O'zbek xalq pedagogikasida ham metodlar guruhlangan. Bu metodlar axloq, odob va tarbiyaning barcha tomonlarini o'zida mujassamlashtirgan.
O'zbek xalq pedagogikasida ham metodlar guruhlangan. Bu metodlar axloq, odob va tarbiyaning barcha tomonlarini o'zida mujassamlashtirgan.
Xalq tomonidan yaratilgan va xalq tarbiyashunosligidan keng o'rin olgan metodlarni quyidagicha guruhlash mumkin.
Tushuntirish (o'rgatish, odatlantirish, mashq qildirish)
Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar to'grisida so'zlash, o'rnak bo'lish).
Nasihat, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo'l tilash va h.k.)
Qoralash va jazo berish (ta'qiqlash, ta'na, gina, tanbch berish, qo'rqitish, nafratlanish, ont, qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazo).
Zamonaviy pedagogikada tarbiya metodlari turlarini
1. IJTIMOIY ONGNI SHAKLLANTIRUVCHI METODLAR-(Tushuntirish va uqtirish, Ibrat-namuna metodi.)
2. O'QUVCHILARNI FAOLIYATGA UNDOVCHI METODLAR- ( O'yin, o'rgatish, mashq qldirish, topshiriqlar berish, talablar qo'yish)
3. IJOBIY XATTI-HARAKATGA UNDOVCHI METODLAR-(Rag'batlantirish, jazolash)
4. O'Z-O’ZINI TARBIYALASH METODLARI-(Shaxsiy majburiyatlar o`z-o`zini nazorat qilish, o'z-o'zini tahlil qilish, o'z-o'zini baholash)
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlarga quyidagilar kiradi: tushuntirish, suhbat, hikoya, pand-nasihat qilish, duo qilish, ibrat-namuna.O'quvchi shaxsini g'oyaviy va axloqiy shakllantirishda o'qituvchining jonli so'zi asos. Bu metodlar o'quvchilarni madaniyatli, g'ururli qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bu metodlar uchun mavzular - Vatanimiz tarixi, ajdodlarimiz hayoti va faoliyati, mustaqil davlatimiz ramzlari, mamlakatimizdagi bayramlar, axloq-odob, Vatanimiz boyliklari, adabiyoti, san'ati, zamondoshlarimiz qo'lga kiritayotgan yutuqlari, xalqimiz urf-odatlari, an'analari kabilar haqida o'tkaziladi.
O'quvchilar quyidagilardan namuna oladilar:
1. Ota-ona namunasi.
2. O'qituvchi xatti-harakati.
3. O'rtoqlari namunasi.
4. Ilg'or kishilar namunasi.
5. Adabiy asarlar, filmlar qahramonlari xatti-harakati.
6. Nasihat, pandnoma
Do'stlaringiz bilan baham: |