biologik bog‘lam vazifasini bajaradi. Jarohatning mikrobdan ifloslanishi. Har qanday tasodifiy ja- rohatlanishda jarohatga mikrob tushib, u ifloslanadi. Mikrobli flora jarohatga jarohatlovchi qurol, kiyim parchalari, teri orqali tushadi. Jarohatda infeksiya rivojlanishiga mikrofloraning virulentligi, jarohat kanali sohasida to‘qimalar yemirilib, qon aylanishi va innervatsiya buzilishi, organizmning himoya kuchlari pasayishi holatlari sabab bo‘ladi. Jarohatning yiringlashi. Jarohatdagi yiringli jarayon muayyan klinik manzara: jarohat atrofining qizarishi, shishishi, qattiqlashishi, mahalliy va umumiy haroratning ko‘tarilishi, qattiq og‘riq, gavdaning shu qismi funksiyasining buzilishi bilan ifodalanadi. Jarohatdagi yallig‘lanish ekssudati yiringli bo‘ladi (leykotsitlar miqdori ko‘payib ketishi hisobiga). Berk jarohatda yiringli modda to‘qimalararo bo‘shliqlar bo‘yicha tarqalib, katta yiring cho‘n- taklarini hosil qiladi. Yiringlagan jarohatlarni davolash yiring oqib chiqishi uchun qulay sharoit yaratish va antibakterial terapiya o‘tkazishdan iborat. Jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish, asosan, qon oqishini vaqtincha to‘xtatish (bog‘lam, jgut) va infeksiya tushishi- ning oldini olish (bog‘lam qo‘yish oldidan jarohat chekkalariga yod eritmasi surtish) dan iborat. Jarohatga bog‘lam qo‘yishdan oldin gavdaning shu qismidagi kiyim yoki poyabzalni ehtiyotlik bilan yechish lozim. Vaqtinchalik qon to‘xtatishdan so‘ng transport immobilizatsiyasi tegishli bo‘limlarda bayon etilgan qoidalar asosida bajariladi va bemor davolash muassasasiga yotqiziladi. Shifokor kelguncha beriladigan yordamni tibbiyot hamshirasi jarohat yuz bergan joyda to‘g‘ri ko‘rsata bilishi kerak. Keyin bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish, uni ixtisoslashgan davolash muassasasiga jo‘natish kerak. Jarohatlarni davolash. Jarohat yuzasini tozalash va birlamchi chok solish kichikroq yuza jarohatlari (lat yeyish, teri ekskoriatsiyasi) bo‘lgan bemorlarda yoki atroflari tekis, ifloslanmagan va ichkarida joylashgan to‘qimalar hamda anchagina shikastlangan, kesilgan jarohatlarda bajariladi. Jarohat atrofi soch yoki jundan tozalanadi, teri spirt bilan artiladi va yod eritmasi surtiladi. Bemorda faqat teri ekskoria- tsiyasi bo‘lsa, aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Bunday hollarda bakte- ritsid ta’sirga ega bo‘lgan maxsus leykoplastirli bog‘lam qo‘ysa ham bo‘ladi. Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish asosida jarohat chek- kalari, devorlari va tubini sog‘lom to‘qimalargacha kesish, uni aseptik jarohatga aylantirish prinsipi yotadi. Shikastlangan soha va uning og‘ir-yengilligiga qarab birlamchi xirurgik ishlov berish mahalliy yoki umumiy og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladi. Jarohat tozalanadi, qon oqishi uzil-kesil to‘xtatiladi. Ichki tomondan ketgut chok solish va terini ipak bilan choklash yordamida jarohat chekkalari bir-biriga yaqinlashtiri- ladi. Jarohat chekkalariga antibiotiklar quyiladi. Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish jarohatlangandan so‘ng dastlabki soatlarda bajarilishi kerak. Antibiotiklarni parenteral qo‘llash xirurgik tozalashni kechroq muddatda (bir sutkagacha) o‘tkazish imkonini beradi. Chuqur kamgaklar va infeksiya rivojlanishi xavfi bo‘lganda jarohat drenajlanadi, yordamchi choklar solinadi yoki umuman choklanmasdan, aseptik bog‘lam bilan bekitiladi. Yallig‘lanish hodisalari bo‘lmaganda 3—4 sutka o‘tgach chok solinadi (birlamchi tikilgan chok). Jarohat yiringlagan hollarda yallig‘la- nish hodisalari tugagandan keyingina uni tikib qo‘yish mumkin. Bu vaqtga kelib jarohatda granulatsiyalar paydo bo‘ladi. Ular kesiladi va chok bilan tikiladi (ikkilamchi tikilgan chok). Yuz, til, qo‘l panjasi jarohatlanganda, ya’ni qon ta’minoti yaxshi bo‘lgan sohalarda jarohat chekkalari minimal darajada ke- silib, choklar solinadi va zarurat bo‘lganda immobilizatsiya qilinadi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalashdan so‘ng normal bitayotgan choklar 7—8-kunida olinadi. Yiringli jarohatlarni davolash. Jarohat o‘z vaqtida tozalanmasa yoki tozalash yetarlicha sifatli o‘tkazilmasa, u yiringlay boshlaydi. Klinik jihatdan u jarohat atroflarining qizarishi, ham mahalliy, ham umumiy haroratning ko‘tarilishi, bemorning holsizlanishi, jarohat maydonining qattiq og‘rishi bilan xarakterlanadi. Bunday hollarda jarohatga drenaj qo‘yish lozim bo‘ladi (jarohatga ikki- lamchi xirurgik ishlov berish). Shu maqsadda ilgari choklar solingan bo‘lsa, ular olinadi va yiring cho‘ntaklari kesib ochiladi. Yiring chiqishini yaxshilash uchun qo‘shimcha kesmalar — kontraperturalar qilinadi. Bu davrda (gidratatsiya bosqichi) jarohatning katta-kichikligiga bog‘liq holda rezina lentalar, drenaj nay- chalar, natriy xloridning gipertonik eritmasiga botirilgan g‘ovak tamponlar bilan ichidagi yiring so‘rib olinadi. Antibiotiklar, fer- mentlar, antiseptik vositalar yuboriladi. Zaharlanishga qarshi kurashish va organizmning himoya immun, biologik reaksiyalarini faollashtirish uchun ko‘p miq- dorda suyuqlik yuboriladi, vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqat tayinlanadi, bo‘lib-bo‘lib qon quyiladi. O‘tkir bosqich tugaganidan keyin (degidratatsiya bosqichi) mazli bog‘lamlar qo‘llaniladi, bog‘lam kam yangilanadi, fizioterapevtik muolajalar tayinlanadi. Jarohatlarni davolashda immobilizatsiya qilish, gazli gangrena va quturishga qarshi tadbirlarni darhol o‘tkazish lozim bo‘ladi (yallig‘lanish sindromiga qarang). Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling