Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
bemorlarni reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida davolashga ko‘rsatmalar:koma holatlari; shok holatlari; o‘tkir nafas yetishmovchiligi; o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; talvasa; og‘ir zaharlanishlar; tarqalgan peritonit; katta operatsiyalar va operatsiyadan keyingi davrning og‘ir kechishi; klinik o‘limdan chiqqan holat; qonning ivish jarayoni buzilishi; og‘ir kuyish, sovuq urush va nurlanish holatlari. Reanimatsiya yoki jadal kuzatish bo‘limida hamshiraning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish Hamshiraning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish bemorlar ahvolini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Reanimatsiya palatalari yoki reanimatsiya bo‘limlarida mavjud jihozlarni ishchi holatda tayyorlab qo‘yishdan maqsad har qanday tasodif va baxtsiz hodisalarda ham malakali yordam ko‘rsatishdir. Reanimatsiya palatalarida hamshiraning ish o‘rni palata ichida bo‘lishi, bu bemor organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlab, tegishli yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Bemor reanimatsiya bo‘limiga qabul qilingandan so‘ng, hamshira birinchi navbatda qilinadigan ishlar tartibini tuzadi, sun’iy nafas berish apparatida turgan bemorlarga alohida e’tibor beradi. Navbatchilikni qabul qilayotgan hamshira dori-darmondan tortib, xonadagi barcha asboblar ishga taxtligini tekshiradi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limining tuzilish va jihozlanishiReanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi tarkibida reanimatsiya zali, intensiv terapiya palatalari, muolaja xonasi, shifokorlar xonasi, hamshiralar xonasi, bo‘lim boshlig‘i va katta hamshira xonalari, apparatlar va oqliklar xonalari, ekspress-laboratoriya, dush va hojatxonalar bo‘ladi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi tuzilishining asosiy prinsipi markazda reanimatsiya zali va uningatrofida intensiv terapiya palatalarining joylashishidir. Bu joylashuv hamshira postidan hamma bemorlarni kuzatish imkonini beradi. Bo‘limning tuzilishida quyidagi shartlarga amal qilish ko‘zda tutilgan. Har bir bemorni kuzata olish va bemor karavotiga har tomondan maxsus apparaturalarni o‘rnata olish. Xonalarda elektr tokiga ulanadigan apparatlardan foydalanilishi sababli yerga ulanish imkoniyati bo‘lishi zarur va apparaturalar uchun tagliklar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Har bir karavot oldida kislorod manbai, manfiy bosim tizimi (faol drenajlash uchun) va bosimli tizimlar (o‘pka sun’iy ventilatsiyasi apparati uchun) bo‘lishi zarur. Bo‘lim narkoz va nafas berish apparaturalari, kardiomonitorlar va pulsoksimetrlar, elektrodefibrillatorlar va kardiostimulatorlar, efferent davolash usullari (gemosorbsiya, qonni ultrabinafsha nurlantirish) moslamalari, elektroso‘rg‘ich, ingalyatorlar, portativ rentgen apparati, traxea intubatsiyasi, traxeostomiya, markaziy venalarni kateterlash, prevral va lyumbal punksiya uchun jihozlar to‘plami, «Ambu» qopchasi, zondlar va kateterlar, funksional karavotlar, zarur laborator jihozlar va dori vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tezkor va intensiv terapiyani o‘tkazish vaqtida bemorning hayotini saqlab qolish eng muhim vazifa bo‘lganligi sababli, ko‘p sonli apparatlar va doimiy kuzatish sistemasi qo‘llaniladi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida maxsus qurilma monitorlar yordamida bemorlarni kuzatish organizm holati ha- qidagi obyektiv ma’lumotlarni to‘plash va to‘satdan yuzaga keladigan hayot uchun xavfli daqiqalarda xavf signalini berish imkoniyatini beradi. Monitorlar quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd qiladi: arterial qon bosim, EKG, qonning kislorod bilan to‘yinish darajasi pulsoksimetriya. Bundan tashqari, ba’zi monitorlar yordamida boshqa parametrlar kattaligini kuzatish mumkin: chiqarilayotgan havoda karbonat angidrid gazining parsial bosimi va o‘pkani sun:iy ravishda apparatli ventilatsiyasini o‘tkazish vaqtida O‘KCH. Ko‘rsatmalarni qayd qilish hamshira tomonidan intensiv kuzatish xonasida chiziqli grafikgistogrammalar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Apparatli monitoringni o‘tkazish vaqtida hamshira quyida- gilarni bajarishi lozim: apparat datchiklarini bemorning badaniga o‘rnatish va ular to‘g‘ri o‘rnatilganligini kuzatish; apparatni yoqish va uni ish tartibiga sozlash; fiziologik parametrlar ahamiyatini displeyda qayd qilish va intensiv kuzatish kartasida ma’lum chastotasi bilan ifodalash; xavf-xatar signali bo‘lgan taqdirda shifokorni chaqirib, zaru- riyat bo‘lsa, reanimatsiya tadbirlarini zudlik bilan boshlash; monitoring tugagandan so‘ng bir marotaba foydalanadigan datchiklarni utilizatsiya qilish, ko‘p marotaba foydala- nadigan datchiklarni dezinfeksiyalash. Kardioreanimatsiya bo‘limida o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kabi yurak faoliyatining o‘tkir buzilishlariga uchragan bemorlarda tezkor tadbirlar amalga oshiriladi. Katta va o‘rta yoshdagi kishilar uchun muammo bo‘lib hisoblanadigan yurakning ishemik kasalliklari orasida miokard infarkti hayot uchun xavflidir. To‘satdan keskin og‘riq bilan kechuvchi yurak xuruji oqibatida bemor ahvoli og‘irlashadi, ba’zida hushdan ketadi. Bunday hollarda bemor intensiv terapiyaning kardioreanimatsiya bo‘limiga olib kelinadi. Bu yerda bemorni xavfsiz holat va uni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davolash va parvarish amalga oshiriladi. Kardioreanimatsiya bo‘limida bir vaqtning o‘zida quyidagi 4 asosiy vazifa hal qilinadi: diagnostika; intensiv davolash; EKG va gemodinamika ko‘rsatmalarini uzluksiz kuzatish; to‘laqonli parvarish. Intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarning jismoniy va ruhiy holati.Jismoniy holati: reanimatsiya bo‘limiga tushgan bemorning jismoniy holati kasallik xarakteriga bog‘liq. Bemorda tez-tez quyidagi holatlar kuzatilib turiladi: AB, puls, yurak qisqarishi chastotalari, nafas olish chastotalari beqarorligi, qon yo‘qotish, organizm intoksikatsiyasi, qusish, qo‘l tremori, hushdan ketish, stupor holat, tutqanoq tutish holati, og‘riq sindromlari, bezgak, behollik, koma holati va b. Ruhiy reaksiya: intensiv terapiya bo‘limidagi bemorlarga ko‘p ruhiy omillar ta’sir qiladi: yaqinlaridan ayrilish, bo‘limning ahvoli, ko‘p sonli ulangan apparatura. Shu sababli bemor bu omillar bilan aloqada bo‘lganda yolg‘izlik hissi, kasalligi tuzalmasligidan va o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usini boshdan kechi- radi. Ushbu holatlar bemorda tormozlanish yoki agressiyani keltirib chiqarishi mumkin. Intensiv terapiya bo‘limi va kardioreanimatsiya bo‘limida hamshiralik parvarishi maqsadlari va hamshiraning tutgan o‘rniDownload 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling