Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shokning kompensatsiya bosqichida
- Dekompensatsiya bosqichida
Gemorragik shok. Gemorragik shokning kelib chiqishi o'tkir qon ketishi bilan bog'liq. Ammo qon hajmining yo'qolishi bilan birga, uning qancha vaqt davomida yuzaga kelgani ham katta ahamiyatga ega. Agar kattalarda 1000— 1500 ml qon asta-sekin yo'qotilsa, organizmning himoya kuchlari ta’sirida asorat ro'y bermasligi mumkin. Ammo shu miqdordagi qon qisqa vaqt ichida, ayniqsa, kichik bolalarda yo‘qotilsa, bemor organizmi og‘ir asoratlanadi va keyinchalik gemorragik shokka olib kelishi mumkin.
Gemorragik shokning klinikasi uch bosqichda kechadi: kom- pensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya. Shokning kompensatsiya bosqichidayurak-tomirlar sistemasining himoya-kompensator funksiyasining yaxshi bajarilishi natijasida markaziy gemodinamika uzoq vaqt o'zgarmasdan turadi, qon ketishi bartaraf etilganda organizmda butunlay o‘zgarish sezilmaydi. Subkompensatsiya bosqichiancha og‘ir kechadi va kerakli dori vositalari yordamida zudlik bilan gemodinamikani tiklashning iloji bo'lmasa, dekompensatsiya yuzaga kelishi mumkin. Unda periferik qon tomirlarning qisqarishi ham yetarli foyda bermaydi, bemorda qon bosimi kamayib, arterial gipotoniya yuzaga keladi. Dekompensatsiya bosqichidaesa a’zolarda yetishmovchilik yuzaga kela boshlaydi. Ichki a’zolarda tomirlar qisqarishi bilan arterial gipotoniya kuchayadi, to'qimalar gipotoniyasi tez rivojlanadi. Organizmda mikro- sirkulatsiyaning kuchli buzilganligidan bemorda akrosianoz paydo bo'ladi. Oldinlari reflektor xarakterga ega bo'lgan oliguriya (siydikning kam ajralishi) anuriya (siydikning butunlay ajralmasligi) ga o'tadi. Bu esa buyrakda qon aylanishi buzilganidan darak beradi. O'tkir qon ketishni tashxislash qiyin emas. Bemorning rangi keskin oqarib ketadi, taxikardiya paydo bo'ladi. Yo'qotilgan qon hajmini aniqlash birmuncha qiyin. Buning uchun tanada aylanib yurgan qon hajmini va uning tarkibiy qismlarini aniqlash kerak bo'ladi. Shu maqsadda yuqori kovak venaga polietilen kateter yuboriladi. Normada markaziy vena bosimi 35—100 mm suv ustuni (2—8 simob ustuni) ga teng. Uning pasayishi qonning umumiy hajmi kamayishi natijasida yurakka qonning kam oqib kelayotganini bildiradi, oshishi esa avvalo, gipervolemiyadan yoki yurak dekompensatsiyasidan darak beradi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling