Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet79/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

2-bosqichda o‘sma ro‘y-rost aniqlanadi, biroq zararlangan a’zodan tashqariga chiqmagan bo‘ladi. Regionar limfa tugunlariga yakka metastazlar berishi mumkin.
3-bosqichida o‘sma zararlangan a’zodan tashqariga chiqadi va yaqin joylashgan to‘qimaga o‘sib kiradi. Regionar limfa tugunlariga bergan ko‘p sonli metastazlari bo‘ladi.
4-bosqichida o‘sma juda kattalashadi va parchalanishga uchraydi, ko‘p sonli kechikkan metastazlar beradi.
Rakdan zaharlanish hisobiga kaxeksiya rivojlanadi.
Xavfli o‘smalarni davolash. Hozirgi vaqtda xavfli o‘smalarni davolashda xirurgik yo‘l, nur bilan davolash, kimyoterapiya va gormonoterapiya usullari qo‘llaniladi.
Davolashning jarrohlik usullari eng radikal usul hisoblanadi va aksariyat ichki a’zolar — qizilo‘ngach, me’da, o‘pka, bachadon va hokazolar zararlanganda qo‘llaniladi. Davolashning bu turida biror-bir a’zo batamom yoki qisman sog‘lom to‘qimalar che- garasidan regionar limfa tugunlari va atrofdagi to‘qimalar bilan birga qo‘shib olib tashlanadi.
Nur bilan davolash mustaqil davo sifatida yoki jarrohlik, gor- monal va kimyoterapevtik davo bilan birga qo‘llaniladi.
Ionlanuvchi nurlanish spektri xilma-xil bo‘lgan hozirgi vaqtda nur bilan davolashning hamma usullarini nurni qo‘llash usuliga ko‘ra shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1)teri orqali tashqi tomondan;
2)nurlanish manbayini tabiiy bo‘shliqlarga — og‘iz, bachadon bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, qovuq yoki sun’iy hosil qilingan bo‘shliqlarga yuborish;
3) to‘qima ichini (o‘sma) nurlantirish.
Keyingi yillarda xavfli hujayralarga tanlab ta’sir qiladigan maxsus kimyoviy preparatlar Tio TEF, embixin, DOFA, sar- kolizin, lofenal, koxamin va boshqalar amaliyotda keng foyda- lanilmoqda.
Ayrim xavfli o‘smalarni davolashda gormonlar bilan davolash yaxshi natija beradi. Chunonchi, sut bezi rakida erkak jinsiy gormonlari — androgenlar, prostata bezi rakida — ayol jinsiy gormonlari (estrogenlar) qo‘llaniladi.
Barcha usullar birga qo‘shib olib borilganda gormonotera- piya yaxshi terapevtik natija beradi. Maqsadga muvofiq terapiya nechog‘li erta qo‘llanilsa, natijasi shuncha yaxshi bo‘ladi.
Xavfsiz o‘smalarni davolash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Xavfsiz o‘sma xavfli o‘smaga aylanib ketishi mumkinli­gini hisobga olib uni olib tashlash o‘smaning xavfli o‘sma profi­laktikasi ekanligini unutmaslik zarur.
Rak oldi kasalligi holati to‘g‘risida tushuncha. Xavfli o‘smadan oldin yuzaga keladigan va, ko‘pincha, xavfli o‘smaga aylanadigan turli xil jarayonlar yoki holatlar rak oldi kasalligi holati deb ata- ladi. Bunday holatlar jumlasiga rivojlanishdagi nuqsonlar, jum- ladan, adashgan embrional pushtlar, surunkali yallig‘lanish jara- yonlari, to‘qima regeneratsiyasining buzilishi, giperplastik buzi- lishlar kiradi. Shuning uchun bunday holatlarni xirurgik yo‘l bilan erta bartaraf qilish og‘ir asoratlarning oldini oladi.
Onkologik xizmatning asosiy zvenosi onkologik dispanserlar hisoblanadi. Onkologik dispanserlar zamonaviy diagnostika va davolash apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, unda malakali mu- taxassislar xizmat qiladi.
Onkologik bo‘limlarning vazifasi onkologik bemorlarni hi- sobga olish, ular ustidan dispanser kuzatuvi olib borish, tegishli davo bilan ta’minlash va o‘zi ishlab turgan hududda rakning ol­dini olish hamda uni erta diagnostika qilish bo‘yicha turli xil tadbir- larni amalga oshirish hisoblanadi.
Xavfli o‘smalarni aniqlashda profilaktik tekshiruvlarning ahamiyati katta bo‘lib, uning uch turi mavjud:

  • kompleks tekshiruvlar, bunda rak kasalliklarigina emas, balki boshqa kasalliklar ham aniqlanadi;

  • maqsadli tekshiruvlar, bunda rak oldi kasalliklari va xavfli o‘smalar maxsus aniqlanadi;

  • rakni aniqlash uchun oldindan individual profilaktik tekshi- ruv o‘tkaziladi, bunda bemor boshqa kasallik bilan poliklinika yoki kasalxonaga murojaat qilganda uni shifokor tekshiruvdan o‘tkazadi.

Onkologik kasalliklari bor bemorlarni parvarish qilishning o'ziga xos tomonlari mavjud. Bemordan haqiqiy tashxisni yashirish, ya'ni bemor psixikasini avaylab muhofaza qilish zarur. «Rak», «sarkoma» atamalari o'rniga «yara», «torayish», «qattiqlanish» kabi so'zlar ishlatilishi lozim. Bemorning ahvoli yomonlashganda ham uni sog'ayib ketishga ishontirish va buni vaqtinchalik tanglik deb tushuntirish lozim. Ko'pchilik onkologik bemorlarning asabi nozik bo'ladi, ular tezda ta'sirchan bo'lib qoladilar, shuning uchun o'sma kasalligi og'irlashgan bemorlarni boshqa bemorlar-dan ajratish zarur.
Bemorga tegishli hujjatlarning tasodifan uning qo'liga tushib qoli-shidan ehtiyot bo'lish kerak. Bemorga turli-tuman taomlarni o'z ichiga olgan yuqori kaloriyali ovqat berilishi lozim. Rak intoksikatsiyasi hisobiga ularda ishtaha yo'qolishini nazarda tutib, ishtahani yaxshilash maqsadida ularga xlorid kislota bilan pepsin va musallas buyuriladi. Odatda bemorlarda qabziyat kuzatiladi. Bunday hoilarda haftasiga 2—3 marta tozalovchi huqnalar qilinishi lozim bo'ladiO'sma to'qimasi irib parchalanganda qon ketishi ehtimoli bo'lib, bunday hollarda bemorga gemostatik vositalar berilishi lozim bo'ladi. Sirtda joylashgan o'sma parchalanib, infeksiya hodisalari yuzaga kelganda dezodoratsiya qiladigan vositalar (5 %li kaliy permanganat, skipidar va b.) tavsiya qMnadi. Balg'ami og'zi burab bekitiladigan maxsus banka yoki tufdonlarga yig'iladi, ular har kuni issiq suv va 10 %li xlorli ohak eritmasi biian yuviladi.
Sutkasiga 2—5 marta 1 osh qoshiqdan chaga nastoykasi, kuniga 3 marta 3000—9000 TV dan krusin inyeksiyasi, ovqatdan oldin 5—10 mg.dan nelsit yaxshi foyda qiladi. Qusishda aminazin buyuriladi.
Og'riqni qoldirish uchun darhol narkotik moddalarga o'tish yaramaydi, ular bemorni holdan toydiradi va o'rganib qolishga olib keladi. Shuning uchun dastlab og'riqsizlantirishni analgetiklardan boshlagan ma'qul. O'sma suyaklarga metastaz berganda 10 ml 1 %li geksenal eritmasini inyeksiya qilish tavsiya etiladi. Perifokal yallig'lanish reaksiyasidan og'riq bo'lganda antibiotiklar va sulfanilamidlar qo'ilaniladi.



Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling