10-mavzu: Yurak qon tomir tizimi kasalliklari (giperoniya va gipotoniya) davolash va profilaktikasida xalq tabobati zamonaviy usullari


Download 32.83 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi32.83 Kb.
#1211154
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 mavzu Yurak qon tomir Gipertoniya va gipotoniya

Dorisiz davolash.


Dorisiz davolash (xavfli omillarni bartaraf etish) ni GK bilan barcha bemorlarda oʼtkazish kerak. Yengil darajadagi АG da shu usul bilan bemorlarning deyarli yarmida АB ning optimal darajasiga erishish mumkin. Dorisiz davolashning muhimligi yana shundan iboratki, xavfli omillarning mavjudligi gipotenziv preparatlarga rezistentlikni yuzaga keltirib dorili davolashning samarasini pasaytiradi. Ushbu davolash usuli quyidagi chora – tadbirlarni qoʼllashdan iborat:
ortiqcha vazndan holi bo’lish – ovqatlarning umumiy kaloriyasini pasaytirish;
giperlipidemiyani korreksiya qilish;
osh tuzini cheklash (sutkasiga 5-6 gr. gacha)
kaliy va magniyni isteʼmol qilishni koʼpaytirish (xoʼl meva va sabzavotlarni koʼp isteʼmol qilish;
spirtlik ichimliklarni kamaytirish va umuman toʼxtatish; chekishni toʼxtatish;
Jismoniy zo’riqishni koʼpaytirish. (gimnastik mashqlar kompleksi, ertalabki badantarbiya, yurish oʼrta tempda kuniga 5-8km, sigunterapiya, yogaterapiya)
Аkupunktura, kuydirish bilan davolash.

Fitoterapiya:


  1. Dorivor valeriana (ildizi) – 25 g, arslonquyruq (oʼti) – 25 g, oddiy qora zira (mevalari) – 25 g, oddiy fenxel (mevalari) – 25 g, (Аsabiylik va yurak urushining tezlashishida kuniga 3 marta 1/2 stakandan qabul qilinadi).

  2. Qalampir yalpiz (barglari) – 30 g, arslonquyruq (oʼti) – 30 g, dorivor valeriana (ildizi) – 20 g, oddiy otquloq (gʼuddalari) – 20 g. (Аsabiylik taʼsirchanlik, uyqusizlikda kuniga 3 marta 1/2 stakandan 1 damlama qabul qilinadi).

  3. Dorivor valeriana (ildizi) – 30 g, qalampir yalpiz (barglari) – 30 g, uch bargli meniantes (barglari) – 40 g. (Аsabiylik va taʼsirchanlikda kuniga 2 marta 1/2 stakandan damlama qabul qilinadi).

  4. Baykal shlemnigi (ildizi) – 20 g, oddiy arslonquyruq (oʼti) – 15 g, qalampir yalpiz (oʼti) - 10 g, botqoq gnafaliumi (oʼti) – 15 g, naʼmatak (mevalari) – 15 g, yer choy (oʼti) – 15 g, moychechak (gullari) – 10 g.

Gipertoniya kasalligining I va II bosqichida kuniga 3 marta 1/3 – 1/4 stakandan damlama koʼrinishida qabul qilinadi.

  1. Qora mevali chetan (mevalari) – 15 g, sabzi (mevalari) – 10 g, oddiy oq zira (mevalari) - 10 g, dorivor valeriana (ildizi) – 15 g, dala qirqboʼgʼimi (oʼti) – 10 g, zangori boʼtakoʼz (gullari) – 10 g, qizil doʼlana (mevalari) – 15 g, baykal shlemnigi (ildizi) – 15 g.

Gipertoniya kasalligining I va II bosqichlarida kuniga 3 marta 1/4 – 1/3 stakandan damlama koʼrinishida qabul qilinadi.
QON BOSIMI PASAYISHI (GIPOTONIYA) — SABABLARI, ALOMATLARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Qon bosimi pastligi, arterial gipotenziya, gipotoniya (qad. yun. ὑπό — osti, past va lot. tensio — kuchlanish) — arterial bosimning boshlang’ich / normal ko’rsatkichlardan 20% dan ortiq yoki mutlaq raqamlarda — 90/60 mm sim. ust. dan tushishiga aytiladi. Qon bosimining pasayishi o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin.
Qon bosimi pasayishi (gipotoniya) haqida ma'lumot
O’tkir arterial gipotenziya (kollaps, shok) qoida sifatida yurak faoliyatining buzilishi, ko’p miqdorda qon yo’qotish, suvsizlanishda yuzaga keladi va tezda miya va ichki a’zolarning gipoksiyasiga olib keladi. Shunday qilib, o’tkir gipotenziya — doimo ayrim kasalliklarning yoki tashqi ta’sirning asorati bo’lib, doimo davolanishda e’tiborga olinishi kerak bo’lgan aniq sabablari mavjuddir.
Surunkali arterial gipotenziya o’tkir shaklidan farqli o’laroq umuman boshqa sabablar tomonidan chaqirilgan bo’ladi. Qon bosimi past bo’lgan odamlarda odatda uning regulayatsiyasi buzilgan, haqiqiy sabablari esa turli tabiatga ega bo’ladi.
Qon bosimi pasaygan bemorlarda qon bosimi baland bo’lganlarda ehtimoli yuqori bo’lgan infarkt va insult xavfi bo’lmaydi, shu sababli, surunkali gipotenziyani davolash uchun standartlar va usullar hali yaxshi ishlab chiqilmagan. Shu bilan birga, gipotoniklarning (qon bosimi pastligidan aziyat chekuvchi bemor) hayot sifati doimiy zaiflik, bosh og’rig’i, faollikning kamayishi va boshqa alomatlar tufayli juda past bo’lishi mumkin.Qon bosimi pasayishi (gipotoniya) markaziy asab tizimi faoliyatida tomir tonusi va nevrogormonal tartibning buzilishi oqibatida kuzatiladigan kasallik bo‘lib, qon bosimining keskin pasayishi bilan kuzatiladi. Gipotoniya shartli ravishda bir necha turga bo‘linadi: surunkali (qon bosimining uzoq davr mobaynida pasayishi), ¬ o‘tkir (boshqa bir kasallik belgisi sifatida qon bosimining pasayishi), ¬ simptomatik (bemorda bosimning asta¬sekin pasayishi, kasallikning ochiq belgilari bo‘lmaydi), ¬ bir martalik pasayish.
QON BOSIMI PASAYISHI SABABLARI
Shakliga qarab, qon bosimi tushishi sabablari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Tajribali sportchilarda (fiziologik gipotenziya);
Yuqori balandlikdagi sharoitlarga (fiziologik gipotenziya), shuningdek issiq sexlar, tropik va subtropiklarga moslashishda (bu holatlarda qon bosimining pasayishi ortiqcha terlash bilan bog’liq bo’lishi mumkin);
Qon aylanishi hajmining keskin pasayishi (qon ketishi, kuyishlar);
Yurak yetishmovchiligi;
Qon tomirlari tonusining kamayishi (anafilaktik shok, septik shok);
Miya va orqa miya jarohatlari;
Nevroz, psixologik travma, dam olish va ishlash soatlari nomutanosibligi tufayli surunkali uyqusizlik, stress, depressiya va boshqa apatiya va tushkunlik holatlaridagi surunkali charchoq;
Ortostatik gipotoniya — odam uzoq vaqt yotgan yoki cho’kkalab o’tirgan holatdan birdan turganida yuzaga keladigan qon bosimining to’satdan pasayishi;
Sepsis;
Endokrin tizimning normal faoliyati buzilishi.
Tinch holatda qon bosimining hatto gipotenziya darajasiga qadar pasayishiga odatda yurak va yurak-tomir tizimi somatoform vegetativ disfunktsiyasining alohida gipotonik tipi deb qaraladi, lekin ayni paytda u panik buzilishlar va boshqa nevrozlar va psixik buzilishlarning namoyoni bo’lishi ham mumkin. Ikkilamchi surunkali arterial gipotenziya miya jarohati, qalqonsimon, buyrak usti bezi funktsiyasining pasayishi, kalla ichi bosimining ortishi kabi hollarda kuzatiladi. Homiladorlik davrida qon bosimining pasayishi ham kuzatilishi mumkin, bu qon tomirlar tonusining pasayishi bilan tavsiflanadi. Qon bosimi tushishi alomatlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Zaiflik, uyquchanlik;
Asabiylashish;
Ob-havo o’zgarishiga sezgirlik;
Hissiy beqarorlik, befarqlik;
Tarqoqlik, xotira buzilishi;
Erta tongda kuchsizlik;
Ko’p terlash;
Termoregulyatsiyaning buzilishi (qo’llar va oyoqlar yaxlashi);
Iqlim sharoitlari o’zgarishiga sezgirlik;
Nafas qisilishi va jismoniy mashqlar vaqtida kuchli yurak urishi;
Bemor rangining oqarib ketishi; Peshona-chakka sohalarda odatda o’tmas, kengayuvchi yoki pulsatsiyalovchi tabiatli bosh og’rig’i; Bosh aylanishi; Harakat kasalligiga moyillik, ko’ngil aynishi.
Bundan tashqari, qon bosimi pasayganda hushdan ketish ham mumkin. Ko’pincha bu dimiq va issiq xonalarda, shuningdek, jamoat transportida, ayniqsa, gipotonik tik holatda bo’lganida yuz beradi.
Qon bosimi past bo’lsa, bu kunduzgi uyquchanlik va tungi uyqusizlikka olib keladi (uxlash va uyqu ritmining buzilishi), u o’z navbatida charchoqni va zaiflikni yanada yomonlashtiradi. Gipotoniklarga odatdagidan ko’proq uxlash talab etiladi: 6-8 emas, balki 8-12 soat. Ular ertalab qiyinchilik bilan uyg’onishadi, lekin hatto uzoq vaqt uxlashganda ham tetiklikni his etishmaydi.

Download 32.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling