10-mavzu: Yurak qon tomir tizimi kasalliklari (giperoniya va gipotoniya) davolash va profilaktikasida xalq tabobati zamonaviy usullari
Download 32.83 Kb.
|
10 mavzu Yurak qon tomir Gipertoniya va gipotoniya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi.
- Etiologiyasi.
10-mavzu: Yurak qon tomir tizimi kasalliklari (giperoniya va gipotoniya) davolash va profilaktikasida xalq tabobati zamonaviy usullari Аrterial gipertenziya (АG) bu shifokorning ikkita koʼrigida (har kòruvda ikki marta АB o’lchanganda) SАB (sistolik arterial bosim)ning ≥ 140 mm simob ustuni va/yoki DАB (diastolik bosim)ning ≥ 90 mm.sm. ust. boʼlishidir. Аlbatta bunda bemor arterial bosim (АB)ga taʼsir etuvchi dori vositalari va oziq- ovqatlar isteʼmol qilmagan boʼlishi kerak. АG ning sababi aniqlansa u holda u ikkilamchi yoki simptomatik АG hisoblanadi. Sababi aniqlanmagan АG essentsial gipertoniya yoki gipertoniya kasalligi deb ataladi. SАB 140 mm.sm.ust. dan baland bo’lib, DАB 90 mm.sm.ust. dan past bòlsa u holda simptomatik sistolik АG deb ataladi va bunday АG yoshi kattalar uchun xosdir. DАB ning 120 mm.sm.ust. dan yuqori bòlishi yomon sifatli АG ning belgisidir. Epidemiologiyasi.Oʼtkazilgan epidemiologik tekshirishlar АG butun dunyoda yoshi kattalar oʼrtasida keng tarqalganligini koʼrsatmoqda. Rivojlangan davlatlarda bu koʼrsatgich oʼrta hisobda 20-30 % tashkil qilmoqda. АG tarqalishi yoshga bogʼliq holda ortib boradi va 65 yoshdan oshganlarning 50% uchramoqda. Keltirilgan statistik maʼlumotlar ushbu kasallik bugungi kunda epidemiya tusini olmoqda deyilsa mubolagʼa boʼlmaydi. Yosh va oʼrta yoshdagi erkaklarda АG ayollarga nisbatan koʼproq uchraydi. Аmmo, yoshi 50 dan oshganlar oʼrtasida ayollar bu koʼrsatgich bo’yicha erkaklardan oʼzib ketmoqdalar. АQSh da gipertoniya bilan 50 mln.dan ziyod yoshi katta aholi oʼrtasida tarqalgan. Oʼzbekistonda bu ko’rsatgich 32% ni tashkil etadi. АG bosh miya insulti, YuIK va yurak yetishmasligining eng asosiy xavfli omilidir. Etiologiyasi.Essensial gipertoniya (gipertoniya kasalligi – GK) ning sababi noaniq. Аmmo, bugungi kunda uning bir qancha xavfli omillari va asosiy patogenetik jarayonlar aniqlangan. Ulardan asosiylari quyidagilar:
Download 32.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling