Mavzular matni
Nafas yetishmovchiligi III darajasi
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
Nafas yetishmovchiligi III darajasi - nafas juda tezlashgan (50% dan yuqori), yer rangidagi sianoz kuzatiladi, marjon ter oqadi. Nafas yuzaki, arterial bosim pasaygan, nafas rezervi nolgacha tushadi.
Nafas yetishmovchiligi IV darajasi - aritmik, vaqti-vaqti bilan, yuzaki nafas olish. Umumiy sianoz (akrosianoz) kuzatiladi, bo'yin venalari bo'rtishi, gipotoniya. Kislorod ingalyasiyasi xar doim xam ahvolni yengillashtirmaydi, ba'zida umumiy ahvolini yomonlashtiradi. Nafas markazi qo‘zg‘aluvchanligi pasayganda CO2 ning odatdagi konsentratsi-yasi nafas markazini qo‘zg‘ata olmaydi. Nafas to‘xtashi apnoe sodir bo‘ladi. Keyinchalik CO 2 yig‘ilishi sust nafas harakatlarining paydo bolishiga olib keladi. Nafas harakatlari kuchayadi, ularning am plitudasi kattalashadi. Rivojlanadigan o‘pka giperventilatsiyasi organizmdan C 0 2 chiqib ketishiga olib keladi. Nafas harakatlari susayadi, yana apnoe sodir bo‘ladi. Cheyn-Stoks davrli nafasi dekompensirlang an yurak poroklarida, m iya gipoksiyasida, uremiyada, «tog’» kasalligida, qariyalarda uyqu vaqtida uchraydi. B io t tipidagi nafas nafas harakatlarining odatdagi amplitudasida pauza apnoe bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Biot nafasi miya yallig‘lanish kasalliklarida (menin-git, ensefalit), zaharlanishlarda, issiq urishida kuzatiladi. Terminal nafas o‘lim oldida kuzatiladi. Terminal nafas turlaridan biri Kussmaul nafasi hisoblanadi. Bu katta shovqinli nafas bo‘lib, ko‘pincha diabetik va uremik komada uchraydi. Terminal yoki agonal, gasping nafas («gasp» inglizcha «havo tutmoq, ushlamoq») bir ikki, siyrak, tobora susayadigan nafas bo‘lib, vaqtincha nafas to‘xtashidan keyin (preterminal pauza) uchraydi. Mexanizmi: uzunchoq miya kaudal qismi hujayralarining miya o‘rta qismlari ishi to‘xtashidan keyin q o ‘zg‘alishi. Asfiksiya (a - «inkor, y o ‘q»; «sphyxis» - «puls») qon va to‘qimaga O 2 kirmasligi va CO 2 chiqarilmaslik holati. Sabablari: bo‘g ‘ilish, suvga cho‘kish, nafas yo‘llariga yot jism tushishi, bo‘g‘iz va o‘pka shishishi. Asfiksiya davrlari: I davr-inspirator hansirash bilan tavsiflanadi. Nafas tez va chuqur. Simpatik asab tizim i tonusi ustivorlik qiladi (taxikardiya,arterial bosimning ko‘tariIishi); II davr ekspirator hansirash bilan kechadi. Nafas siyraklashadi. Parasimpatik asab tizimi tonusi ustivorlik qiladi (bradikardiya, arterial bosim pasayadi); III davrga nafas to ‘xtashi - apnoe xos , keyin bir necha siyrak talvasali nafaslar - gasplar paydo bo‘ladi. So‘ng nafas falajlanadi va o ‘lim sodir bo‘ladi. O'tkir nafas etishmovchiligini davolash Nafas olish tizimining shoshilinch sanasiyasi. Yo'talni mexanik ravishda rag'batlantirish. Traxeya intubatsiyasi (og'ir holatlarda). Nafas mukolitiklari, gidroksidi eritmalar, dekonjestanlar va gormonal dorilar. Postural drenajlash. Strophantin, eufillin, prednisolon, lasik yoki tortikon eritmalarini kiritish bilan kichik qon aylanishini ta’minlash. Kislorod niqobini, kateter orqali kislorodli davolash. Metabolik kasalliklarni kokarboksilaza orqali, polarizatsiya aralashmalari, B6 vitamini, Panangin, natriy bikarbonat eritmasi yuborish. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling