Nazorat uchun savollar:
1.Tayanch-harakat apparatining anatomo-fiziologik xususiyatlari qanday?
2. Shikastlarni ekshirish va davolash usullari qanday?.
3.Yumshoq to‘qima shikastlari. Lat yeyishi, paylar cho‘zilishi, uzilishi belgilarini ayting.
4.Suyaklar sinishi. Suyaklar chiqishida birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda nimalarga etibor berish kerak?.
5.Umurtqa, tos suyaklari shikastlari. Klinik belgilari, birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash va parvarishlash xususiyatlarini sanang.
Tema: Kuyish va sovuq olish tushunchasi: darajalari, davolash usullari
Reja:
1.Yaralar, ularning turlari, birlamchi xirurgik tozalash, davolash, yaralarning bitish jarayoni
2.Kuyish. Sovuq olishi,klinik belgilari, darajalari.
3.Elektrotravma. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, transportirovka qilish, davolash, bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari.
Mazmuni:
Infeksiya tushish darajasi bo‘yicha aseptik va septik jarohatlar farq qilinadi. Ikkilamchi infeksiyalangan jarohatlar, odatda, operatsiya jarohatlari bo‘lib, noto‘g‘ri parvarish qilinganda (tibbiyot xodimlari yoki bemorning aybi bilan) ular jarohat paydo bo‘- lishidan bir necha soat yoki kun o‘tgach infeksiyalanishi mumkin. Jarohatlar yakka va ko‘p bo‘lishi mumkin.
Klinikasi. Jarohatning klinik manzarasi og‘riq, jarohat chet- larining ochilib turishi, qon oqishi va gavdaning shu qismida yuz beradigan funksional buzilishlar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |