Mavzular matni


O'tkir tomir yetishmovchiligi


Download 426.68 Kb.
bet90/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

O'tkir tomir yetishmovchiligi
O'tkir tomir yetishmovchiligi va o'tkir yurak yetishmovchiligi degan atamalar shartli , chunki yurak va tomirlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Birining yetish­movchiligi ikkinchisining yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. Tomir yetishmovchiligida tomirlar tonusi tushib ketadi, natijada tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori kamayadi, gi povolemik holat sodir bo'ladi, bo'lmachalarga qon kelishi susayadi. Bu holat o'z navbatida yurak yetishmovchiligiga olib keladi. O'tkir tomir yetishmovchiligiga olib keladigan sabablar quyidagilar: anafilaktik shokda dorilarning tomirlar devoriga salbiy ta'siri, zaharlanislilar, ko'p qon ketishlar, anestetiklarning tomirlar markaziga salbiy ta'siri, ich ketish, qusish natijasida organizmda elementlarning kamayib ketishi. O'tkir tomir yetishmovchiligiga hushdan ketish, kollaps va shok holatlari kiradi.
Hushdan ketish. Bosh miyaning vaqtincha qisqa vaqt ichida qonsizlanib qolishi natijasida hushdan ketish sodir bo'ladi. Hushdan ketgan bemor bo'lgan voqealarni eslay olmaydi.
Klinik begilari: biroz bo'lsa ham qon bosimi pasayadi, tomir urishi sekinlashadi, bemorning rangi oqaradi. Hushdan ketish uzoq davom etsa, bemorning lablari ko'karadi, organizmini sovuq ter bosadi, ko'ngli aynib qusishi mumkin, ayrim paytlarda beixtiyor siydik ketib qolish holatlari kuzatiladi.
Hushdan ketish holati unchalik xavfli bo'lmasa ham undan kelib chiqadigan asoratlar xavflidir. Bemor hushini yo'qotganda biror o'tkir narsa ustiga yiqilib tushishi yoki og'zi qoplanib qolishi mumkin. Bunday bemorlar tez yotqizilib ko'krak qafasi, kiyimlari bo'shatiladi, yuziga suv sepiladi yoki nashatir spirti hidlatiladi, shunda o'ziga keladi. Og'ir holatlarda bemorga kordiamin, glukoza kabilarni yuborish mumkin. Bemor anamnezida hushdan ketish holatlari tez-tez bo'lib turgan bo'lsa, bemorni tekshirib ko'rish kerak. Biror jiddiy patologiya bo'lishi va aniqlanishi mumkin.
Kollaps. O'tkir tomir yetishmovchiligining og'ir formasi bo'lib, bemor organizmida biror bir patologik jarayon borligidan darak beradigan holatd'ir. Tibbiyot xodimlaridan alohida e'tibor berib davolash talab qilinadi.
Kollaps sabablari quyidagilar: o'tkir tomir yetishmovchi­ligining barcha turlari; yurak ritmining buzilishi; septik holatlar; o'pka yallig'lanishlari; turli xil zaharlanishlar; ko'p miqdorda qon ketish, ich ketish va qusishlar; suv-tuz muvozanatining buzilishi; gipovolemik holatlar; ayrim dorilarning tomirlar devorigasalbiy ta'siri; tomirlar.tarangligi va ish faoliyatini boshqaruvchi markaz-ning zararlanishi.
Agarda kollapsning oldi olinmasa yoki sabablariga qarshi kurashilmasa, a'zolarda yoki butun organizmda qaytmas jarayonlar sodir bo'lishi mumkin.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling