O'QUVCHILARNI FAOLIYATGA UNDOVCHI METODLAR (Mashq o‘rgatish usullari)
Bola rivolanishini, o'zligini belgilashning asosiy omili-bu faoliyatdir. Faoliyat o'quvchilarni bilimlarni va hayotiy tajribalarni mustaqil egallaslga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o'zlashtirishlariga yordam beradi.
O'quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar quyidagilar:
1. O'yin.
2. O'rgatish.
3. Mashq qildirish.
4. Topshiriqlar berish.
5. Talablar qo'yish.
IJOBIY XATTI-HARAKATGA UNDOVCHI METODLAR (Rag‘batlantirish va jazolash usullari)
O'quvchilar atrofdagilarning o'zlariga nisbatan munosabatlarini hamisha his qiladilar. Kattalarning ularga ishonishi, hurmat qilishi, undagi qobilyat va fazilatlarni e'tirof etishi o'quvchining ko'nglini ko'taradi, unga quvonch keltiradi, yanada yaxshiroq bo'lishga intilishiga yordam beradi.
Ijobiy xatti-harakatga undovchi metodlarga rag'batlantirish va jazolash metodlari kiradi.
Rag'batlantirish turlari: -
1. Tashakkur bildirish.
2. Ishonch bildirish-boladagi o'ziga, o'z kuchiga bo'lgan ishonchni oshiradi, ijobiy jo'shqin kayfiyat uyg'otadi.
3. Maqtov yorlig'i berish-yaxshi xulqi va a'lo baholari iichun chorak yoki o'quv yili yakunida beriladi.
4. Hurmat taxtasiga suratini qo'yish-sinfda o'rtoqlariga o'rnak ko'rsata olgani uchun
5. Estalik sovg'a berish.
6. Safda birinchi o'ringa qo'yish.
7. Mukofotlash.
8. Stipendiya bilan taqdirlash.
9. Ota-onaga rahmatnoma bildirish.
Jazolash - bu tarbiyalanuvchining hatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |