Umurtqa pog‘onasining shikastlanishlari yopiq (lat yeyish, boylam apparatlarining cho‘zilishi, suyakning sinishi, chiqishi) va sovuq hamda o‘qotar quroldan yaralanish natijasida ochiq bo‘lishi mumkin.
Umurtqa pog‘onasining boshqa a’zolar bilan birga shikastlanishiga umurtqa pog‘onasining birgalikda shikastlanishi deyiladi.
Umurtqa pog‘onasining sinishi. Umurtqa tanalarining bir-biriga sanchilib sinishi (kompression), yoylari va ko‘ndalang o‘siqlari, o‘tkir qirrali o‘siqlarining sinishi tafovut qilinadi. Ba’zan bunday sinishlarning birga uchrashi yoki umurtqaning sinish bilan birga chiqishi ham kuzatiladi. Yakka chiqishi aksariyat umurtqa pog‘o- nasining bo‘yin bo‘limida uchraydi. Sinish orqa miyaning yoki ildizlarning shikastlanishi bilan ro‘y berishi mumkin.
Kompression sinish uchun umurtqa spongioz moddasining asosan oldingi, vertikal bo‘limida pog‘onasimon qisilishi xarakter- lidir. Kompressiya darajasi turlicha bo‘lib, arang bilinadigan daraja- dan umurtqa pog‘onasi o‘qini buzadigan va keskin ponasimon defor- matsiyagacha bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan joyi umurtqa pog‘onasining ko‘krakdan pastki va beldan yuqori bo‘limlaridir.
Klinikasi. Shikastlangan umurtqaning o‘tkir qirrali o‘sig‘i sohasida kuchli og‘riq, ro‘y-rost do‘mboq yoki o‘tkir qirrali o‘siq- ning turtib chiqishi ko‘rinishidagi deformatsiya, orqa mushak- larining taranglashishi, funksiyasi yo‘qolishi, ya’ni umurtqa po- g‘onasi shu bo‘limining harakatlari chegaralanganligi kuzatiladi. Tashxisni aniqlash uchun umurtqa pog‘onasining shu bo‘limini ikki proyeksiyali rentgenografiya qilish zarur.
Birinchi yordam ko‘rsatish va transportirovka qilish. Bemor qattiq zambilga yuzi bilan yotqiziladi. Uni davolash muassasa- siga olib borish va zambilda tashishda umurtqalari qo‘shimcha ravishda siljimasligi va orqa miya butunligi buzilmasligi uchun ehtiyotkorlikka qat’iy rioya qilish va shina qo‘yish zarur.
Chanoq suyaklarining sinishi chanoq suyaklari bosilganda, shuningdek, tabiiy ofatlar natijasida ro‘y beradi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi.
Chanoq halqasi butunligi buzilmaydigan sinishlarga:
Do'stlaringiz bilan baham: |