Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet75/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Epispadiya siydik chiqarish kanali nuqsonlaridan biridir. Bunda siydik chiqarish kanalining dorsal devori yirilib, olatning g'ovak tanalari ham bir-biri bilan zich yopishmagan bo'ladi.
Klinikasi. Asosan epispadiya shakliga bog'liq. Olat boshi epispadiyasida, olat boshi ham yassilangan bo'ladi. Siyish jarayoni buzilmagan, lekin siydik turli tomonga sachraydi.
Qov suyaklari ham simfizdan uzoqlashgan, qorinning to'g'ri mushagi yo'q yoki kam rivojlangan. Olat ereksiyalanganida qorin tomonga ancha egiladi. Ayrim hollarda bola kulganida, kuchanganida siydik tomchilaydi. Siyish paytida bola tizzasiga suyanadi (siydik sachramasligi uchun).
Total epispadiyada uretraning dorsal devori bo'lmaydi, olat haddan tashqari egilgan bo'ladi. Qov suyaklari birlashadigan simfiz sohasida dahansimon teshik bo'lib, undan to'xtovsiz siydik chiqib turadi. Ayrim hollarda qovuq shilliq qavati ham shu te- shikdan ko'rinadi. Qov suyaklari orasidagi diastaza 8-12 sm gacha boradi. Bemor qilib yuradi. Yorg'oq rivojlanma- gan, uning atrofi va son terilari chaqalangan. Epispadiyaga duchor bo'lgan bemorlarning 30% da kriptorxizm, yuqori siydik yo'llari nuqsonlari ham kuzatiladi.
Davosi. Epispadiyaning olat boshi va klitor turlarida davo tadbirlari ko'rilmaydi. Tana va total shaklidagi epispadiyalarni operatsiya qilish zarur. Agar siydik tuta olmaslik aniqlansa, eng avvalo shu nuqsonni bartaraf etish lozim. Uretrani tiklashda Yung, Tirsh va Dyupley-Tirsh operatsiyalari bajariladi.
Gipospadiyada uretra old devorining bo'lmasligi, siydik chi- qarish kanali tashqi teshigining qisman yoki olat volyar yuzasi- ning turli joylarida bo'lishi kuzatiladi. Gipospadiya paydo bo'li- shida embrion bilan ona o'rtasidagi gormonlar disbalansi katta ahamiyatga ega. Bu hol homiladorlikning boshlanish davrida ruhiy shikastlanishlar sababli ro'y beradi.
Klinikasi. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi olat boshi cho'qqisida bo'lmay, olat toj egati yoki tanasining turli joylarida hamda yorg'oq va oraliqda bo'lsa, buni gipospadiya deb tushun- moq kerak. Bunda uretra teshigi qayerda joylashganligiga qarab uning shakli aniqlanadi.
Shunisi muhimki, gipospadiya teshigidan olat boshigacha xorda tortqisi va fibroz chandiqlar mavjud bo'lib, ular olatning volyar yuza tomonga egilishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham gipospadiyaga uchragan olat xuddi vergulga yoki o'roqqa o'xshab egilib qoladi. Yillar o'tishi bilan g'ovak tanalar o'saveradi, biroq xorda tortqisi va fibroz chandiqlar uzunligi o'zgarmasdan qolaveradi. Shu sababli ham olatning egikligi tobora ortaveradi. Mana shu egiklik tufayli gipospadiyaning yorg'oq, tana-yorg'oq va oraliq turlarida bolalar o'tirib siyishga majbur bo'ladilar.

Davosi. Gipospadiyani davolash, asosan, 3 bosqichda olib boriladi. Olat egriligini to'g'rilash, uretroplastika orqali yasalgan neouretra bilan uretrani ulash.
Gipospadiya teshigi stenozini bartaraf qilish bujlash yoki operatsiya bilan bajarilishi mumkin.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling