10-mavzu: Yurak qon tomir tizimi kasalliklari (giperoniya va gipotoniya) davolash va profilaktikasida xalq tabobati zamonaviy usullari


Download 32.83 Kb.
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi32.83 Kb.
#1211154
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 mavzu Yurak qon tomir Gipertoniya va gipotoniya

Klinikasi.


GK ning klinik belgilari nishon aʼzolarning jarohatlanishi bilan bog'liq. Bosh miyaning jarohatlanishi bilan bog'lik bòlgan asosiy subʼektiv belgi bu bosh og'rig'idir.
U kòpincha kechasi yoki ertalab uyqudan uyg'onganda bòladi. Bosh og'rig'i zòriqish bilan (yòtal, engashish, yotish, kuchanish) bog'liq bòladi. Bu shikoyatning paydo bòlishi АB koʼtarilganda (ayniqsa gipertoniya krizlari) bòlib, bosh miyada qon aylanishining buzilishi (venoz qon tomirlarining kengayishi va arterial qon tomirlarining АB ortishiga javoban yetarli darajada tonusining ortmasligi) bilan bogʼlik. Ogʼir holatlarda bosh miya shishi ham rivojlanishi mumkin. Bunda bosh ogʼrigʼidan tashqari kòngil aynish, qayt qilish, taʼsirchanlikning pasayishi va boshqa belgilar ham kuzatiladi.
GK bilan bemorlarda ishemik turdagi bosh og'rig'i ham boʼlishi mumkin. Bu bosh miya qon tomirlarining kuchli torayishi natijasida rivojlanib nevrologik belgilar bilan namoyon boʼladi. Bosh ogʼrigʼi boshdagi mushaklarning kuchli taranglashishi natijasida ham rivojlanishi mumkin. Bunda og'rik xalqasimon bòlib, kòngil aynish, qayt qilish, bosh aylanishi bilan kechadi.
Yu r a k s o x a s i d a o gʼ r iq . Bu kòpincha fuktsional xususiyatga ega bòlib, yurakda va aortada joylashgan interoretseptorlar sezuvchanligining ortishi bilan bogʼliq.
X a n s i r a sh. Kasallikning bu belgisi yurak (chap qorincha) yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi.
Sh i sh. Oyoqlardagi shishlar katta qon aylanish doirasida dimlanish belgisi sifatida namoyon bòladi.
K oʼ r i sh n i n g b u z i l i sh i . Bu koʼz tubidagi qon tomirlarning va koʼruv nervining jarohatlanishi (angioneyroretinopatiya) bilan bogʼliq. Buyraklarning jarohatlanishi bilan bogʼlik shikoyatlar. Bu shikoyatlar nefroangioskleroz va ogʼir holatlarda buyraklarning birlamchi bujmayishi va buyraklarning surunkali yetishmasligi bilan bogʼliq boʼladi.
Buyraklar jaroxatlanishi belgilarini aniqlash;

Fizikal tekshiruv.


Bemorlarni fizikal tekshirish maqsadi: sistolik va diastolik АB ni aniqlash; nishon aʼzolar simptomatik АG uchun xos belgilarni topish yoki istisno qilish; АG bilan bemorlarning istiqbolini yomonlashtiruvchi omillarni topish.

Download 32.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling