10-mavzu: Yurak qon tomir tizimi kasalliklari (giperoniya va gipotoniya) davolash va profilaktikasida xalq tabobati zamonaviy usullari


Download 32.83 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi32.83 Kb.
#1211154
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 mavzu Yurak qon tomir Gipertoniya va gipotoniya

Koʼruv. Kòpchilik bemorlarda ularning xolati òzgarmagan (faol) bòladi. Аmmo, kasallikning ogʼir bosqichlarida, ayniqsa MI oʼtkazgandan soʼng yurak yetishmasligi sababli ular «ortopnoe» holatida bòladilar. Kòruvda kòpchilik bemorlarda semizlik aniqlanadi. Teri rangi baʼzi bemorlarda qizargan bòladi. Gipertoniya krizlari vaqtida qon tomirlar torayishi sababli rangparlik bòladi. Kasallikning og'ir bosqichlarida sianoz aniqlanadi.
Davolash. GK ni davollash bugungi kun tibbiyotining eng dolzarb muammosidir. Zero, koʼpchilik davlatlarda ushbu kasallikni samarali davolash juda past (5-10 %) koʼrsatgichga ega. Bunga sabab koʼpchilik holatlarda ushbu kasallikni davolashda zamonaviy standartlarga rioya qilinmaslikdir. GK ni davolashda kerakli samaraga erishish uchun kamida ikkita prinsipga rioya qilish kerak: 1) Dorili va dorisiz davolash usullarini birga olib borish; 2) Dorili davolashni uzluksiz uzoq olib borish. Dorisiz davolash deganda birinchi navbatda bemorda mavjud xavfli omillarni (semizlik, giperlipidemiya, alkogolizm, gipodinamiya, osh tuzini kòp istemol qilish va boshqalar) bartaraf etish tushuniladi.
Uzluksiz uzoq muddat dorili davoni olib borish bu kasallikning yengil darajalarida samara kuzatilsa kamida 6 oy mobaynida, qolgan holatlarda butun umr davomida gipotenziv preparatlar berishdir. GK ning asoratlarini va ularning natijasida sodir boʼladigan oʼlim darajasini maksimal kamaytirish uchun olib boriladigan davo quyidagi maqsadlarga yo’naltirilgan boʼlishi kerak: koʼtarilgan АB ni optimal darajagacha tushirish; nishon aʼzolarni himoya qilish, ularning jarohatlanishini toʼxtatish; kasallikning xavfli omillariga faol taʼsir koʼrsatish.
GK bilan bemorlarni zamonaviy davolash har bir bemorga undagi kasallikning xavf darajasidan kelib chiqqan holda davolash chora-tadbirlarini rejalashtirishni koʼzda tutadi. АG ning xavf darajasi quydagi mezonlar asosida aniqlanadi:
АB ning boshlangʼich koʼrsatgichi;
nishon aʼzolarining jaroxatlanganlik belgilari; xavfli omillarning mavjudligi; hamroh kasalliklarning mavjudligi.

Download 32.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling