Mavzular matni


O'smalarning ayrim turlari


Download 426.68 Kb.
bet78/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

O'smalarning ayrim turlari.
Papillomalar — epiteliy bilan qoplangan biriktiruvchi to'qima asosidan iborat so'rg'ich qavatning xavfsiz o'smalaridir. Ular terida yoki shilliq pardalarda (aksariyat me'da, ichaklar va siydik ajratadigan apparatning shilliq pardalarida) kuzatilishi mumkin. Papillomalar xavfli o'smalarga aylanib ketishi mumkin.
Adenomalar— bez to'qimalarida hosil bo'ladi. Ba'zan bezsimon rakka aylanishi mumkin. Ular gavdaning bez to'qimalari bo'lgan hamma a'zolarida, jumladan so'lak, limfa, sut, qalqonsimon, tuxumdon bezlari va hokazolarda uchraydi.
Dermoidkistalar— xaltasimon tuzilmalar bo'lib, embrional rivojlanish davrida ten kichikroq bo'lakchalarining ichkariga kirishi natijasida vujudga keladi. Ularning zich pardasi bo'lib, bu parda teri yog'i bilan ko'chgan epiteliy tanachalari aralashmasi, tuk (soch) dan iborat bo'tqasimon massani o'rab turadi. Ko'proq chanoq va oldingi ko'ks oralig'i sohasidajoylashadi.
Rak — epiteliy hujayralaridan rivojlanib, eng ko'p uchraydigan xavfli o'sma hisoblanadi. Rak epiteliy hujayralari bor bo'lgan hamma a'zolarni zararlantiradi. Epiteliyning o'zgarib, atipik tuzilish xususiyatiga ega bo'lishi rak o'smasining alomati hisoblanadi.
Rak o'smasining tez o'sishi va qon bilan yetarlicha ta'minlanmasligi o'sma qismlarining nekrozga uchrashiga, keyin parchalanib, bushliqqa va yaralar hosil bo'lishiga olib keladi. Rak yarasi o'ziga xos belgilar bilan ajralib turadi: chetlari va tubi zich, gungurt, yog'li parda bilan qoplanadi. Rak o'smasining limfa va qon tomirlar bo'ylab metastazlar berishi xarakterlidir. Rak jarayoni ko'pincha kaxeksiya bilan o'tadi. Me'da rak bilan zararlanganda kaxeksiya ayniqsa tez kuzatiladi.
Fibroma— biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan xavfsiz o'sma. Organizmning deyarli barcha to'qimalarida uchraydi. Ko'proq bachadon, teri, teri osti to'qimasida joylashadi. O'sib, juda ham kattalashib ketishi mumkin.
Lipoma— yog' to'qimasidan hosil bo'ladigan xavfsiz o'sma. Bo'laksimon tuzilishga ega, yupqa devorti kapsula bilan o'ralgan, sekin o'sadi. Yog' to'qimasi bo'lgan har qanday a'zoda joylashadi.
Xondroma— tog'ay to'qimalaridan tuzilgan xavfsiz o'sma. Sekin o'sishi bilan ajralib turadi.
Osteoma— suyak to'qimasidan iborat o'sma. Sekin o'sadi. Aynib, xavfii shaklga o'tib ketishi mumkin.
Sarkoma— biriktiruvchi to'qimadan rivojlangan xavfii o'sma. U tog'ay to'qimasidan paydo bo'lsa, xondrosarkoma, suyakdan hosil bo'ladi-gani osteosarkoma, fassiyalarniki fibrosarkoma, limfa tugunlaridan limfo-sarkoma, qon tomirlaridan rivojlansa — angiosarkoma deyiladi. Sarkoma o'zining kechish xususiyatiga ko'ra xavfii o'smalarning barcha alomatlariga ega
Angioma— tomirlardan o'sib chiqadigan xavfsiz o'sma. U limfangiomalar va gemangiomalarga bo'linadi. Gemangiomalar o'z nav-batida 1) oddiy yoki kapillyar gemangiomalar; 2) kavernoz yoki g'orsi-mon»gemangiomalar; 3) shoxlanadigan gemangiomalarga bo'linadi.
Katta gemangiomaiarda o'sma sohasida ko'pincha tomir shovqinini eshitish mumkin.
M i o m a — muskul to'qimasidan hosil bo'ladigan o'sma. Silliq muskulatura o'smasi lipomioma, ko'ndalang-targ'il muskulatura o'smasi rabdomioma deyiladi. Ular sekin o'sadi.
Nevrinoma— nerv ustunining Shvann pardalaridan hosil bo'lgan o'sma (shvannoma). Kam uchraydi. Ko'pincha quymich, o'rtalik va tirsak nervlaridajoylashadi. O'tkazuvchi tur bo'yicha ro'y-rost og'riqqa sabab bo'ladigan kichikroq o'smasimon turi bor.
Xavfli o‘smalar tashxisi. Xavfli o‘smalarni tashxislashda boshqa kasalliklar tashxisidagi kabi anamnestik ma’lumotlar katta aha­miyatga ega. Bemorning shikoyatlari, ko‘zdan kechirish natijalari va aniq tashxis qo‘yish imkonini beradigan tekshirishning qo‘- shimcha usullariga sitologik tashxis kiradi. Bunda a’zodan punktat yoki surtma olinib, o‘sma tuzilishi aniqlanadi. Bundan tash­qari, xavfli o‘smalarni tashxislashda a’zolarni umumiy rentgenografiya, kompyuter tomografiya, radioizotop skanirlash va UTT tekshirishlarini olib borish o‘z vaqtida tashxislashga yordam beradi.
Xavfli o‘smalarni erta aniqlash uchun tibbiyot xodimlari onkologik jihatdan hushyor bo‘lishlari kerak. 40 yoshdan oshgan va turli surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslar «kasallik xavfi osh­gan», ya’ni xavfli o‘sma rivojlanishiga moyil guruhga kiritiladi va yiliga kamida bir marta profilaktik maxsus tekshiruvdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.
Tolali optikasi bor zamonaviy asboblar yordamida o‘tkazi- ladigan endoskopik tekshiruvlar (fibrobronxoskop, fibroezofa- goskop, fibrogastroskop va boshqalar) tashxis qo‘yish imkoniyat- larini ancha kengaytiradi.
Xavfli o‘smalarning rivojlanish bosqichlari. Xavfli o‘smaga tashxis qo‘yish bilan birga kasallikning qanday bosqichda ekan- ligini aniqlash lozim. Davo uning bosqichiga qarab buyuriladi.
1-bosqich regionar limfa bezlarini egallamagan va ichkarida joylashgan to‘qimalarga o‘sib kirmagan kichkina o‘sma borligi bilan xarakterlanadi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling