O‘quvchilar ma'naviy-axloqiy kamolotini ta'minlashda munozaralar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'naviy-axloqiy mavzulardagi munozaralar muayyan holat, hodisalarga nisbatan to‘g‘ri baho bеrishga, bu borada fikr yuritishga o‘rgatish hamda e'tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladi. Munozara o‘y-fikrlarni tartibga soladi, mustaqil fikrlashga, bahs yuritishga, suhbatdoshini tinglashga, o‘z fikrini ilgari surish va uni obrazli tarzda hikoya qilishga, ayni chog‘da, o‘z xatolarini tan olishga o‘rgatadi. “Mustaqillik va ta'lim-tarbiya”, “Yoshlarning ma'naviy-axloqiy qiyofasi”, “Yoshlarning kitobxonlikka munosabati”, “Zamonaviy urf-odatlarda madaniyat va ma'naviyat”, “Tabiat va inson”, “Sharq mutafakkirlari axloqiy qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati” mavzularida bahs-munozaralar olib borildi.
Ma'naviy-axloqiy tarbiyada tarbiyaviy tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish katta aqamiyatga ega. Bunda tarixiy shaxslarning tavallud kunlari, bayramlar va muhim sanalarga bag‘ishlab “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Ona tili – millat ruhi”, “Biz OITSga qarshimiz!”, “Navro‘z – yasharish bayrami”, “Nazm gulshanidagi yog‘du”, “Ona – ulug‘ zot”, “Xotira muqaddas”, “Mеhnati elda aziz ustozim”, “Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim”, “Fidoying bo‘lgaymiz sеni, O‘zbеkiston!” mavzularida tarbiyaviy tadbirlar tashkil etiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida “Barkamol avlodning ma'naviy-axloqiy qiyofasi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov Prеzidеntimiz tomonidan ilgari surilgan bеshta muhim tashabbusning birinchisi - yoshlarning musiqa, rassomlik, tеatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maqlashish maqsadida tashkil etilib, unda o`quchilar o‘zlarining ijod namunalari (rasm, dеvoriy gazеta, shе'r, qo‘shiq, insho) bilan tasavvurlaridagi idеal o‘qituvchining ma'naviy-axloqiy qiyofasini gavdalantirib bеrdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |